«Kesma rasmlar» metodikasi
Maqsad: idrokning toliqliligini rivojlanish darajasini, ko'ruv-fazoviy analiz va sintezini, ko'rgazma-harakatli tafakkuming shakllanganligini tekshirish.
Jihoz: to'Iiq va kesma rasmlaming to'plami. Rasmlar 3 taga, 4 qismga kestlgan
. O'tkazish texnikasi: eksperiment o'tkazuvchi kesma rasm qismlarini ko'rsatib, unda qanday predmet tasvirlanganligini aytmaydi, ko'rsatma beriladi: a) so'z - ishorali shaklda: «rasmni toliq qilib yig'ib ber» yoki b) imo-ishorali. Agar bola topshiriini tushunmasa, to'Iiq rasm shakli ko'rsatiladi va ko'rsatma takrorlanadi yoki taxlanib va yana rasm qismlari ajratiladi. Agar bu yordam samarasiz boisa, bolaga rasm qismlari dan to'Iiq rasmni yig'ish ketma-ketligi taxminiy yo'naltirish orqali o'rgatiladi. Shundan so'ng bolaga ushbu rasmni yana bir bor yig'ib berish so'raladi va boshqa variant taklif etiladi.
Bajarish meyori: 3 qismli kesma rasmlami:
3-4 yoshda amaliy chamalab ko'rish orqali. 4-5 yoshda ko'ruviga tayanib.
4-6 qismli rasmlar: 3-4 yoshda maqsadga yo'naltirilgan urinishlar. 4-5 yoshda amaliy chamalab ko'rish orqali. 5-6 yoshda ko'rib solishtirish orqali
«Qatorga qo‘y» metodikasi
Maqsad: kattalikni idrok etish darajasini, ko'rgazma-harakatli tafakkurning shakllanganligini tekshirish.
Jihoz: olti qismli matreshka.
O'tkazish texnikasi: eksperiment o'tkazuvchi bolaning ko'zi oldida matershkalami ajratib, ulami bir-biriga mosi bilan qo'yib chiqadi. Keyin matreshkalaini katta-kichikligiga qarab, orasida bir xil interval saqlagan holda qo'yib chiqadi. Bundan so'ng tekshiruvchi matreshkalar qatorini ekran bilan bekitib, bolaga ko'rsatmagan holda bittasini olib qo'yadi, so'ngra ekran olinib bolaga matreshkani joyini topib qo'yish so'raladi. Agar bola topshiriqni bqjara olmasa, unga yordam ko'rsatiladi. A w al so'z ko'rsatmasi orqali: «Yaxshilab qara, ushbu matreshka qayerda turishi kerak?» yoki imo-ishora orqali matreshkani joyini topish so'raladi. Agar bu yordam samara bermasa, unda o'rgatuvchi yordam beriladi: har bir keyin turgan matreshka o'zidan oldinda turganidan kichikroq ekanligi tushuntiriladi. O'rgatilgandan so'ng, bolaga matreshkaning joyini topib qo'yish topshirig'i yana 2-3 marotaba beriladi.
Bajarish meyori: 4-5 yoshda maqsadga qaratilgan urinishlar va amaliy chamalashga tayanib 5-6 yoshda amaliy chamalash, ko'z bilan solishtirish. 6-7 yoshda ko'z bilan chamalab bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |