Matnshunoslik



Download 1,9 Mb.
bet76/101
Sana13.06.2022
Hajmi1,9 Mb.
#665765
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101
Bog'liq
УМК МАТНШУНОСЛИК2020-2021

Tarixiy tafsirlar – qissalar, qadimda o‘tgan qavmlarning tarixi kengroq sharhlangan tafsirlar.
Tarjima amaliyoti xilma-xilligi tarjimonlarning tajribasi, malakasi va e’tiqodi bir-biridan jiddiy farq qilishi natijasida kelib chiqadigan tafovutlar; tarjimonlarning tarjima qilish prinsiplarini har xil talqin etishlari tufayli kelib chiqadigan tafovutlar; tarjimonlarning uslubi muallif uslubiga ta’sir etishi natijasida tabiiy ro‘y beradigan tafovutlar. Ana shu uchta sabab tufayli muayyan bir asarni masalan o‘nta tarjimon o‘z tiliga o‘girsa, natijada bir-biridan farq qiladigan o‘n xil tarjima hosil bo‘ladi.
Tarjima nazariyasi – amaliyotda tadbiq etiladigan tarjima muqobilligining ayrim mezonlarini, unga erishish yo‘llarini ko‘rsatishdan iborat amaliy fan.
Tasavvufga oid tafsirlar – bu xil tafsirlarda targ‘ib (jannatga rag‘batlantirish) va tarhib (do‘zaxdan qo‘rqitish, ogohlantirish) masalalariga, oyatlardan botiniy sirlar, ramziy ishoralar chiqarishga diqqat qilingan.
Tasniflash – xillangan matn turini sanalar bo‘yicha ajratish: asr, yil, oy.
Tazkira – lug‘aviy ma’nosi “esga olish, tilga olish”. Tazkira sharq mumtoz adabiyotida keng tarqalgan adabiy-tanqidiy janr.
Tazkira yozish an’anasi – bu an’ana dastlab arab va fors adabiyotida shakllangan bo‘lib, keyinroq turkiy adabiyotda ham keng ommalashgan. Tazkiraning eng qadimgi namunasi Abu Mansur Saolibiyning “يتيم الدهر فى محاصل اهل العصر” – “Zamona ahlining fazilatlari haqida yakto durdona” (XI asr) asari e’tirof etiladi. Mazkur tazkiradan o‘sha davr Arab, Movarounnahr, Xorazm, Xuroson adabiyoti va san’ati haqidagi qimmatli ma’lumotlar o‘rin olgan.
Tekst – yozuvda qayd etib qo‘yilgan nutq. Termin bu ma’nosida og‘zaki nutqqa qarshi qo‘yiladi; nutqiy asar, jumladan, adabiy asarning yozma (harflar) yoki og‘zaki (tovushlar) belgilar vositasida qayd etilgan konkret-hissiy (ko‘rish yo eshitish) qabul qilinadigan tomoni. Bu ma’nodagi tekst matnshunoslikning obyekti sanaladi; nutqiy kommunikatsiyaning nisbiy butunlik, yaxlitlik kasb etgan va nisbiy avtonomlik, alohidalik xususiyatiga ega eng kichik birligi, ya’ni adabiy-badiiy asar. Bu ma’nodagi tekstning mazmuni uni tashkil qilayotgan nutq birliklari, ularning o‘zaro aloqalari bilangina cheklanib qolmaydi. Butun sifatida u muallif tomonidan muayyan nutqiy situatsiyada tug‘ilgan, uning butun sifatidagi mazmun-mohiyati o‘zidan tashqaridagi reallik bilan bog‘liq holda voqe bo‘ladi.
Tom butunlikqadimiylik, to‘liqlik, husnixat, saqlanish sifatining yaxshiligi kabi qiyos uchun muhim jihatlarning imkon qadar bitta qo‘lyozma matnida jamlanishi.
Toshbosma – kitob chop qilishning bir turi bo‘lib, bunda ustida bo‘rtma yozuvlar hosil qilingan maxsus toshga bo‘yoq (siyoh) surtilib, qog‘oz o‘sha tosh ustiga bosilgan. Natijada toshdagi matn to‘la holida qog‘ozda aks etgan. Bu uslub tosh ustidagi matnni bir necha nusxada ko‘chirish imkonini bergan.

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish