Mavqei alohida o‘rin egallaydi


-BOB. SANOAT ISHLAB CHIQARISHIDA BAHO VA BAHONI



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/324
Sana08.01.2022
Hajmi5,3 Mb.
#333959
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   324
Bog'liq
2499-Текст статьи-7151-1-10-20200711

14-BOB. SANOAT ISHLAB CHIQARISHIDA BAHO VA BAHONI 
SHAKLLANTIRISH 
 
14.1. Baho - bozor munosabatlarining iqtisodiy kategoriyasi  
Baho  kuchli  ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozor  kategoriyasi  bo‘lib,  tovarlar 
ayirboshlanganda  yuz  beradigan  munosabatlarni  anglatadi.  Oqilona,  ilmiy  jihatdan 
asoslangan  baho  va  baholash  iqtisodiyotning  ilmiy  va  amaliy  vositalaridan  biri 
hisoblanadi. 
Baho  siyosati  davlat  iqtisodiy  siyosati  va  iqtisodiy  strategiyasining  muhim 
ajralmas  qismidir.  Shu  sababli  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotni  jadallashtirishda, 
mehnatkashlarning  tashabbusi  va  omilkorligini  rivojlantirishda  baho  belgilash 
siyosati  alohida  o‘rin  egallaydi.  Bahoni  ho‘jalik  mexanizmi  va  o‘zini  o‘zi  pul  bilan 
ta’minlashning ustuni deyish mumkin. Jamoaning va ayrim xodimning daromadlari, 
ular iqtisodiy manfaatlari narxning, ya’ni bahoning to‘g‘ri belgilanishiga bog‘liq. 
Baho  bamisoli  barometr  kabi  bozor  holatini  ko‘rsatib  turadi,  u  pasayib  ketsa, 
tovar  bozori  kasodga  uchraydi,  tovar  nafsiz  bo‘lib,  uni  boshqa  tovar  bilan 
almashtirish yoki sifatini yaxshilash zarurligi kun tartibiga qo‘yiladi. 
Baho  pul  muomalasi  holati,  kreditlash  samaradorligi  va  iqtisodiyotning 
moliyaviy 
sog‘lomligi  bilan  bog‘liq.  Davlatning,  korxonalar  va  ularda 
ishlovchilarning,  umuman,  aholining  o‘zaro  bog‘lanishi  baho  yordamida  amalga 
oshiriladi,  ijtimoiy  resurslardan  foydalanish  ta’minlanadi,  yalpi  ichki  mahsulotni 
hisobga  olish  va  taqsimlash  amalga  oshiriladi.  Bahoni  tovar  qiymati  belgilaydi, 
ammo  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  u  aniq  qiymatdan  yuqori  yoki  kam  bo‘lishi 
mumkin. Bu esa, bozordagi o‘sha mahsulotga bo‘lgan talab va taklifga bog‘liq. Tovar 
bahosining  darajasi,  shuningdek,  tovarning  ijtimoiy  foydaliligi  darajasi  va  boshqa 
tovarlar  o‘rnini  bosa  olishi,  muomaladagi  pulning  xarid  quvvatiga  ham  bog‘liq 
bo‘ladi.  Bozor iqtisodiyoti  sharoitida baho  yordamida korxonalar ishlab  chiqarishini 
tashkil etishning asosiy muommolaridan biri, nima ishlab chiqarish foydali ekanligini 
hal  etishdir.  Baho  tovar  taklifi,  aholining  to‘lov  qobiliyati,  ishlab  chiqarish 
resurslarining  oshib  yoki  kamayib  ketishi  to‘g‘risida  korxona  egalariga  axborot 
beruvchi vosita hamdir. Bahoning yana bir vazifasi qiymat o‘lchovidir.  
Nazorat  jihatdan  olib  qaralganda,  baho-tovar  qiymatining  puldagi  ifodasidir. 
Amaliy jihatdan qaralganda esa, baho-muhim iqtisodiy vosita, dastak hisoblanadi.  
Bunda  qilingan  xarajatlar  va  olingan  natija  ma’lum  bir  narx  yordamida 
hisob-kitob qilinadi. 
Ma’lumki,  qiymat  ishlab  chiqarish  kategoriyasi  bo‘lib,  ishlab  chiqarishdagi 
mehnat  sarflanishi  bilan  bog‘liq  munosabatlarni  ifoda  etadi.  Tovarning 
yaratilishida  moddiylashgan  va  jonli  mehnat  sarf  etiladi.  Ularning  majmuasi  - 
qiymatdir.  Ammo  qiymat  har  qanday  mehnat  sarfi  emas.  Qiymat  tovarni 
yaratishga ketgan ijtimoiy zarur mehnat sarfi, aniqrog‘i, ehtiyojni qondira olgani 
sababli bozorda tan olingan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini, agar 
u  kerakli  bo‘lmasa,  bozor  inkor  etadi  va  shu  qismi  qiymatni  yaratishda  ishtirok 
etmaydi.  Muayyan  baho  sharoitida  ko‘proq  foyda  olish  uchun  xarajatlarni 
kamaytirish zarur. 
Baholar  tovar-pul  munosabatlari  muomalasining  shakli  va  sotiladigan 


 
 
223 
mahsulot  turiga  ko‘ra  farqlanadi.  Bahoning  turlari  bir-biri  bilan  o‘zaro  bog‘liq 
bo‘lib,  ular  yagona  tizimni  tashkil  etadi.  Mazkur  tizimning  muhim  elementlari 
quyidagilardir: 

 
ulgurji baholar
. Ular firmalar o‘z mahsulotlarini katta hajmda boshqa 
firmalarga  yoki  vositachilarga  va  ulgurji  savdo  tashkilotlariga  sotayotganlirida 
qo‘llaniladi.  Ulgurji  baho  korxonalarga  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  qoplashni, 
zarur foyda olishni ta’minlanishi zarur; 

 
chakana  baholar.
  Ulardan  tovarlarni  bevosita  iste’molchilarga 
sotishda  foydalaniladi.  Bu  baholarga  davlat  savdosi,  xususiy  shaxsiy  mulk 
egalari  do‘konlari  va  bozorda  yuzaga  kelayotgan  baholar  kiradi.  Chakana  baho 
darajasi aholining peal daromadlari bilan belgilanadi. 

 
xarid  baholari
  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarining  davlat  tomonidan 
sotib olinishida ishlatiladi. 

 
dunyo baholari
 xalqaro savdo munosabatlarida qo‘llaniladi. 
Baholar  tovar  ishlab  chiqarishning  rivojlanishiga  o‘z  vazifalari  orqali  ta’sir 
etadi.  Bozorda turli mehnat sarflari umumiy,  ya’ni ijlimoiy  zarur  mehnat sarfiga 
keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi bahoni hosil qiladi. 
Bozorda  sotuvchi  bilan  xaridor  o‘rtasidagi  iqtisodiy  munosabat  bo‘lganidan 
narxning shakllanishida har ikki tomon ishtirok etadi. Xaridor deganda, biz tovar 
va xizmatlarni iste’mol etuvchilar - fuqarolar, ishlab chiqarishni yurgizish uchun 
resurslarni  sotib  oluvchi  korxonalarni  tushunamiz.  Baholarning  shakllanishida 
tovarni  ishlab  chiqarishdan  tortib,  iste’molga  yetgungacha  bo‘lgan  mehnat 
sarflari ishtirok etadi. Jamiki xarajatlar baho tarkibiga kiradi. 
Bahoni shakllantiradigan asosiy omillar esa quyidagicha: 

 
Iqtisodiy xarajat darajasi; 

 
Tovarlarning naflilik darajasi; 

 
Tovarga bo‘lgan talab va uning taklifi; 

 
Raqobat shakllari va usullari; 

 
Tovarni iste’mol qilish vaqti. 
Raqobat  cheklangan  bozorlarda  (sof  monopoliya,  monopolistik  raqobat, 
oligopoliya)  ishlab  chiqaruvchilarning  o‘rni  bozor  narxlarini  belgilovchi  muhim 
omillardan  hisoblanadi.  Monopoliya  sharoitida  bozorda  bir  turdagi  mahsulotlar 
taklif  qilinishi  sababli  baho  ustidan  to‘liq  nazorat  amalga  oshiriladi.  Bu  degani 
monopolist 
ishlab 
chiqaruvchilarning 
narx 
belgilashdagi 
hukmronligi, 
iste’molchi  daromadlari  cheklanganligi  bilan  to‘qnash  qiladi.  O‘rnini  bosuvchi 
tovarlarning  mavjudligi  ham  ularning  baho  belgilashdagi  mutlaq  imkoniyatini 
cheklaydi. 
Oligopoliya  sharoitida  esa  alohida  ishlab  chiqaruvchilar  (sotuvchilar)  bir-
biriga  bog‘liq  bo‘lganliklari  sababli  baholarni  mustaqil  belgilashga  botina 
olmaydilar. Faqat baho belgilashda yashirincha kelishishlari mumkin. 
Bahoning shakllanishini quyidagicha ifodalash mumkin:

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish