Matsusita Konosuke


Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi hisobvaraqlar



Download 264,95 Kb.
bet28/51
Sana02.02.2022
Hajmi264,95 Kb.
#425740
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51
Bog'liq
8-mavzu. Ma'ruza matni

Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi hisobvaraqlar. Korxonaning asosiy ishlab chiqarishiga yoki asosiy faoliyatiga yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi hisoblangan ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvarag’ida amalga oshiriladi.
Ushbu hisobvaraq quyidagilarni ta’minlaydigan, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun qo’llaniladi:
a) energiyaning turli xillari (elektr energiyasi, bug’ va boshqalar) bilan xizmat ko’rsatish;
b) transport xizmatini ko’rsatish;
v) asosiy vositalarni ta’mirlash;
g) asboblar, to’rtburchak muhrlar, ehtiyot qismlar, qurilish detallari va konstruktsiyalarini tayyorlash yoki qurilish materillarini boyitish (asosan qurilish korxonalarida);
d) tosh, shag’al, qum va boshqa ruda bo’lmagan materiallarni qazib olish;
e) yog’och materiallarni tayyorlash va taxta qilish;
j) qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tuzlash, quritish va konserva qilish (asosan savdo korxonalarida).
Bundan tashqari ushbu hisobvaraqlarda korxona balansida turuvchi ilmiy tekshirish va tajriba konstruktorlik bo’linmalarining xarajatlari aks ettirilishi mumkin.
2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvarag’ining debeti bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmat ko’rsatish bilan bevosita bog’liq bo’lgan to’g’ri xarajatlar, shuningdek yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan egri xarajatlar va yaroqsiz mahsulot hisobiga yo’qotishlar aks ettiriladi.
Mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatish bilan bevosita bog’liq to’g’ri xarajatlar 2310 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvarag’iga, ishlab chiqarish zahiralari, mehnat haqi to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar, asosiy vositalarga eskirish va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditidan hisobdan chiqariladi.
Yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan egri xarajatlar 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvarag’iga 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” hisobvarag’idan hisobdan chiqariladi. Yordamchi ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq xarajatlar ayrim hollarda bevosita 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvarag’ida hisobga olinishi mumkin.
Yaroqsiz mahsulot hisobiga yo’qotishlar 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvarag’iga 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar” hisobvarag’idan hisobdan chiqariladi.
2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvarag’ining kreditida tugallangan mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatish haqiqiy tannarxining summalari aks ettiriladi. Ushbu summalar 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvarag’ining kreditidan 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”, 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari”, 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”, 9130 “Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning tannarxi”, 9420 “Ma’muriy xarajatlar” hisobvaraqlariga va boshqa hisobvaraqlar bilan bog’langan holda hisobdan chiqariladi.
2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob xarajat elementlari va moddalari bo’yicha va mahsulot turlari bo’yicha yuritiladi.
2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvarag’i bo’yicha oy oxiridagi qoldiq tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatini ko’rsatadi.
Quyida yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Yordamchi ishlab chiqarish tsexlarida foydalanilayotgan asosiy vositalarning eskirishi:
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
2) Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlariga taalluqli nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblandi:
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
3) Yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun materiallar sarflandi:
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
4) Mahsulot olish uchun hayvonlarning so’yilishi:
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 1100 “O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
5) Tugallanmagan mahsulotni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi:
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”.
b) qiymatining kamaytirilishi:
D 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
6) Materiallar qiymatidagi farqlarni hisoblangan ulushlarda yordamchi ishlab chiqarish hisobvaraqlariga hisobdan chiqarish:
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar”.
7) O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sarflanishi:
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.
8) Umumishlab chiqarish xarajatlarining tegishli ulushi yordamchi ishlab chiqarish mahsulotlari, ish va xizmatlari tannarxiga kiritilishi:
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 2510 “Umumishlabchiqarish xarajatlari”.
9) Yordamchi ishlab chiqarish mahsulotlarini tayyorlashdagi yaroqsiz mahsulotdan ko’rilgan yo’qotishlar ularning tannarxiga kiritilishi:
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”.
10) Kelgusi davrlar xarajatlarining ulushi yordamchi ishlab chiqarish mahsulotlari, ish va xizmatlar tannarxiga kiritildi:
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 3100 “Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 3200 “Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
11) Ombordagi tayyor mahsulotlar yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ishlatildi:
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”.
12) Mol etkazib beruvchilardan yordamchi ishlab chiqarishga moddiy qiymatliklar va xizmatlar (suv, bug’, energiya va hokazo) kelib tushdi:
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
13) Qondirilmagan da’volar summasining yordamchi tsexlarga tegishli bo’lgan qismi ularning mahsuloti, ish va xizmatlari tannarxiga hisobdan chiqarildi:
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”.
14) Yordamchi ishlab chiqarishdagi sug’urta xarajatlari:
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 6510 “Sug’urta bo’yicha to’lovlar”.
15) Yordamchi ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy to’lov bo’yicha xarajatlari:
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 6520 “Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar”.
16) Yordamchi ishlab chiqarish xodimlariga mehnat haqi to’lash bo’yicha summalarning hisoblanishi:
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”.
17) Yordamchi ishlab chiqarishga ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha turli korxonalarga bo’lgan qarzlar:
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
18) Olingan summadan ortiqcha xarajat qilganliklari uchun hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar:
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarz”.
19) Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarning yordamchi ishlab chiqarish tsexlariga ko’rsatgan xizmatlari:
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki
K 6120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
20) Yordamchi ishlab chiqarishdagi tugallanmagan ishlab chiqarishning ortiqchasi kirim qilindi:
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
21) Yordamchi ishlab chiqarish tomonidan o’rnatiladigan asbob-uskunalarni xarid qilishda qilingan xarajatlar asbob-uskunalar qiymatiga qo’shildi:
D 0700 “O’rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
22) Kapital qo’yilmalarda amalga oshirilgan yordamchi tsexlarning xarajatlari va xizmatlari hisobdan chiqarildi:
D 0800 “Kapital qo’yilmalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
23) Ilgari yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun hisobdan chiqarilgan materiallarning qaytarilishi:
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
24) Yordamchi ishlab chiqarishda ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlar kirim qilindi:
D 1040 “Ehtiyot qismlar”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
25) Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining o’stirishdagi va boquvdagi xayvonlar tannarxiga kiritilishi:
D 1100 “O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
26) Materiallarni tayyorlash va xarid qilishda yordamchi ishlab chiqarishning ko’rsatgan xizmatlari va xarajatlari:
D 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
27) Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlari o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarining tannarxiga kiritildi:
D 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
28) Yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish bo’yicha yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari:
D 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
29) Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarga o’tkazilishi:
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
30) Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlarining (mavsumiy tarmoqlarda) kelgusi davr xarajatlariga olib borilishi:
D 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari” yoki
D 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
31) Yordamchi ishlab chiqarishda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar kirim qilindi:
D 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
32) Mahsulotlarni sotish va etkazib berishda yordamchi ishlab chiqarishning ko’rsatgan xizmatlari hisobdan chiqarildi:
D 9410 “Sotish xarajatlari”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
33) Yordamchi ishlab chiqarishning mahsulotlari va bajarilgan ishlari, ko’rsatgan xizmatlarining haqiqiy tannarxini hisobdan chiqarish:
D 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” yoki
D 9130 “Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning tannarxi”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
34) Yordamchi ishlab chiqarishning sotish va turli chiqib ketishidagi xarajatlarining hisobdan chiqarilishi:
a) asosiy vositalar:
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
b) nomoddiy aktivlar:
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
35) Boshqa korxonalarga yordamchi ishlab chiqarishning investitsiya tariqasida mahsulotlari berildi va xizmalari ko’rsatildi:
D 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” yoki
D 9130 “Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning tannarxi”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
36) Ajratilgan bo’linmalarga yordamchi ishlab chiqarishning xarajatlari hisobdan chiqarildi yoki mahsulot berildi:
D 4110 “Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan hisobvaraqlar”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
37) Tabiiy ofat, yong’in va shu kabilar natijasida ko’rilgan yordamchi tsexlarning zararlari hisobdan chiqarildi:
D 9720 “Favquloddagi zararlar”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
38) Yordamchi ishlab chiqarishdagi aniqlangan moddiy qiymatliklarning kamomadi va buzilishlari:
D 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
39) Qaytariladigan va ko’p marta ishlatiladigan idishlar bo’yicha xarajatlar va yo’qotishlar:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.

Download 264,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish