Mavqei alohida o‘rin egallaydi



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/324
Sana08.01.2022
Hajmi5,3 Mb.
#333959
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   324
Bog'liq
2499-Текст статьи-7151-1-10-20200711

1
 
O'zbekiston milliy entsiklopediyasi, 12 – jild. – T.: Davlat ilmiy nashriyoti. 2006 yil. 17 - bet 
 


 
 
168 
Keyingi  yillarda  Toshkent,  Samarqand  viloyatlarida  yangi  oltin  ruda  konlari 
qidirib  topildi.  O`zbekistondagi  hozirgacha  qidirib  topilgan  oltin  zahiralari  4  ming 
tonnadan oshadi. 
Respublikada  umuman  olganda  26ta  kumush  koni  aniqlangan.  Ular  asosan 
Qizilqum va Chotqol-Qurama tog’lari hududlarida to`plangan. 
Rangli  metallarning  eng  muhim  turlari  hisoblangan  uran  va  mis  zahiralari 
bo`yicha O`zbekiston jahonda ettinchi o`rinni egallaydi. Uranning razvedka qilingan 
zahiralari  aniqlangan,  vulkonogen  jinslarda  topilgan  bo`lib,  mezozoyning  qumtoshli 
tipiga mansub. 
Uran  bilan  yo`ldosh  reniy,  skandiy  va  boshqa  metallar  uchraydi.  Shuningdek, 
mis, qo`rg’oshin, qalay, volfram va litiy kabi muhim strategik ahamiyatga ega nodir 
va rangli metallarning yirik konlari bor.  
Respublikamizda  har  yili  90  ming  tonnaga  yaqin  mis  ishlab  chiqariladi. 
Amaldagi  ishlab  turgan  konlar  misni  yana  40-50  yil,  qo`rg’oshin  va  qalayni  100 
mobaynida ishlab chiqarishni ta`minlashga qodir. 
Rangli  metallar  zahiralari  asosan  Olmaliq  kon  rayonida  joylashgan.  Qalmoqqir 
mis  koni  noyob  hisoblanadi.  Bu  konning  rudasini  qayta  ishlash  mamalakatdagi  eng 
yirik  korxonalardan  biri  Olmaliq  kon-metallurgiya  kombinatida  amalga  oshiriladi. 
Shuningdek, bu sanoat rayonida mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va 
boshqa katta zahiralarga ega bo`lgan Dalniy koni bor. 
Mamlakat xududida 100dan ortiq qo`rg’oshin va rux konlari mavjud bo`lib, ular 
asosan Olmaliqdagi Qo`rg’oshinkon, Jizzax viloyatidagi Uchquloch va Surxondaryo 
viloyatidagi  Xondiza  konlaridan olinadi. Bu  konlarda  yana  yo`ldosh  metallar  –  mis, 
kumush,  kamdiy,  selen,  oltin  va  indiy  ham  uchraydi.  O`zbekistonda  molibdenli 
formatsiyalar  ham  bor.  Chotqol-Qurama  tog’lari  vismutga  boy.  Janubiy  Farg’ona 
belbog’ining  o`zidan  100dan  ortiq  simob  va  10dan  ortiq  surma  rudalanishlar 
aniqlangan. 
Respublika  nodir  metallarning  eng  muhim  turi  hisoblanadigan  volframning  7ta 
koni  va  200  dan  ziyod  ruda  belgilari  mavjud  erlari  aniqlangan.  Volfram  ob`ektlari 
Toshkent oldi, Samarqand va Qizilqum hududlarida to`plangan.  
Qora  metallardan  eng  ko`p  tarqalganlari  temir,  titan,  marganets,  magniy,  xrom 
va  boshqalardir.  Temirning  bir  necha  konlari  va  ruda  ko`rinishlari  aniqlangan.  Ular 
orasida  muhimi  Qoraqalpog’iston  Respublikasida  Tebinbuloq  titan-magniy  koni 
hisoblanadi.  Marganets  konlari  Zarafshon,  Qoratepa,  Lolabuloq  va  boshqa  joylarda 
mavjud.  Magmatik  xrom  Qizilqumda,  Farg’onada,  ayniqsa,  Tomditov  va  Sulton 
Uvaysda ko`plab uchraydi. 
O`zbekistonda nometall xom ashyo — glaukonit, dala shpati, vallastonit, grafit, 
asbest,  talk,  talk  toshi,  abrazivlar,  qimmatbaho  va  ishlov  beriladigan  toshlar  konlari 
ko`p.  Vollastonitning  5ga yaqin  ko`rinishi  va  konlari  aniqlangan.  Grafitning  30  dan 
ortiq  ruda  —  rudalanishi  va  konlari  ma`lum.  Qimmatbaho  va  ishlov  beriladigan 
toshlardan  topaz,  feruza,  ametist,  tog’  xrustali,  xalsedon,  yashma,  nefrit,  lazurit, 
amazonit, rodonit, agalmatalit, marmar oniksi va boshqalarning ancha yirik zahiralari 
qayd etilgan. 
Geologik  tadqiqotlar  natijasida  Buxoro-Qarshi,  Surxondaryo,  Ustyurt  va 
Farg’ona  artezian  xavsazining  er  osti  suvlarida  yod,  brom,  litiy,  seziy,  stratsy  va 


 
 
169 
boshqa sanoat  kontsentratsiyalari  aniqlangan. 2005  yildan  boshlab  Kruk  konida  yod 
olinmoqda.   
O`zbekiston  xududida  500  dan  ziyod  g’isht,  sement,  gips,  ahoktosh,  beton 
to`ldiruvchiliklari  va  boshqa  qurilish  materiallari  konlari  razvedka  qilingan  va 
ulardan keng foydalanish yo`lga qo`yilgan. 
Potensial  resurslardan  oqilona  foydalanish  va  foydali  qazilmalarni  qazib 
olishning  iqtisodiy  samarali  usullarini  qo`llash  uchun  konlar  zahirasining  miqdorini 
iqtisodiy jihatdan to`g’ri aniqlash va sanoat ko`lamida ekspluatatsiya qilish navbatini 
belgilash alohida ahamiyatga ega. 
Zahiralarni  o`rganish  va  aniqlash geologiya-qidiruv ishlari davlat  rejasi  asosida 
olib  boriladi.  Sanoatning  mineral  xom  ashyoga  bo`lgan  talabini  aniqlashda 
konlarning o`rganilganlik darajasi muhim o`rin tutadi.  
Mineral  xom  ashyo  zahiralarni  qidirish  va  sanoat  ekspluatatsiyasiga  tayyorlik 
darajalari bo`yicha bir necha kategoriyalarga bo`linadi. 
Ular ma`lum bir davr uchun texnik - iqtisodiy jihatidan foydalanish mumkinligi 
darajasiga qarab balansdagi va balansdan tashqaridagi zahiralarga bo`linadi.  
Balansdagi  zahiralarga  sanoat  talablariga  va  foydalanishning  texnik  shartlariga 
javob  beruvchi  va  hozirgi  kunda  ularni  qazib  chiqarish  iqtisodiy  jihatdan  maqsadga 
muvofiq  bo`lgan  zahiralar  kiradi.  Balansdan  tashqari,  zahiralarga  esa  tarkibida 
foydali  komponentlari,  qazilmalar  miqdori  kam  bo`lgan  yoki  ekspluatatsiya 
sharoitlari og’ir bo`lgan, xom ashyosini sanoat usullari bilan qayta ishlash hozircha 
mumkin bo`lmagan zahiralar kiradi. 
Korxona  faoliyatini  maqsadga  muvofiq  tashkil  etish  va  rejalashtirish  ishlab 
chiqarish  resurslaridan  foydalanish  va  uni  tashkil  etishning  turli  norma  va 
normativlarini tuzishga asoslanadi. Norma va normativlar asosida ishlab chiqarishga 
kerakli xom ashyo va materiallar, jihoz va asbob-uskunalar miqdori aniqlanadi, ishlab 
chiqarish  jarayonida  xodimlar  joylashtiriladi  va  ishlab  chiqarish  resurslarining 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish