Матншунослик фани адабий манбашунослик ва матншуносликнинг назарий муаммолари, хусусан, қадим қўлёзма меросимиз манбалари устида илмий фаолият олиб бориш малакасини шакллантириш, араб имлосига асосланган эски ўзбек ёзувини эркин ўқий олиш



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/115
Sana12.06.2022
Hajmi2,58 Mb.
#660050
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   115
Bog'liq
11111 . Matnshunoslik fan siratida

Ki chunshahzodag‘a javri havodis, 
Muningdek mushkul amre qildi hodis. 
Aningdek bordi oromu qarori, 
Ki chiqti o‘z qo‘lidin ixtiyori. 
Matn nasriy bayoni quyidagicha: 
Vaqtiki shahzodaga hodisalarning javri shunday 
qiyin bir holni yuz keltirdi, uning chidam vato‘zumi shunchalik yo‘qoldiki, qo‘lidan 
ixtiyori ham ketdi
84
92

Bundan tashqari, Amin Umariy va Husaynzoda “Layli va Majnun” dostoni 
nasriy bayonini xuddi shunday usulda amalga oshirdilar. Bu kitobda ham bir 
tomonda dostonning asli, ikkinchi tomonda uning nasriy bayoni berib borildi85
93

A. Qayumov ham Alisher Navoiy asarlari nasriy bayonini tayyorlashda shu mavjud 
prinsiplardan kelib chiqib ish tutgan. Keyinchalik Alisher Navoiy asarlarining 
nasriy bayonlari tayyorlanib, birin-ketin nashr etildi.Ulug‘ shoir va mutafakkir 
asarlarini bunday usulda nashrga tayyorlash ishlarida alohida tashabbus ko‘rsatgan 
atoqli navoiyshunos olim A. Qayumovning xizmatlari katta bo‘ldi. 
O‘zbek matnshunosligi qo‘lga kiritgan tajribalar keng ilmiy jamoatchilik 
tomonidan ma’qullandi. Adabiyotshunos B. Valixo‘jaev klassik adabiyot 
asarlarining nasriy bayonini asl she’riy matndan alohida tarzda emas, balki kitob 
betining bir tomonida asl – she’riy nusxa va ikkinchi betida uning nasriy sharh 
92
Qarang: Алишер Навоий. Фарҳод ва Ширин. – Т. : Давлат нашриёти, 1956. – Б. 178–179. 
93
Алишер Навоий. Лайли ва Мажнун. Нашрга тайёрловчилар: Амин Умарий ва Ҳусайнзода. – Т.: 
Фан, 1941. 


yoki bayonini keltirish tajribasini ma’qulladi va bu an’anani izchil davom ettirishni 
tavsiya qildi. 
O‘tgan asrning 60–80-yillari “Xamsa”dostonlari bir necha marta alohida va 
to‘liq hollarda ommaviy nashrga tayyorlandi. “Xamsa”ning 500 yilligi munosabati 
bilan chop etilgan ommaviy matn variantiga filologiya fanlari doktori Porso 
Shamsiev tayyorlagan ilmiy-tanqidiy matnlar hamda izohlar asos qilib olindi. 
Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan chop etilgan 20 jildlik 
asarlar to‘plamidagi matnlar shu davrgacha tuzilgan barcha ilmiy-tanqidiy va 
ilmiy-ommaviy matnlar asosida yaratildi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va 
adabiyot instituti va H. Sulaymonov nomidagi Qo‘lyozmalar instituti olimlari 
tomonidan amalga oshirilgan bu nashrdan maqsad buyuk shoirning she’riy, nasriy 
va ilmiy merosini to‘laligi bilan kitobxonlar ommasiga etkazib berish edi. Ilmiy-
ommaviy matn prinsiplarining boshqa matn shakllari prinsiplaridan asosiy farqi
birinchidan, hozirgi o‘zbek yozuviga transliteratsiya qilinishi bo‘lsa, ikkinchidan, 
keng o‘quvchilar auditoriyasi talablarini nazarda tutishidir. Masalan, “Majolis un-
nafois” ilmiy-tanqidiy matni Alisher Navoiy asarlari 15 jildligi o‘n ikkinchi jildi, 
Alisher Navoiy to‘la asarlari 20 jildligi o‘n uchinchi jildi nashri uchun asos qilib 
olindi. 
“Majolis un-nafois” asari matniga berilgan sharhlar mazmun-mohiyati nuqtai 
nazaridan turli xil bo‘lib, ularni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish 
mumkin: 
– matnda uchraydigan arab, fors tillaridagi qiyin so‘z va iboralar tarjimasi; 
– murakkab tashbehli va ramzli baytlar sharhi; 
– matnda tilga olingan asarlar va ularning mualliflari haqidagi ma’lumotlar; 
– she’riy san’atlarga doir izohlar; 
– tarixiy va afsonaviy shaxslar tavsifi; 
– muammoli yoki ilmiy–tadqiqotlarga turtki bo‘ladigan sharhlar. 
Keltirilgan nisbiy tasnifdan ma’lum bo‘ladiki, S.G‘anieva matn sharhini berishda 
adabiyotshunoslik, adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi, tarix, tilshunoslik fanlariga 
murojaat etadi. S.G‘anieva yozgan matn sharhlarining ahamiyatli tomoni yana 


shundaki, olima matn bilan bog‘liq deyarli har bir nuqtaga e’tibor qaratgan, matn 
sharhini berishda chuqur ilmiy izlanish olib borgan. Aslida S.G‘anievaning barcha 
asar sharhlaridagi – ilmiy, badiiy va tarixiy ma’lumotlarni bir joyga jamlansa
kattagina bir asar vujudga keladi. 
Alisher Navoiy asarlarida arab, fors so‘zlaridan keng foydalangan. “Majolis un-
nafois”da shoirlar ijodidan keltirilgan namunalar asosan fors tilida 
berilgan.“Majolis un-nafois”da Navoiy sherozlik Mavlono Tolib Jojarmiy degan 
shoirning qabr toshiga bitilgan ruboiysini o‘qib yodda qoldirganini yozadi. Navoiy 
Jojarmiy ijodidan namuna sifatida o‘sha ruboiyni keltiradi: 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish