8.4-jadval
Jahon mamlakatlaridagi sanoat klasterlari soni
1
Mamlakatlar nomi
Klasterlar soni
Buyuk Britaniya
168
Gollandiya
20
Germaniya
32
AQSh
380
Daniya
34
Fransiya
96
Italiya
206
Fransiya
9
Hindiston
106
Daniya, Finlyandiya, shvetsiya sanoatini klasterlar to‘la egallagan. Masalan,
Finlyandiya 2000 yildan buyon raqobatbardoshlikda dunyo reytingida etakchi o‘rinni
egallab kelmoqda. Bu mamlakat jahon o‘rmon resurslarining qariyb 0,5 foiz ulushga
ega bo‘lib, yuqori unumdorligi bilan ajralib turuvchi klasterlar hisobiga yog‘ochni
qayta ishlash sanoatida jahon eksportida 10 foiz, qog‘oz eksportining 25 foizini
ta’minlamoqda. Finlyandiya klaster strategiyalaridan samarali foydalanish evaziga
1
Manba: Xakimov Z.A. Yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari asosida oshirish.
Falsafa doktorlik dissertatsiyasi. – T.: TDIU, 2018.
121
telekomunikatsiya bozorida mobil aloqa vositalari bo‘yicha dunyo eksportining 30
foizini (2005-2010 yillar) va mobil telefonlarning 40 foizni etkazib bergan.
Italiya sanoatining klasterlari hissasiga ish bilan band aholining 43 foiz, milliy
eksport hajmining 30 foizdan ortig‘i to‘g‘ri keladi. Klaster tuzilmalari Germaniyada
kimyo va mashinasozlik sanoatida, Fransiyada oziq-ovqat sanoati va kosmetika
sanoatida muvaffaqiyatli ishlamoqda. shuningdek, klaster modelidan shveysariya,
Avstriya, Italiya, Daniya, Hindiston, Koreya, Pokiston, Xitoy va Turkiyaengil
sanoatida samarali foydalanmoqda.
Klasterlar shakllanishi jarayoni Janubiy-Sharqiy Osiyo, Xitoyda, Singapurda,
YAponiyada va boshqa mamlakatlarda faollashib bormoqda. Xitoyda 60 tadan ziyod
klasterlar alohida hududlarda shakllantirilgan bo‘lib, ulardagi ishchilarning soni 3,5
million aholi ish bilan ta’minlangan va yillik tovar aylanishi 200 mlrd.dollardan
ziyodni tashkil etadi.
Klaster
tashabbuskorlari
uning
nafaqat
raqobatbardoshlikni
oshirish
vositasi,balki, mamlakatlar iqtisodiy va innovatsion rivojlanish strategiyasining
asosiy jihati ekanligini qayd etish mumkin. Jaxonda keyingi 10 yilda 20 ta
mamlakatda amalga oshirilgan 500 dan ortiq klaster tashabbuslari tahlili uning juda
kuchli mavqega asoslanganini ko‘rsatmoqda.
Germaniyada yaqin vaqtgacha mintaqaviy klasterlar rivojlanishi davlat
aralashuvisiz bo‘lar edi. Biroq 2003 yilda hukumat klaster tashabbuslariga jiddiy
e’tibor qaratdi. Bu, birinchi navbatda, yuqori texnologiyali sohalarni loyihalashga
taalluqlidir. Davlat nafaqat mahalliy, balki boshqa manbalar hisobidan sanoatlar va
ilmiy markazlar imkoniyatlarini birlashtirishni ko‘zda tutadi.
Italiyada tarmoqlarning o‘zaro kombinatsiyasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular
mebelni qayta ishlashda – kesuvchi asbob, tikuvchilikda – dizayn, charm sanoati
qoshida – poyabzal, yog‘ochni qayta ishlashda – mebel kabilardir.
Xitoyda 15 yil davomida to‘qimachilik sanoati, sport tovarlari, kiyimlar,
o‘yinchoqlar, idishlarni eksportga yo‘naltirish uchun amalga oshiriluvchi
klasterlashtirish siyosatiga katta miqdordagi sarmoyalar kiritishi, uning jaxon
bozoridagi raqobatda ustunlikni ta’minlagani bilan izoxlash mumkin.
1990 yilda EI (Evropa ittifoqi) mamlakatlarida xususiy biznesga yordam berish
va ularning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida maxsus klasterlashtirish dasturi
ishlab chiqilgan. 2006 yilga kelib «EI mamlakatlarida klasterlashtirish manifesti»
ma’qullandi va qabul qilindi. 2007 yilda esa «Evropa Klaster memorandumi»
ma’qullandi va tasdiqlashga taqdim etildi. 2008 yilda «Klasterlar bo‘yicha Evropa
konfederatsiyasi» tasdiqlandi va EI a’zo bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar
iqtisodiyotini klasterlash bo‘yicha aniq dasturiy vazifalar belgilandi. Qabul qilingan
hujjatlarning asosiy maqsadi alohida mamlakatlarda bo‘lgani kabi butun EIda ham
raqobatbardoshlikni oshirishga ta’sir ko‘rsatishga qodir klasterlarni ko‘paytirish va
ular ish faoliyatidagi mavjud muammolarning echimiga qaratilgan.
Keyingi yillar davomida jahon iqtisodiyotida informatika, ekologiya, logistika,
biotibbiyot preparatlari ishlab chiqarish va hokazolar bilan shug‘ullanuvchi yangi
avlod sanoat klasterlari paydo bo‘la boshladi.
Innovatsion klasterlarning asosiylarini Amerikaning «Kremniy vodiysi» deb
hisoblash qabul qilingan. chunki uning hududida 87 mingdan ortiq korxonalar, 40 dan
122
ortiq ilmiy tadqiqot markazlari, 40 ta ta’lim muassasasi jamlangan.
Bundan tashqari, xorijiy kompaniyalark o‘pgina ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va
ishlanmalar yaratish uchun jalb etiladi. Masalan, mikro va nanotexnologiya sohasida
ishlovchi «mialoguc» klasteri doirasida yuqori darajadagi mikroblar va
mikroorganizmlar yaratish bo‘yicha «Foremost» loyihasini amalga oshirish uchun 8
ta mamlakatdagi 24 ta firmalar bilan hamkorlik qilinadi. shunga ko‘ra, hozirda
Fransiyada yaratilgan innovatsion klasterlarning nufuzi jahonda Yagona sanalmoqda.
Agar yaqin vaqtga qadar klasterlar iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar va
tarmoqlardagina bo‘lgan bo‘lsa, keyingi paytda bu rivojlanayotgan mamlakatlarda
ham kuzatilmoqda. Polsha, chexiya, Sloveniya mamlakatlari, Rossiya, Ukraina,
Qozog‘iston va yaqin sharq mamlakatlarida ham klasterlar paydo bo‘ldi va dastlabki
natijalar samara bera boshladi.
Chexiya Sanoat va savdo vazirligi «klasterlar dasturi» ustida ishlamoqda.
Uning maqsadi klasterlarni yaratish va rivojlantirish, kooperatsiya shaklini gorizontal
va vertikal mustahkamlash bo‘lib, uning asosini etkazib beruvchi-iste’molchi-ilmiy
tadqiqot institutlari – ishlab chiqaruvchi – ulgurji savdo – chakana savdo hisoblanadi.
Odatda, muayyan tarmoq korxonasi biror-bir ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda
klasterlarni alohida yuridik shaxs sifatida tashkil etadi. Klasterlarning eng kichik
ko‘rinishidagilari, sanoat zonalari kabi eng kamida 15 ta mustaqil korxonaga xizmat
ko‘rsatishi lozim bo‘lib, ulardan 75 foiz ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish
bilan shug‘ullanishi lozim. shuningdek, klasterda birlashgan korxonalarning 60
foizdan ortig‘i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lishi lozim.
Keyingi yillarda Qozog‘istonda yirik sanoat korporatsiyalari, tarmoq
tuzilmalari asosida klaster tizimlarini yaratishga kirishildi va loyihalar ustidagi
ishlarga M.Porter rahbarlik qilmoqda.
Turkiya dunyo engil sanoat tovarlari bozorida etakchi mamlakatlardan biri
hisoblanadi. Turkiyada engil sanoat klasteri1995-2000 yillarda faol shakllantirilgan
erishgan. Turkiyaning «Sukurova tekstil klasteri»tarkibida 2000-2010 yillar
davomida 12 ta yirik kompaniyaning 500 dan ortiq korxonalari samarali faoliyat
yuritgan. Hozirda Turkiya gilam mahsulotlari eksportining 40 foizdan ortig‘i va
gazlamalarining 35-40 foizi shu klasterhissasiga to‘g‘ri keladi.
Klasterlar «Erkin ilmiy-texnika zonalari»yoki «texnoparklar» shaklida tashkil
etilmoqda. Erkin fan-texnika zonalari alohida ajratilgan hududlardan iborat bo‘lib, u
erda ilmiy-ishlab chiqarish va o‘quv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy va
ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot
o‘rnatiladi. Erkin fan-texnikazonalari yuksak texnologiyalar amal qiluvchi zonalar,
texnoparklar, mintaqaviy innovatsiya markazlari-texnopolislar shaklida tashkil
etiladi
1
.
Texnoparklar ikkita asosiy komponentlardan: ishlab chiqarish (sanoatning
ilg‘or sohasidagi korxonalar) va ilmiy markazlar (universitet, institut, ilmiytekshirish
instituti, laboratoriyalarning kuchli guruhlari)dan tarkib topadi va ularning faoliyati
raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.
1
Manba: O‘zbekiston Respublikasining «Erkin iqtisodiy zonalar» to‘g‘risidagi qonuni. – T., 1996 yil 25 aprel.
220-I-son. www.lex.uz
123
O‘zbekistonda birinchi bo‘lib A.Sh.Bekmurodov va YAng Son Be
1
«O‘zbekiston tekstil sanoatini rivojlantirish strategiyasiga klaster yondashuvi»
bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borganlar. Ularning tadqiqotlarida xorijiy mamlakatlarda
iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha klasterlardan foydalanish loyihalari tavsiflanib,
Amerikada axborot-kommunikatsiya, YAponiyada avtomobil, neft-kimyo va
to‘qimachilik, Italiyada keramika va gilam ishlab chiqarish, Koreya Respublikasida
tarmoqda erishilgan natijalar tahlil qilingan. shu bilan birga, A.Sh.Bekmurodov va
YAng Son Be asosiy e’tiborni O‘zbekiston engil sanoati sanoati eksport salohiyatini
tahlil qilishga qaratib, sohaga xorijiy investitsiyalarni ko‘proq jalb qilish bo‘yicha
ilmiy tavsiyalar tayyorlangan va mahsulotni bo‘yash bo‘yicha sanoat hududiy klasteri
modelini Koreya Respublikasining Degu shahridagi tajriba asosida ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |