98
Qisqacha xulosalar
Ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi muhim kategoriya sifatida,
umuman olganda, ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini, erishilgan natija
bilan jonli va buyumlashgan mehnat o‘rtasidagi nisbatlarni o‘rganadi.
Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligining doimiy oshib borishi ob’ektiv
zaruriyat hisoblanadi va milliy daromadning keskin ko‘payishiga imkoniyat yaratib
beradi.
Samaradorlik umumiy nazariyasida mezon muammosi, ya’ni baholash o‘lchovi,
asosiy nuqtai nazar masalasi alohida o‘rin egallaydi. Jami ijtimoiy mehnatni tejash,
uning unumdorligi o‘sishi samaradorlikning mezoni hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: