Ajratma nuqtasida umumiy xarajatlarning yarim tayyor mahsulot tannarxiga mutanosib taqsimlanish usuli. Bu usul ajratish nuqtasida olingan yarim tayyor mahsulotlarga qo’shimcha ishlov berilgan hollarda qo’llaniladi. Ishlab chiqilgan mahsulot turlari o’rtasida umumiy xarajatlarni taqsimlash uchun ushbu usulda quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshiriladi (8.5-jadval):
- yakuniy mahsulotning har bir turi qiymatini sotish bahosida aniqlash (2-ustun);
- ishlab chiqarishning har bir turi uchun ularni qayta ishlashning keyingi (ajratish nuqtasidan keyingi) xarajatlari ko’rsatiladi (3-ustun);
- mahsulot qiymati sotish bahosidan keyingi qayta ishlash xarajatlarini chegirib tashlab, yarim tayyor mahsulotlarning har bir turi qiymati aniqlanadi (4-ustun);
-har bir turdagi yarim tayyor mahsulotning solishtirma og’irligi aniqlanadi (5-ustun);
- yarim tayyor mahsulot turlari bo’yicha umumiy xarajatlarini ularning solishtirma og’irligiga mutanosib ravishda taqsimlanadi (6-ustun).
8.5-jadval
Jami xarajatlarning yarim tayyor mahsulotlar tannarxiga
mutanosib ravishda taqsimlanishi
Mah-sulot turi
|
Mahsulot qiymati sotish narxda, so’m
|
Keyingi xarajatlar, so’m
|
Yarim tayyor mahsulotlar qiymati, so’m
|
Yarim tayyor mahsulotlar solishtirma og’irligi, %
|
Umumiy xarajatlar, so’m
|
Foyda, so’m
|
Renta-bel-lik,%
|
A
|
50 000 000
|
9 000 000
|
41 000 000
|
51
|
30 600 000
|
10 400 000
|
20,8
|
B
|
30 000 000
|
6 000 000
|
24 000 000
|
30
|
18 000 000
|
6 000 000
|
20,0
|
V
|
20 000 000
|
5 000 000
|
15 000 000
|
19
|
11 400 000
|
3 600 000
|
18,0
|
Jami
|
100 000 000
|
20 000 000
|
80 000 000
|
100
|
60 000 000
|
20 000 000
|
20,0
|
Umumiy xarajatlarni taqsimlashning bu usulidan foydalanilganda birgalikda olingan mahsulotlarning rentabelligi turlicha bo’lishi mumkin. Bir jarayonda olingan mahsulotlarning bir xil rentabelligini ta’minlash uchun sotish hajmida foydaning doimiy ulushi asosida jami xarajatlarni taqsimlash usuli qo’llaniladi. Ushbu usul bilan umumiy xarajatlarni taqsimlash uchun quyidagi hisob-kitoblar amalga oshiriladi:
1) har bir mahsulot turining qiymati sotish bahosida aniqlanadi;
2) bir xil rentabellik darajasi belgilangan barcha mahsulotlar uchun har bir mahsulot turiga foyda miqdori hisoblanadi;
3) mahsulot qiymatidan sotish narxlarida foyda summasini chigirib har bir mahsulot turining tannarxi aniqlanadi;
4) tannarx ko’rsatkichlaridan keyingi xarajatlar ayirib tashlanib, mahsulot turi bo’yicha umumiy xarajatlar hisoblanadi (8.6-jadval).
8.6-jadval
Umumiy xarajatlarni sotish hajmida foydaning
doimiy ulushi asosida taqsimlash
Ko’rsatkichlar
|
Mahsulot turi
|
Jami
|
A
|
B
|
C
|
1. Mahsulot qiymati sotish narxida, so’m
|
50 000 000
|
30 000 000
|
20 000 000
|
100 000 000
|
2. Foyda summasi (20% rentabellik darajasida)
|
10 000 000
|
6 000 000
|
4 000 000
|
20 000 000
|
3. Mahsulot tannarxi
|
40 000 000
|
24 000 000
|
16 000 000
|
80 000 000
|
4. Kelgusida qilinadigan xarajatlar
|
9 000 000
|
6 000 000
|
5 000 000
|
20 000 000
|
5. Umumiy xarajatlar (p.3 - p.4)
|
31 000 000
|
18 000 000
|
11 000 000
|
60 000 000
|
Asosiy va u bilan yo’ldosh mahsulotlar o’rtasida umumiy xarajatlar taqsimlangandan so’ng asosiy mahsulot tannarxi keyingi va umumiy xarajatlarni jamlash yo’li bilan aniqlanadi. Birlik tannarx umumiy xarajatlarni mahsulot birliklari soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Shu tarzda yo’ldosh mahsulotlarni alohida turlari tannarxini aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |