Mavqei alohida o‘rin egallaydi


 Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/324
Sana08.01.2022
Hajmi5,3 Mb.
#333959
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   324
Bog'liq
2499-Текст статьи-7151-1-10-20200711

 
13.4. Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari 
O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.Mirziyoevning  mamlakatimizni  2016 
yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  asosiy  yakunlari  va  2017  yilga 
mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag’ishlangan 
Vazirlar  Mahkamasining  kengaytirilgan  majlisidagi  ma`ruzasida  “Birinchi  – 
islohotlarning qay darajada samara berayotganini ko`rsatadigan  maqsadli dasturlarni 
amalga  oshirish  natijadorligi.  Bular  qatorida  sanoat  va  boshqa  tarmoqlarni 
rivojlantirishning quyidagi iqtisodiy va moliyaviy ko`rsatkichlarini keltirish mumkin: 
ishlab  chiqarish  quvvatlarining  ahvoli,  xarajatlarni  va  tannarxni  pasaytirish, 
mahalliylashtirish  va  rentabellik  darajasini,  mahsulot  raqobatdoshligini  so`zsiz 
oshirish.  Tarmoqlar  bo`yicha  tannarx  o`rtacha  10  foizga  qisqartirilgan  bo`lsa-da, 
kimyo  va  engil  sanoat,  avtomobilsozlik,  qurilish  materiallari  va  boshqa  bir  qator 
tarmoqlarning  ayrim  mahsulotlari  qimmatligi  sababli  tashqi  bozorlarda  raqobatdosh 
bo`la  olmayapti.  Ayrim  korxonalar  zarar  bilan  ishlamoqda.»-deb  tannarxni 
kamaytirish muammosiga katta e`tibor zarurligi ta`kidlandi
1

Mehnat  unumdorligini  oshirish,  xom  ashyo  va  material,  yoqilg’i  va  elektr 
energiya  xarajatlarini  kamaytirish,  xizmat  ko`rsatish  va  boshqarish  sarflarini 
qisqartirish,  ishlab  chiqarishdan  tashqari,  xarajatlarni  kamaytirish  sanoat  mahsuloti 
tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi. 
Mehnat  unumdorligini  oshirish  uchun  esa  ishlab  chiqarishni  modernizatsiya 
qilish  texnik  va  texnologik  qayta  jihozlashni  yanada  jadallashtirish,  zamonaviy, 
moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish hamda ishlab chiqarishni boshqarish 
va  tashkil  etishning  ilg’or  usullarini  joriy  qilish  orqali  har  bir  mehnatchi  tomonidan 
tayyorlanayotgan mahsulotni ko`paytirish kerak. Bu xolda har bir mahsulot birligiga 
sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. 
Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan jadal o`sgandagina tannarx pasayadi. 
Mehnat  unumdorligining  o`sish  mohiyati  shundan  iboratki,  bunda  mahsulot 
ishlab  chiqarishga  ketadigan  jonli  mehnat  ulushi  kamayadi,  ilgari  sarflangan 
mehnatning  ulushi  esa  ortadi,  biroq  mahsulot  birligi  uchun  ketadigan  mehnat  sarfi 
qisqaradi. 
Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab 
sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, 
ularni  sotib  olish  va  korxonaga  keltirish  bilan  bog’liq  bo`lgan  sarflarni  qisqartirish 
kerak bo`ladi. 
Xizmat ko`rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa 
tarmoq  va  korxonalardagi  ma`muriy-boshqaruv  apparatining  sarflarini  kamaytirish, 
asbob-uskuna,  bino  va  inshootlarni  saqlash,  yoritish,  isitish  uchun  ketadigan 
mablag’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi. 
                                                 
1
 Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining 
kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.  –T.: O‘zbekiston, 2017. – 34 b. 


 
 
219 
Unumsiz  xarajatlarni  (jarima  to`lash,  penya  va  hokazolar)  tugatish  mahsulot 
tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Texnika  taraqqiyoti  ishlab  chiqarishni  tashkil  etishning  ijtimoiy  shakllarini 
takomillashtirish,  ishlab  chiqarishni  ratsional  joylashtirish,  ishlab  chiqarish  va 
mehnatni  korxonaning  ichida  uyushtirishni  yaxshilash  mahsulot  tannarxini 
pasaytirishni ta`minlovchi omillar hisoblanadi. Masalan, texnika taraqkiyoti mahsulot 
tannarxini  pasaytirishning  barcha  manbalariga  ta`sir  ko`rsatadi.  Ishlab  chiqarishni 
elektrlashtirish va elektronizatsiyalash hamda kompleks avtomatlashtirish, kimyolash 
mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan solishtirma xarajatlarni kamaytiradi. 
Har  bir  korxonada  mahsulot  tannarxini  pasaytirish  darajasini  hisoblash  uchun, 
eng  avvalo,  undagi  zahira,  foydalanilmayotgan  imkoniyatlarni  aniqlash  kerak.  Ular 
ko`zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko`z ilg’amaydigan bo`lishi mumkin. 
Faqat  chuqur,  har  taraflama  iqtisodiy-texnik  tahlildan  keyin  ularni  aniqlash,  topish 
mumkin bo`ladi. 
Zahiralar  har  xil  belgilarga  qarab  guruhlarga  ajratilishi  mumkin.  Ular,  eng 
avvalo, to`planish joyiga ko`ra, ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlarga ajraladi. 
Tashqi  rezervlarga  tarmoqlar  bo`yicha  rezervlar,  regional  (hududiy)  va  tabiiy-
ekologik rezervlar kiradi. 
Rezervlar  safarbar  etilishi  muddati  bo`yicha  joriy  va  istiqbolli  rezervlarga 
ajraladi. 
Rezervlarni  ishlab  chiqarish  jarayonlarining  elementlari  bo`yicha  ham 
guruhlarga  bo`lish  mumkin.  Bunday  rezervlarga  mehnat,  moddiy  va  asosiy 
fondlardan foydalanish rezervlari kiradi. 
Korxona  yoki  tarmoq  faoliyatini  tahlil  etish  uchun  rezervlarni  ikkiga  bo`lib 
ko`rish mumkin: 
- tashkiliy-texnikaviy rezervlar; 
- ijtimoiy - iqtisodiy rezervlar. 
Yuqorida  keltirilgan  barcha  rezervlar,  ya`ni  foydalanilmayotgan  imkoniyatlarni 
safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin pasaytirish uchun bir 
qator  omillardan  keng  foydalanish  va  ularni  hisoblab  chiqish  kerak.  U  ishning 
metodikasi, usulini «Korxonalar faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish» 
fani  bo`yicha  ma`ro`zalarda,  amaliy  mashg’ulotlarda  chuqqurroq va  har  tomonlama 
tushuntirib beriladi. 
Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’lardan 
oqilona  foydalanish  asosida  ishlab  chiqarishning  yuqori  samaradorligiga  erishishga 
qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi: 
 1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi; 
 2. Mahsulot tannarxini kalkulyakiyalash; 
 3. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi; 
 4. Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi.  
 Tannarx  rejasi,  ikki  bosqichda  ishlab  chiqiladi.  Birinchi  bosqichda,  eng  avvalo, 
hisobot  yilida  rejalarning  bajaralishi  tahlil  etiladi,  mahsulot  tannarxini  pasaytirish, 
foyda  va  rentabellikni  oshirish  rezervlari  aniqlanadi  va  aniqlangan  rezervlardan 
foydalanish  tadbirlari  belgilanadi,  reja  loyihasi  ishlab  chiqiladi.  Ikkinchi  bosqichda 
esa  rejaning  o`zil-kesil  loyihasi  ishlab  chiqiladi  va  bu  reja  topshiriqlari  korxona 


 
 
220 
bo`limlariga etkaziladi. 
Mahsulot  tannarxi  va  uni  pasaytirish  topshiriqlari  davlat  va  korxona  rejasida 
yuqoridan  belgilanmaydigan,  aksincha,  korxonalarning  o`zida  hisob  qilinadigan 
ko`rsatkich 
hisoblanadi. 
Shunga 
qaramay, 
mahsulot 
tannarxi 
sanoat 
ko`rsatkichlaridan  biri  bo`lib  qolaveradi.    Chunki  sanoat  mahsuloti  tannarxini  pa-
saytirish  ishlab  chiqarishning  rentabellik  darajasini  oshirish  rezervlaridan  biri 
hisoblanadi. Mahsulot tannarxi qanchalik past bo`lsa, albatta, boshqa shart-sharoitlar 
bir xil  bo`lgan  holda  (masalan, xuddi o`sha  mahsulotning narxi barqaror  bo`lganda) 
uni sotishdan kelgan foyda ham shunchalik ko`p bo`ladi.  
Shu  sababli  yaqin  va  uzoq  kelajakda  ham  ishlab  chiqarish  xarajatlari  va 
mahsulot  tannarxining  pasaytirish  inqirozga  qarshi  choralar  dasturida  belgilangan 
vazifalardan biri hisoblanadi.  
2017  -  2021  yillarda  O`zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta 
ustuvor  yo`nalishi  bo`yicha  Harakatlar  strategiyasini  «Xalq  bilan  muloqot  va  inson 
manfaatlari  yili»da  amalga  oshirishga  oid  davlat  dasturida  2017  yilda  sanoat 
tarmoqlaridagi  yirik  korxonalarda  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarning  tannarxini 
o`rtacha  8  foizga  qisqartirish  va  raqobatdoshligini  oshirishni  nazarda  tutuvchi 
kompleks  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  belgilab  berilgan
1
  .  Shu  jumladan, 
ma`nan  va  jismonan  eskirgan  uskunalarni  yangilash  hamda  modernizatsiya  qilish, 
ishlab  chiqarishda  energiya  samaradorligini  oshirish,  texnologik  jarayonlarni 
optimallashtirishga  alohida  e`tibor  qaratiladi.  Bu  yo`nalishga  korxonalarning 
mablag’lari va tijorat banklar kreditlari hisobidan 602 000,0 mln. so`m investitsiyalar 
yo`naltiriladi, bu  esa  mahalliy  mahsulotlarning,  birinchi  navbatda,  tashqi  bozorlarda 
raqobatdoshligini va tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish