7.6-rasm. O‘zaro munosabatlar samarasi
1
XX asrning so‘nggi yillaridan keyin klaster nazariyasining rivojlanishida
ko‘plab muhim (Amerika, Britaniya, Skandinaviya va b.) ilmiy maktabyutuqlarini
kuzatish mumkin.
Xususan, Amerika olimlari M.Porterning «raqobatda ustunlik nazariyasi»
2
,
M.Enrayt, S.Rezenfeld, P.Maskell va M.Lorensenning «mintaqaviy klasterlar
konsepsiyasi»
3
, A.Marshallning «sanoat hududlari nazariyasi»
4
, P.Bekatinning
«Italyan sanoat okruglari nazariyalari»
5
, M.Storperning «ideal» hududiy
klasternazariyalari yaratilgan.
Qo‘shimcha qiymat va «klasterlar zanjiri uyg‘unligi» kabi nazariyalar ham shu
guruhdan o‘rin olgan.
Keltirilgan nazariyalarida
klaster
- ishlab chiqaruvchilarga raqobat ustunligini
ta’minlashda yuqori samarali usul sifatida hududdagi ta’lim, fan, texnologik,
iqtisodiy va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar faoliyati bilan uyg‘unlashgan
tizimi ekanligi nazarda tutiladi.
Britaniya
nazariyotchilar
(J.Danning,
K.Brimen,
shmit,
J.Hamfrilar)
«klaster»ni o‘zaro hamkorlikdagi institutlar tizimi sifatida iqtisodiyotning asosini
belgilovchi institutsional tizim deb hisoblaydi. Namoyondalar «klaster»ning o‘ziga
«zamonaviy institut» sifatida yondashadi. Mazkur tizim qatnashchilarining o‘zaro
munosabati turlicha, ya’ni rasmiy va norasmiy bo‘lganidek, klasterlarning ham tashqi
doirasi keng bo‘ladi degan nazariYaga asoslanilgan.
1
Manba: Xakimov Z.A. Yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari asosida oshirish.
Falsafa doktorlik dissertatsiyasi. – T.: TDIU, 2018.
2
Pоrtеr M. Mеjdunаrоdnаya kоnkurеnsiya. - M.: Mеjdunаrоdniе оtnоshеniya, 1993. S. 51,
3
Enright M. Regional Clustersand Economic Development: A Research Agenda, in Staber, U., Schaefer, N. and
Sharma, B., (Eds.) “Business Networks: Prospects for Regional Development, Berlin”: Walter de Gruyter, pp. 190- 213.
4
Mаrshаll А. Prinsipi ekоnоmichеskоy nаuki, t. І – ІІІ. Pеr. s аngl. — M.:Izdаtеlskаya gruppа «Prоgrеss», 1993.
5
Bеgаttin P. – Becattini G. From Marshalls to the Italian «Industrial Districts»/
www.copetitivness.org
. 2015
119
Skandinaviya olimlari (B.O.Lundval, B.Yonson, B.Asxaym, A.Izaksonlar) –
klasterning evolyusion rivojini bir qator bosqichlardan o‘tishi lozimligi (tug‘ilishidan
tugagunicha) etirof etiladi, evolyusion nazariya imkoniyatidan foydalanish klaster
nazariyasini anglatadi degan mulohaza kiritganlar.
To‘rtinchi guruh olimlar klasterni o‘zi ichiga olgan «hudud – korporatsiya
ustunligi», «hudud – bozor ustunligi», «hudud – davlat ustunligi», «hudud – ijtimoiy
soha ustunligi» konsepsiyalari asosidagi mintaqaviy rivojlanishning zamonaviy
paradigmalari, deb hisoblaydilar.
Klasterlar nazariyasi rus olimlari yu.S.Artamonova, B.B.Xrustalyov va
boshqalar
1
tomonidan ham o‘rganilib, amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha loyihalar
ishlab chiqilgan. Keltirib o‘tilgan nazariyalarning shakllanishi va ularning amaliy
ahamiyati mamlakat, tarmoq va korxonalar raqobatbardoshligini oshirishning
innovatsioyan strategiyasida sifatida korxonalar samaradorlikka erishishini nazarda
tutadi.
Klaster nazariyasining tadrijiy rivojlanishi, uning ikki fundamental tavsifini
ajratish imkonini beradi:
birinchisi, klasterga uyg‘unlashgan korxona va firmalar faoliyati aniq turdagi
tovarlar bozori bilan bog‘liq bo‘lishi zarur: vertikal (xarid va sotish zanjiri) va
gorizontal (qo‘shimcha bo‘limlar va xizmatlar, shunga ketadigan maxsus sarflar,
texnologiyalar yoki institutlar va boshqa aloqalardan foydalanish);
ikkinchisi – klasterlar geografik yaqin joylashgan o‘zaro bog‘liqlikdagi
korxonalar guruhi bo‘lib, ular o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatning
barqarorlashuvi natijasida raqobatbarning rivojlanishi, ko‘proq qo‘shimcha qiymatva
bozorda ustunlikni ta’minlash imkoniyatlarini yaratishga qaratiladi.
Hudud, tarmoq va korxona raqobatdoshligini oshirishga klaster nazariyasini
tatbiq etish amaliyotiga ko‘ra, klaster– geografik nuqtai nazardan qo‘shni bo‘lgan,
o‘zaro bog‘liq korxonalar (ishlab chiqaruvchilar, mahsulot etkazib beruvchilar va
hakozo) hamda ularga aloqador xizmatlarni ko‘rsatib, ma’lum sohada faoliyat
yurituvchi tashkilotlar (ta’lim muassasalari, davlat boshqaruv idoralari, infratuzilmali
kompaniyalar) guruhidir.
Shuningdek,klaster – ishlab chiqarish korxonalari raqobatbardoshligioshishiga
imkoniyatlar yaratuvchi, o‘zaro chambarchas bog‘langan tarmoqlar Yagona
texnologik zanjirini tashkil etuvchi hamjamiyatlardir
2
.
Mamlakat iqtisodiyoti klasterlarning kuchli jihatlariga tayanadi, chunki ularsiz
eng rivojlangan iqtisodiyot ham yuqori darajada samarador-likka erisha olmaydi.
Klasterlarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi, ular ishtirokchilari yo‘nalishlar
bo‘yicha taqsimlanadi va quyidagilarda o‘z aksini topadi:
boshqa tarmoqlardan keladigan yangi ishlab chiqaruvchilar ilmiy tadqiqot
ishlarini rag‘batlantiradi va yangi strategiyalarni ta’minlab, rivojlanish jarayonini
tezlashtiradi;
ishtirokchi korxonalarning erkin axborot almashinuvi yuzaga keladi,
yangiliklar iste’molchi va mahsulot etkazib beruvchilarning kanallari bo‘yicha tez
1
Klаstеrniе pоlitiki i klаstеrniе inisiаtivi: tеоriya, mеtоdоlоgiya, prаktikа. (Kоllеktivnаya mоnоgrаfiya).
Minоbrаzоvаniya i nаuki RF, Minekоnоmrаzvitiya RF, Prаvitеlstvа Pеnzеnskоy оblаsti. Pеnzа, 2013.
2
Pоrtеr M. Kоnkurеnsiya. – M.: Izdаtеlskiy dоm «Vilyams», 2011.
120
tarqaladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |