Qisqacha xulosalar
Xom ashyo resurslaridan foydalanishda tejamkorlik tamoyilidan to‘la-to‘kis
foydalanish hozirgi davrning eng muhim muammosi hisoblanadi. Shu sababli, xom
ashyodan oqilona foydalanish maqsadida uni qayta ishlash jarayonida tegishli sanoat
tarmog‘i uchun maqsadga muvofiqligini aniqlash, xom ashyo materiallarini dastlabki
qayta ishlash va boyitish, xom ashyodan kompleks foydalanish, materiallardan
ikkinchi marta foydalanish bo‘yicha tadbir-choralar amalga oshirilishi zarur. Bu
chora - tadbirlarni amalga oshirishda fan-texnika taraqqiyoti, ayniqsa, ishlab
chiqarishni modernizatsiyalash, kimyolashtirish va yangi zamonaviy texnologiyalarni
joriy etish, tashkilotchilik, tejamkorlik va uni rag‘batlantirish alohida ahamiyat kasb
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |