Aylanma mablag‘larning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi
1
Aylanma fondlarning
guruh va elementlari
Butun
sanoat
Qora
metallurg
iya
Mashina
-sozlik
Energ
e-tika
Yengil
sanoat
Oziq-
ovqat
sanoati
1. Ishlab chiqarish zahiralari
- jami
70,2
65,0
55,3
98,3
90,0
78,8
Jumladan:
xom ashyo va asosiy
materiallar, yarim tayyor
mahsulotlar
46,2
23,8
37,5
-
76,7
52,2
Yordamchi materiallar
6,6
11,0
2,3
24,1
5,7
6,1
Yoqilg‘i
1,7
2,0
0,7
37,4
0,5
1,6
Ta’mirlash uchun ehtiyot
qismlar
3,9
11,0
2,0
23,0
1,7
2,0
Qadoqlash va o‘rov
materiallari
3,0
0,5
0,6
0,3
1,2
11,3
Instrumentlar, xo‘jalik
asboblari va qimmat
bo‘lmagan, tez eskiruvchi
boshqa predmetlar
9,8
16,7
12,2
19,5
3,2
5,6
2. Tugallanmagan ishlab
chiqarish va korxonada
tayyorlangan yarim tayyor
mahsulotlar
24,0
18,3
42,2
0,5
9,8
19,5
3. Kelgusi davr xarajatlari
va boshqa mehnat
predmetlari
5,8
16,7
2,5
1,2
0,2
1,7
Jami aylanma ishlab
chiqarish fondlari
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
Korxona iqtisodiyotiga aylanma mablag‘larning tarkibi va tuzilmasidan
tashqari, ularni ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va muomalaning turli
bosqichlarida izlab topish katta ta’sir ko‘rsatadi. Aylanma mablag‘larning to‘liq
aylanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib, bu jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va
sotiladi.
Birinchi bosqichda
aylanma mablag‘lar pul shaklidan moddiy boyliklarning
ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi, ya’ni pul - tovar (D-T).
Ikkinchi bosqich
ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash jarayonini o‘z
ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag‘lar va birinchi o‘rinda aylanma fodlar
tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar
shaklini oladi (T).
Uchinchi bosqichda
aylanma mablag‘lar tovar mahsuloti shaklida muomalaga
kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi (T-P).
1
Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.- T.:”Sano-standart”, 2014.-304 b.
181
Shu tariqa aylanma mablag‘lar barcha bosqichlardan o‘tib, to‘liq aylanishni
amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish mumkin:
1-bosqich - pul-tovar (P-T);
2-bosqich - ishlab chiqarish (I.Ch);
3-bosqich - tovar-pul (T-P).
Shuni qayd qilib o‘tish muhimki, korxonaning aylanma mablag‘lari bir
vaqtning o‘zida uchala bosqichda ham pul mablag‘lari, ishlab chiqarish zahiralari,
tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ko‘rinishida
mavjud bo‘lishi mumkin. Korxonaning aylanma mablag‘lari harakati ma’lum bir
iqtisodiy qonunlar asosida ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab
chiqarishning barcha bosqichlarida oqilona foydalanishni ko‘zda tutishi ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu qonunlardan va aylanma mablag‘lardan foydalanish
qoidalaridan chetga chiqish aylanma mablag‘larning yetishmasligiga yoki
samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |