Mavqei alohida o‘rin egallaydi


-BOB. SANOAT ISHLAB CHIQARISHNING AYLANMA MABLAG‘LARI



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/324
Sana08.01.2022
Hajmi5,3 Mb.
#333959
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   324
Bog'liq
2499-Текст статьи-7151-1-10-20200711

11-BOB. SANOAT ISHLAB CHIQARISHNING AYLANMA MABLAG‘LARI  
 
11.1. Aylanma mablag‘lar tushunchasi, iqtisodiy tabiati va ahamiyati 
Sanoat sohasida turli mahsulotlarni tayyorlash jarayonida moddiy va moliyaviy 
mablag‘larga  bo‘lgan  ehtiyojlar  doimo  oshib  boradi.  Sanoat  korxonalarida  asosiy 
fondlar bilan bir vaqtda mehnat buyumlari ham harakatda bo‘ladi.  
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda mehnat qurollari (asosiy 
vositalar)  va  ishchi  kuchidan  tashqari, 
aylanma  mablag‘larga
  ham  ega  bo‘lishlari 
zarur.  Aylanma  mablag‘lar  ishlab  chiqarishning  aylanma  fondlari  va  muomala 
fondlarini  tashkil  qilishga  mo‘ljallangan  pul  mablag‘laridan  iborat.  Aylanma 
mablag‘lar,  qoidaga  ko‘ra,  korxonaning  hisob  raqamida  naqd  pul  ko‘rinishida 
jamg‘ariladi.  Har  bir  korxonaning  aylanma  mablag‘lari  asosiy  vositalarning  texnik 
holati va mahsulot ishlab chiqarish dasturi bilan bog‘liq. Korxona qanchalik katta va 
uning  ishlab  chiqarayotgan  mahsulotlari  turlari  ko‘p  bo‘lsa,  aylanma  mablag‘lar 
shunchalik  ko‘p  talab  qilinadi.  Aylanma  mablag‘lar  ishlab  chiqarish  va  uning 
uzluksizligini ta’minlashning moddiy asosi hisoblanadi.  
 “Aylanma  mablag‘lar  ”  atamasidan  tashqari  “aylanma  kapital”  iborasi  ham 
ko‘p qo‘llanilib, asosan iqtisodiy nazariya va xo‘jalik yuritishning xorijiy tajribasidan 
olinadi. Mohiyatiga ko‘ra, 
aylanma kapital
 korxona ishlab chiqarish kapitalining bir 
qismi  bo‘lib,  uning  qiymati  ishlab  chiqarishning  har  bir  siklida  ishlab  chiqarilgan 
mahsulotga o‘tkaziladi hamda ushbu tovarni sotgandan so‘ng korxonaga qaytariladi. 
Aylanma  kapital  ko‘pincha  korxonaning  pul  mablag‘lari  hisoblanuvchi  yoki  ishlab 
chiqarish  jarayonida pul  mablag‘lariga  aylantiriluvchi  harakatchan  aktivlari  qatoriga 
kiritiladi. 
Iqtisodiy tabiati, bajaruvchi vazifalari va ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rniga 
ko‘ra,  “aylanma  mablag‘lar”  va  “aylanma  kapital”  o‘rtasida  sezilarli  farq  yo‘q. 
Korxona  doimiy  kapitalining  tarkibiy  qismi  sifatida  ular  xom  ashyo,  yoqilg‘i, 
energiya  resurslari,  yordamchi  va  boshqa  materiallarda  yuzaga  keladi,  shuningdek, 
ishchi  kuchlarini  yollash  va  ularning  mehnatiga  haq  to‘lashga  bo‘nak  (avans) 
tariqasida  beriladi.  Aylanma  mablag‘larga  bo‘lgan  qo‘shimcha  talab  banklardan 
olinadigan kreditlar hisobiga qoplanadi. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitlarida  korxonalarning  aylanma  mablag‘larga  yetarli 
tarzda  ega  bo‘lishi  ularning  normal  faoliyat  yuritishi  garovi  hisoblanadi.  Shuni  ham 
unutmaslik zarurki, ishlab chiqarayotgan mahsulot birligiga sarflanuvchi xom ashyo, 
material,  yoqilg‘i  va  energiya  miqdori  mahsulot  sifatiga  ta’sir  ko‘rsatmagan  holda 
qanchalik kam bo‘lsa,  mahsulot shunchalik arzonlashadi hamda aylanma  mablag‘lar 
kamroq sarflanib, ulardan foydalanish samaradorligi yuqori bo‘ladi. 
Korxonalarning aylanma mablag‘lari aylanma fondlari va muomala fondlariga 
taqsimlanadi.  Bunday  taqsimlash  ularning  moddiy

buyumlashgan  tuzilishidan 
tashqari,  ishlab  chiqarish  jarayoni  va  umuman,  korxonaning  iqtisodiy  faoliyatidagi 
ishtiroki  asosida  amalga  oshiriladi.  Bundan  tashqari,  taqsimlash  rejalashtirishni 
tashkil qilishda hamda korxonaning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida 
aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini aniqlashda katta rol o‘ynaydi. 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish