Mavqei alohida o‘rin egallaydi


Samaradorlikningqo‘shimcha muhim ko‘rsatkichlari ruyxati



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/324
Sana08.01.2022
Hajmi5,3 Mb.
#333959
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   324
Bog'liq
2499-Текст статьи-7151-1-10-20200711

Samaradorlikningqo‘shimcha muhim ko‘rsatkichlari ruyxati 
 
1. Asosiy vositalarning eskirish koeffitsienti  
2. Asosiy fondlarning yangilanish koeffitsienti 
3. Mehnat unumdorligi 
4. Fond qaytimi 
5. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsienti  
6. Energiya samaradorligi (mahsulot tannarxi tarkibida energiYaga xarajatlarning 
ulushi) 
7. Sotilgan mahsulotning umumiy xajmida innovatsion mahsulot ulushi 
8. Korxonaning umumiy xarajatlarida innovatsion faoliyatga qilingan xarajatlar 
ulushi 
9. hodimlarni o‘qitishga qilingan xarajatlar, bir ishlovchi hisobiga to‘g‘ri keladigan 
10. Kadrlar qo‘nimsizligi koeffitsienti  
11. Investitsion dasturning bajarilishi indikatori, qiymat shaklida 
12. Quvvatlarni ishga tushirish indikatori (belgilangan topshiriqqa nisbatan % da) 
13. Eksport ko‘rsatkichlarini bajarilishi (pul ko‘rinishidagi opshiriqqa nisbatan % 
da) 
 
Samaradorlikning  muhim  ko‘rsatkichlari  kompaniya  faoliyatiga  to‘g‘ri  jalb 
qilingandagina  foydali  vosita  sifatida  xizmat  qila  oladi.  Chunki  bugungi  kunda 
samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarining juda ko‘p turlari mavjud bo‘lib, ulardan 
aynan  mosini  korxona  faoliyatiga  tanlab  jalb  qila  olish  ham  katta  mahorat  talab 
qiladi. 
Aks 
holda 
kompaniya 
xodimlari 
va 
menejerlar 
o‘rtasida  turli 
tushunmovchiliklar kelib chiqishi mumkin 
Shuningdek,  samaradorlikning  muhim  ko‘rsatkichlari  alohida  sohalar,  ishlab 
chiqarish, turizm, moliyaviy va davlat xizmatlari sektorlari uchun yaratilishidan kelib 
chiqib, bir sohaga mos tushgan ko‘rsatkich keyingi sohaga umuman to‘g‘ri kelmasligi 
mumkin 
Odatda  rahbarlar  va  ekspertlar  samaradorlikning  muhim  ko‘rsatkichlarini  o‘z 
kompaniyasi  faoliyati  uchun  ishlab  chiqishda  qiyinchiliklarga  duch  keladi  va 
quyidagi holatlarda vaziyat yanada murakkablashadi. Agar: 
kompaniyaning  strategik  va  muhim  maqsadlari  aniqlanmagan  bo‘lsa,  hisob-
kitoblar faqat moliyaviy natijalarga e’tibor qaratiladi; 
faqat moliyaviy ko‘rsatkichlarga bog‘lanib qolish korxonaning moliyaviy holati 
to‘g‘risida har xil va noto‘liq tasavvur uyg‘otadi; 
bir  soha  uchun  muhim  bo‘lgan  ko‘rsatkichlar  ikkinchi  soha  uchun  kamroq 
ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin; 
– agar 
xodimlarning 
rag‘batlantirilishi 
samaradorlikning 
muhim 
ko‘rsatkichlariga  bog‘liq  bo‘lib  qolsa,  manfaatlar  to‘qnashuvi  yuzaga  kelishi  va 
noroziliklar tug‘dirishi mumkin . 
Tizimni  joriy  etish  uchun  zarur  shart-sharoitlar.  Ustav  fondida  davlat  ulushi 
mavjud  aksiyadorlik  jamiyatlari  va  boshqa  xo‘jalik  boshqaruv  organlari  faoliyati 


 
 
96 
samaradorligini  baholash  uchun  samaradorlikning  muhim  ko‘rsatkichlarini  joriy 
etishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim:
 
o
 
korxonaning  uzoq  muddatga  mo‘ljallangan  rivojlanish  strategiyasini  ishlab 
chiqish;  
o
 
samaradorlikning  muhim  ko‘rsatkichlari
 
ro‘yxati va uning har bir davr uchun 
ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadi ham aks ettirilgan yillik biznes rejasini qabul qilish; 
o
 
samaradorlikning  muhim  ko‘rsatkichlari
 
bo‘yicha  har  bir  ko‘rsatkichni 
hisoblash tartibi ko‘rsatilgan korxona faoliyatini baholash uslubi haqidagi qoidalarni 
ishlab chiqish; 
o
 
samaradorlikning  muhim  ko‘rsatkichlari
 
bo‘yicha  baholash  natijalari  hisobga 
olingan holda mukofotlash va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qoidalar hamda boshqa 
hujjatlarni ishlab chiqib, hayotga tatbiq etish. 
Aksiyadorlik  jamiyatlarida  samaradorlikning  muhim  ko‘rsatkichlari  kuzatuv 
kengashi  qarori  bilan,  u  mavjud  bo‘lmagan  taqdirda  esa  yuqori  boshqaruv  organi 
(xo‘jalik  jamiyatlari  uchun)  yoki  muassis  (davlat  korxonalari  uchun)  qarori  bilan 
tasdiqlanadi. 
Hisoblash  yo‘li  bilan  samaradorlikning  muhim  ko‘rsatkichlari  miqdorlari 
ularning biznes rejasida belgilangan reja (maqsadli) miqdorlari bilan hisoblangan va 
maqsadli  miqdorning  foizli  nisbati  tarzida  taqqoslanadi.  Barcha  samaradorlikning 
muhim  ko‘rsatkichlari  bo‘yicha  o‘rtacha  hisoblangan  miqdor  tashkilotning  ijro 
etuvchi  organi  faoliyati  samaradorlikning  yig‘indi  ko‘rsatkichi  (SYK)  sifatida 
ifodalanadi. 
Ijro  etuvchi  organ  rahbari  va  a’zolariga  to‘lanadigan  mukofot  miqdori 
korxonada  qanday  ko‘rsatkichlarga  erishilganiga  bog‘liq.  U  biznes  rejada  nazarda 
tutilgan ijro etuvchi organni moddiy rag‘batlantirish puli miqdorini samaradorlikning 
yig‘indi  ko‘rsatkichiga  ko‘paytirish  yo‘li  bilan  aniqlanadi.  Xususan,  korxonaning 
vakolatli boshqaruv organi (kuzatuv kengashi, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va 
h.k.)  o‘z  qarori  bilan  ijro  etuvchi  organning  tashkilot  faoliyati  natijalarini 
shakllantirishdagi haqiqiy ishtirokidan kelib chiqib, tuzatish koeffitsiyentini qo‘llashi 
mumkin.  Agar  samaradorlikning  yig‘indi  ko‘rsatkichi  va  uning  bajarilishi  foizi 
barcha  samaradorlikning  muhim  ko‘rsatkichlari  ning  kamida  yarim  belgilangan 
rejasidan oshsa, ijro etuvchi organ rahbari  va a’zolarini  mukofotlash  miqdori biznes 
rejada  nazarda  tutilgan  mukofotlash  miqdoriga  nisbatan  ikki  barobar  oshirilishi 
mumkin 
Korxonaning  vakolatli  boshqaruv  organi  qaroriga  asosan,  ijro  etuvchi  organ 
faoliyati  samaradorligi  qoniqarsiz,  past  darajada,  yetarli  darajada  emas,  o‘rtacha 
darajada, yetarli darajada va yuqori darajada kabi e’tirof etiladi. 
Ijro  etuvchi  organ  faoliyati  samaradorlikning  muhim  ko‘rsatkichlari  si 
qoniqarsiz  yoki  past  darajada  deb  topilgan  taqdirda  ustamalar,  mukofot  puli  va 
boshqa moddiy rag‘batlantirishlar to‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi1. (3) 
Respublika  hududidagi  xususiy  va  chet  el  investitsiyasi  ishtirokidagi 
korxonalarda,  jumladan,  GM  Powertrain  Uzbekistan,  Tashkent  Lotte  Hotel,  Office 
                                                 
1
 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2015  yil  28  iyuldagi  207-son  “Davlat  ulushi  bo‘lgan 
aksiyadorlik  jamiyatlari  va  boshqa  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  faoliyati  samaradorligini  baholash  mezonlarini  joriy 
etish to‘g‘risida” Qarori.//lex.uz 


 
 
97 
market  va  shu  kabi  boshqa  kompaniyalarda  tegishli  samaradorlikning  muhim 
ko‘rsatkichlari joriy qilingan va samarali foydalanib kelinmoqda 
O‘zbekiston  Vazirlar  Mahkamasining  2015  yil  28  iyuldagi  “Davlat  ulushi 
bo‘lgan  aksiyadorlik  jamiyatlari  va  boshqa  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  faoliyati 
samaradorligini  baholash  mezonlarini  joriy  etish  to‘g‘risida”gi  qarori  ushbu 
yo‘nalishdagi  ishlarning  jadal  sur’atlarda  amaliyotga  tatbiq  etilishida  katta  turtki 
bo‘ldi 
Xususan,  bugungi  kunda  ustav  kapitalida  davlat  ulushi  mavjud  jami  1367  ta 
xo‘jalik  yurituvchi  korxona  o‘z  faoliyatlariga  samaradorlikning  muhim 
ko‘rsatkichlarini  joriy  qilgan.  Shundan  1072  tasi  davlat  unitar  korxonasi,  136  tasi 
mas’uliyati  cheklangan  jamiyat  va  qolgan  159  tasi  aksiyadorlik  jamiyati  shaklidagi 
ustav  kapitalida  davlat  yoki  xo‘jalik  boshqaruv  organlari  ulushi  mavjud 
korxonalardir. 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish