Fan: O’zbek tili 10-mavzu «Kasb bayrami». Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezyume), uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari. O’tilgan mavzu yuzasidan «Aqliy hujum» savollari: - 1. Matn tahlili deb nimaga aytiladi?
- 2. Matn tahriri haqida gapiring.
- 3. Kompetensiya terminiga izoh bering.
«Kasb bayrami» mavzusi yuzasidan «Aqliy hujum» savollari: - 1. Qanday kasb bayramlarini bilasiz?
- 2. Kasb bayramlari nima sababdan nishonlanadi?
- 3. O’zingiz tanlagan kasbning sharafli va murakkab tomonlari haqida fikr yuriting.
Rezyume nima? - Rezyume fransuzcha “résumé” so'zidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda “qisqacha izoh” ma’nosini bildiradi.
Rezyume ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: - Rezyume ishga topshirayotgan inson to'g'risida ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni uning ismi, ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qizishlari va hokazo.
Biror shaxs uchun rezyume
- Ilmiy ish, dissertatsiyada uning qisqacha mohiyati yoritilgan rezyumelar yaratiladi.
Ilmiy ish uchun rezyume
Biror shaxs uchun rezyume: - Bunday rezyume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi. O'zbek tilida bunday hujjat “tarjimai hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi mumkin, lekin rezyumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir.
Biror shaxs uchun rezyume: - Rezyume asosan ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha menejerining rezyumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi.
Rezyumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat: - 1. Shaxsiy ma’lumot
- a. Ism-sharif (talab qilinadi)
- b. Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi)
- c. Jins (majburiy emas)
- d. Millat (majburiy emas)
- e. Tug'ilgan sana (majburiy emas)
Rezyumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat: - 2.Qisqacha mazmun va / yoki professional maqsad (ixtiyoriy)
- a. Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab o'tish.
- Misol: 6 yillik tajribaga ega loyiha tuzish va boshqarish mutaxassisi. Ingliz va rus tillarini mukammal biladi. 2018-yilda Biznesni boshqarish yo'nalishi bo'yicha Magistraturani oliy darajada tamomlagan va ilmiy darajaga ega.
Rezyumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat: - 3. Ma’lumot
- a.Ilmiy daraja/diplom, mutaxassislik, o'qigan yili (yoki daraja berilgan yil), o'quv yurtining nomi, manzili (shart)
- b. Topshirilayotgan ishga taaluqli fanlar nomi va soati (shart emas)
- c. Agar a’lo darajada bitirgan bo'lsa, shuni ham bildirib o'tish kerak
- Misol: 2016-2018 Magistratura, Biznesni Boshqarish. O'zbekiston Milliy Universiteti. Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Universitet-4 ko'chasi. www.nuu.uz.
- Taaluqli fanlar: Loyiha tuzish va boshqarish (22 soat); Markoiqtisodiyot (25 soat)
Rezyumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat: - 4. Tajriba
- a.Ishlagan sana, lavozim, tashkilot nomi, manzili, qisqacha vazifalari va yutuqlari
- b.Eng oxirgi ish joyidan boshlab yoziladi
- Misol: 25.01.2008 – 10.02.2011 Loyiha mutaxassisi, “Yoshlarda ish ko'nikmalarini rivojlantirish loyihasi”. NNT “Faol”, Shaxrisabz ko'chasi 1-uy, Toshkent. Tel: 267-00-00
- Yoshlar uchun 5-kunlik treninglarni tashkil qilganman: trening rejasini tuzish; trenerlarni jalb qilish; joy va kerakli jihozlarini tayyorlash; ishtirokchilarni taklif qilish; trening paytida barcha ishlarni koordinatsiya qilish; trening hisobotini yozish.
Rezyumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat: - 5. Qo'shimcha ma'lumotlar:
- a. Xorijiy tillar
- b. Kompyuter darturlari to'g'risida bilimlar
- c. Yutuqlar (sport bo'yicha, stipendiyalar va boshqa muhim yutuqlar)
- d. Qo'shimcha treninglar va kurslar
- e. Tajriba orttitirsh (stajorlik) paytlari
- f. Qiziqishlar
- g. Ilmiy maqolalar
- h. Konferensiyalardagi ma’ruzalar
Ilmiy ish (dissertatsiya) rezyumesining asosiy qismlari: - Dissertatsiya muallifining ism-familiyasi, ixtisoslik nomi, ilmiy ishning mavzusi.
- tayanch so’zlar;
- tadqiqot obyektlari;
- ishning maqsadi;
- tadqiqot metodlari;
- olingan natijalar va ularning yangiligi;
- amaliy ahamiyati;
- tatbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi;
- qo’llanish sohasi.
1-topshiriq: -
- O’zingizning ma’lumotlaringiz aks etgan rezyume tayyorlang.
Uyga vazifa. - «Kasb bayrami» mavzusida matn yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |