Yozma manbalarning tavsif usuli va ularni talabalarga tushuntirish
Boy tarixni o’rganish va o'rgatish deganda, faqat yozma manbalarda mavjud ma’lumotlar to'g'risidagi bilim va tushunchalami shunchaki mexanik tarzda talaba va bakalavrlanga yetkazish emas, balki an’naviy va zamonaviy pedagogik usullaming eng qulay va samarali vositalaridan foydalangan holda, ularda manbalar to’g'risida tushuncha, bilim va ulardan foydalanish malakasini hosil qilish bilan birga, tariximiz to‘g‘risida mustaqil fikr yuritishga o'rgatishni ham tushunamiz.
Yurtimiz tarixini o'rganishda yozma manbalardan foydalanishning ilmiy va metodik asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga tavsiya etish tarix va pedagogika fanlarining eng muhim va dolzarb muammolaridan biridir. Bu masala juda keng qamrovli bo'lib, yozma manbalami tadqiq etishning ilmiy metodik asoslarini chuquro'rganib chiqishni taqozo etadi. Yozma manbalarni talabalarga tushuntirishning bir necha tam oyili mavjud. Birinchisi maxsus kataloglardagi m anbaning tavsif tam oyilidir. XIX asroxirida paydo bo'lgan Yevropa mamlakatlaridagi kataloglar ichida ingliz olimi Charlz Ryoning ko‘p jildlik arab, fors va turkiy tillardagi sharq qo'lyozmalari kataloglaridagi yozma manbani tavsiflash tamoyili o'zining mukammalligi va puxta o'ylanganligi bilan alohida ajralib turadi. Quyida til tamoyili asosidagi Ch.Ryoning «Britaniya muzeyidagi turkiy qo'lyozmalar. (London, 1888, ingliz tiiida) (Cataloguve of the Turkish Manuscripts in the British Museum by Rieu Charles. - London: 1888. 432 p.) katalogidagi manba tavsifi tamoyilini keltiramiz. Unda yozma manbaning muzeydagi tartib raqami birinchi bo'lib sarlavha o'mida berilib, so'ngra qo'lyozmaning kodikologik xususiyatlari, varaqlar soni, o'lchami, sahifadagi satrlar soni, satr uzunligi, xati, ziynatlari alohida, ixcham tarzda berilgan. So'ngra asar nomi asl nusxada, ya’ni arab alifbosida va uning taijimasi ajratilib berilgan. So'ngra muallif nomi va asaming boshlanishi va oxiridagi jumlalar aslida, arab alifbosida keltirilgan. Ana undan keyin muallif to'g'risidagi ma’lumot va asar tarkibi, mazmuni bayon etilib, tavsif oxirida asar tarixnavisligi, ya’ni o'rganilishi to'g'risidagi ma’lumotlar berilgan.
Qator mavjud kataloglar asosida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti olimlari ham mustaqil ravishda qo'lyozma manbalami ilmiy tavsifga olish usulini ishlab chiqqanlar. Unda manbaning quyidagicha tavsifi berilgan: Sarlavha sifatida asar nomi asl nusxada va uning ruscha tarjimasi, qo'lyozmaning xazinadagi tartib raqami va ushbu katalogdagi raqami keltirilgan. So'ngra asar muallifi nomini asli arab yozuvida va ruschada keltirish bilan asosiy tavsif boshlanadi. Undan keyin muallif to'g'risida (imkon darajasida to'liq), asar mazmunining tarkibi va qisqacha bayoni (annotatsiyasi) keltiriladi. Ba’zi o'rinlarda asar boshlanish va oxirgi jumlalari qo'lyozmadan aynan arab yozuvida keltiriladi. Taijimon va xattotlar nomlari arab yozuvida va ruscha yoziladi. Tavsif ixcham kodikologik m a’lum otlar — xati, qog'ozi, ziynati, xattot nomi, qo'lyozmaning kitobat tarixi, nuqsoni, varaqlar soni, o'lcham i va adabiyotlar (bibliografiya) nomlarini keltirish bilan tugallanadi. M. Hasaniy «Sharq qo'lyozmalarini tavsiflash va fihristlash nomli risolasida O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo'lyozma fondi tajribasini umumlashtirib, magistrantlarga tushuntirishga harakat qilgan. Bulardan tashqari yozma manbalarni tavsiflashning qomusiy yoki ensiklopedik tamoyili ham mavjud. Biz uning namunasini «O'zbekiston ensiklopediyasi» va «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi* sahifalarida ko'rishimiz mumkin.
Mustaqillik davrida manbashunoslikka oid B.A.Ahmedovning «0 ‘zbekiston xalqlari tarixi manbalari* va «O'zbekiston tarixi manbalari* asarlari chop etilgan edi. Olim manbalaming yozilgan tillariga qarab va yana huquqiy hujjatlar, yozishmalar, geografiya va kosmografiyaga oid asarlar, biografik, memuar asarlar, sayyohlaming, elchilarning esdaliklari mavjudligini qayd etadi. B.A.Ahmedovning asarlarida yozma manbalar alohida emas, balki muallif nomi ostida keltirilgan. Bundan tashqari tarixchi har bir tarixiy davriga qisqa ta’rif bergan. Mazkur darsliklarning ijobiy xususiyati sifatida ularda daliliy ma’lumotlami ko'pligi, ilmiyligini qayd etish mumkin. Faqat ularda materiallar akademik nashrlar kabi joylashtirilgan va dars o'tish xususiyatlari inobatga olinmagan. A.Habibullayevning «Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik* qo'llanmasi va A.A.Madraimov tuzgan «Manbashunoslikdan ma’ruzalar majmuasi* da yozma manbalar to'g'risida talabalarga ma’lumotlar berishda dars jarayoni xususiyatlarini e ’tiboiga olishga harakat qilingan. Faqat A.Habibullayev qo'llanmasida adabiy manbashunoslikka katta e'tibor berilgan. Unda ma’lumotlar quyidagi tartibda bayon etilgan: Mavzu nomi.
Adabiyotlar. Dars mazmunining qisqa izohi. So'ngra dars mazmunining bayoni, alohida atamalar va oxirida savollar berilgan. A.A.Madraimov tuzgan ma’ruzalar matnida ma’lumot bayoniningtartibi quyidagichadir 1. Mavzu nomi. 2. Dars rejasi. 3. Asosiy tushunchalar. 4. Darsning mufassal mazmuni. 5. Materialni mustahkamlash uchun savollar va oxirida adabiyotlar ro'yxati keltirilgan. A.Madraimov va G. Fuzailova tuzgan “Tarixiy manbashunuslik” (2006) o'quv qo'llanmasida har bir ma’ruza boshida mavzu nomi, darsning mazmuni, rejasi, asosiy tushunchalar berilgan. Asosiy matnda ma’ruza mavzui rejaga muvofoq atroflicha yoritilib, uning so'ngida mavzuga oid asosiy adabiyotlar ro'yxati, mavzuni mustahkanlash uchun berilagan savollar ilova etilgan. Ushbu maxsus kataloglar va darsliklardan tashqari qo'lyozma kitob to'g'risida va sharq manbashunosligiga oid to'plam va kitoblar ham mavjud bo'lib, ularda muhim yozma manbalaming har biriga alohida e’tibor berilmagan. Lekin, ularda eng muhimlari to'g'risida matn orasida m a’lum otlar keltirilgan hamda manbalaming umumiy xususiyatlari tadqiq etilgan. Zikr etilgan darslik va qo'llanma, maxsus adabiyotlaming barchasida o'ziga xos foydali m a ’lum otlar mavjudligini tan olamiz. Lekin, ulaming birontasini ham ilm iy-m etodik jihatdan talabalarga manbalar to‘g‘risida dars berish uchun m ukam m al nam una deb olish mumkin emas. Mavjud ilmiy adabiyotlaming tahlili va shaxsiy tajribalarimiz asosida yozma manbalar to‘g‘risidagi texnik ma’lumotlar va asar mazmunini talabalarga kompleks tarzda tushuntirishning eng samarali va ilmiy metodik asoslarini ishlab chiqishga harakat qilindi. Talabalarga manba to‘g‘risida kompleks tarzda ma’lumot berish kerak. Bu esa yozma manbaning kodikologik ma’lumotlar, muallif va uning yashagan davri, asar tarkibi va mazmuni tahlili, uning tarixnavisligini tushuntirishdan iboratdir. Darsning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida uning rejasi, mavzuga oid asosiy tushunchalarni izohlash va qo'shimcha ko'rgazmali qurollardan foydalanishni qayd etish mumkin.
Yozma manbalar to‘g‘risidagi ma’lumotlami quyidagi tartibda tushuntirishni eng ma’qul va samarali ilmiy metodologik uslub deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |