173
Xom ashyo mahsulot xususiyatini va sifatli texnologik jarayonni tanlashga va
uning progressivlik darajasiga, mashinalardan va vaqtdan foydalanish darajasiga,
ishlab chiqarish siklining uzunligi va umuman ishlab chiqarishning barcha texnik-
iqtisodiy ko`rsatkichlariga ta`sir ko`rsatadi.
Hozirgi paytda har bir sanoat tarmog’ida bir necha turdagi xom ashyo
qo`llaniladi. Ayrim tarmoq uchun qaysi xom ashyoni tanlash maqsadga muvofiq
ekanligini aniqlash uchun turli xom ashyolarni quyidagi ko`rsatkichlar bo`yicha
solishtirmoq zarur: solishtirma kapital xarajatlari; mehnat unumdorligi; mahsulot
tannarxi; mahsulot sifati; mahalliy xom ashyodan maksimal foydalanish; kamyob
bo`lmagan xom ashyodan foydalanish; ishlatilmaydigan chiqindilardan foydalanish
mumkinligi; sun`iy materiallardan foydalanish mumkinligi; xom ashyoning
progressiv texnologiya talablariga javob berishi; xom ashyoning bo`lg’usi tayyor
mahsulot sifat ko`rsatkichlariga javob
berishi; ma`lum davrda muayyan tarmoqda
qo`llashning iqtisodiyot nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqligi; ayrim hududlarning
o`ziga xos xususiyatlari; ayrim tarmoqlardagi texnika taraqqiyoti va innavatsion
faoliyat.
Xom ashyodan to`liq va xar tomonlama foydalanib, uning turli qismlaridan turli
xil mahsulotlar olish uchun undan kompleks foydalanmoq kerak.
Xom ashyo resurslarini kengaytirish va tejashning yana bir yo`li — xom ashyo
va materaillardan qayta foydalanishdir. Masalan, edirilgan mashinalar, binolar va eski
texnikalarning metall qismlari, qog’oz materiallari va boshqalardan sanoatda qayta
foydalanish mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev tomonidan qabul qilingan
“O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi
to`g’risida”gi Farmonida tasdiqlangan 2017 — 2021 yillarda O`zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar
strategiyasida «yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy
xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo`shimcha qiymatli
tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan
yangi bosqichga o`tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya
qilish» ga alohida muhim o`rin
berilgan
1
.
Iqtisodiyot tizimining raqobatbardoshligini yanada oshirish, aholi farovonligini
yuksaltirish, birinchi navbatda, xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, elektr va
energiya resurslaridan tejamli foydalanilishiga bog’liqdir.
Tejamli ishlab chiqarishga o‘tishda elektroenergetika tizimini modernizatsiya
qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejamining samarali tizimini joriy
etish choralarini amalga oshirish”[2] ham o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Bunga elektr
energiyasi ta’minoti tizimiga xususiy operatorlarni joriy qilish, elektr energiyasi
uchun hisob-kitob tizimini takomillashtirish, iste’molchilar hisob-kitobini to‘g‘ri
yo‘lga qo‘yish hamda iste’mol davrida elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish
orqali erishib boriladi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. // Xalq so‘zi. 8 fevral 2017 yil.
175
iste’molchiga qo‘shimchi qimmatliklar keltirmaydi yoki uni kamaytirmaydi. Ularni
shartli ravishda quydagi jarayonlarga ajratish mumkin:
Ortiqcha ishlab chiqarishga olib keluvchi jarayonlar;
Kutish jarayonlari
Ortiqcha ortish-tushirish jarayonlari
Ortiqcha ishlov berish jarayonlari
Zahiralar ortiqchaligiga olib keluvchi jarayonlar
Ortiqcha harakatlarni taqoza qiliuvchi jarayonlar
Kamchilik (deffektlar) ni keltirib chiqaruvchi jarayonlar
Do'stlaringiz bilan baham: