224
14.1-rasm. Bahoning shakllanishi
Ma’lumki, hozirgi zamon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotidir. Bu iqtisodiyot yer
yuzidagi ko‘pgina davlatlarda turli darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan
rivojlanib bormoqda. Uning mohiyat belgilarini eng rivojlangan mamlakatlar
iqtisodiyotida ko‘rish mumkin. Shunday belgilaridan biri, narxlarning liberallashuvi,
narx-navoning erkin shakllanishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi.
U bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvchining savdolashuvi asosida
yuzaga keladi. Kelishilgan narxlar esa bozor munosabatlariga xizmat qiladi. Narx pul
bilan o‘lchanadi. Bozor iqtisodiyoti pulsiz bo‘lishi mumkin emas. Pul esa, iqtisodiy
munosabatlarning asosiy vositasi bo‘lib, iqtisodiyotda o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Pul
munosabatlari bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Pul oboroti, pul
emissiyasi, qadri-qimmati, inflyatsiya, valyuta kursi kabi hodisalar iqtisodiy
vaziyatning ko‘zgusi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo‘lmaydi,
shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste’molchi (xaridor) o‘z izmini
o‘tkazadi, tovar va xizmatlarni sifati va narxiga qarab tanlab olish imkoniyatiga ega
bo‘ladi.
Baho shakllanishida raqobat muhim o‘rin tutadi. Raqobatda yutib chiqish yoki
yutkazish bahoni belgilashga ham bog‘liq. Raqobatlashuv jarayonida xaridor ko‘p
bo‘lsa, yuqori narx tashkil topadi. Agar sotuvchilar ko‘p bo‘lib, ular raqobatlashishsa,
past baholar vujudga keladi.
Raqobat kurashida xarajatlarni qoplamaydigan, binobarin, zarar keltiradigan o‘ta
past baholar ham paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xo‘jalikni
oqilona yuritish esa moliyaviy aloqalar va qiymat qonunlaridan foydalanishni talab
qiladi.
Ayrim buyumlarning bahosini o‘zgartirish evaziga davlat ularga bo‘lgan
ehtiyojni hamda ularni xarid qilishni boshqaradi. Jumladan, inson sog‘lig‘iga putur
yetkazuvchi mahsulotlarning narxini oshirish evaziga ularning xarid qilinishini
chegaralash va aksincha, ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarining narxini me’yorda ushlab
BAHONING ShAKLLANIShI
Korxonaning
baho
xususidagi o'z
nufuzi
(imidji)
Korxonaning bozordagi
o'z ulushi
Korxonaning
reklama
dinamikasi
Korxonaning mahsulot
nufuzi (imidji)
Raqiblarning
baho
xususidagi nufuzi
Raqiblarning bozordagi
ulushi
Raqiblarning reklama
dinamikasi
Raqiblarning mahsulot
nufuzi
Kelajakda
mijozlarni
mo‘ljallash
Talab omillari
Xarajat omillari
Raqobat omillari
Sotuvchilarning bahoni
shakllantirish
225
turish orqali ehtiyojlarni to‘laroq qondirish mulohazamizga dalil bo‘la oladi.
Pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Pul
oboroti, pul emissiyasi, qadri-qimmati, inflyatsiya, valyuta kursi kabi hodisalar
iqtisodiy vaziyatning ko‘zgusi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi
bo‘lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste’molchi (xaridor)
o‘z izmini o‘tkazadi, tovar va xizmatlarni sifati va narxiga qarab tanlab olish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ko‘rib chiqqanimizdek, bozor iqtisodiyotiga o‘tish
jarayonida narxning roli va ahamiyati juda katta.
Baho shakllanishida raqobat muhim o‘rin tutadi. Raqobatda yutib chiqish yoki
yutkazish bahoni belgilashga ham bog‘liq. Raqobatlashuv jarayonida xaridor ko‘p
bo‘lsa, yuqori narx tashkil topadi. Agar sotuvchilar ko‘p bo‘lib, ular raqobatlashishsa,
past baholar vujudga keladi.
Raqobat kurashida xarajatlarni qoplamaydigan, binobarin, zarar keltiradigan
o‘ta past baholar ham paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish,
xo‘jalikni oqilona yuritish esa moliyaviy aloqalar va qiymat qonunlaridan
foydalanishni talab qiladi.
Ayrim buyumlarning bahosini o‘zgartirish evaziga davlat ularga bo‘lgan
ehtiyojni hamda ularni xarid qilishni boshqaradi. Jumladan, inson sog‘lig‘iga putur
yetkazuvchi mahsulotlarning narxini oshirish evaziga ularni xarid qilinishini
chegaralash va aksincha, ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarining narxini me’yorda ushlab
turish orqali ehtiyojlarni to‘laroq qondirish mulohazamizga dalil bo‘la oladi.
Nazariy jihatdan olib qaralganda, baho - tovar qiymatining puldagi ifodasidir.
Amaliy jihatdan qaralganda esa, baho – muhim iqtisodiy vosita, dastak hisoblanadi.
Ma’lumki, qiymat ishlab chiqarish kategoriyasi bo‘lib, ishlab chiqarishning o‘zidagi
mehnat sarfi bilan bog‘liq munosabatlarni ifoda etadi. Tovarning yaratilishida
moddiylashgan va jonli mehnat sarf qilinadi, ularning majmuasi qiymat demakdir.
Ammo qiymat har qanday mehnat sarfi emas. qiymat tovarni yaratishga ketgan
ijtimoiy zarur mehnat sarfi, aniqrog‘i ehtiyojni qondira olgani sababli bozorda tan
olingan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini, agar u kerakli bo‘lmasa,
bozor inkor etadi va shu qism qiymatni yaratishda ishtirok etmaydi. Bozorda turli
mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga keltiriladi va shu
sarfning pulda ifodalanishi bahoni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: