5. Tahrir qilish.
Yakuniy variant odatda quyidagi ikki usulda tahrir qilinadi:
A) Mazmun tahriri. Mutaxassis – taqrizchi yoki mazkur sohaning chuqur biladigan mutaxassis tomonidan matn mazmuniga va interaktiv o‘quv dasturlar tizimiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
B) Texnik tahrir. IO‘Dni texnik tomonidan takomillashtirish, chiroyli shakl – interfeys berish, ya'ni harflar shakli, o‘lchami, mazmuni ketma – ketligi, tasvirlarga izoh berish, diagramma va jadvallar tushunarligi, multimediya – ovoz bilan uyg‘unlik va boshqa zaruriy tomonlamala tahrir qilinadi.
Interaktiv o‘quv dasturlar yaratuvchilar imkon darajasida texnik tahrirga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirishga harakat qilishlari lozim, binobarin texnik tahrir qilish jarayoni keyin kechadi.
6. Foydalanishga topshirish.
Mazkur bosqichda interaktiv o‘quv dasturlar foydalanuvchi qo‘liga o‘tadi.
Interaktiv o‘quv dasturlarni amaliyotga joriy etishni uch bosqichga bo‘lish mumkin:
Tashkiliy tayyorgarlik bosqichi.
Tajriba- sinov bosqichi.
O‘quv jarayonlarida keng foydalanish bosqichi.
Birinchi bosqichda quyidagi ishlar ko‘lamini amalga oshirish rejalashtirdik:
IO‘D yaratishning ilmiy uslubiy, tashkiliy moliyaviy va texnologik asoslarini ishlab chiqish;
ta'lim muassasalarida IO‘Ddan foydalanishga mo‘ljallangan axborot texnologiya vositalarini rivojlantirish;
oliy ta'lim muasssasalari o‘quv jarayoniga IO‘Dni tatbiq etish va qo‘llash borasida ilmiy uslubiy tadqiqotlar o‘tkazish.
IO‘Dni yaratish va amaliyotga joriy qilishning ikkinchi bosqichida quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirdik:
- tegishli fanlardan, xususan informatikadan IO‘Ddan foydalanishga kirishish va uning o‘qitish texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish;
- ta'lim muassasalarining texnik infratuzilmasini takomillashtirish va kompyuter dasturlari bo‘yicha moddiy texnik ta'minotini talab darajasiga chiqarish;
- ta'lim muassasalarida IO‘Dning kutubxonasini tashkil etish;
Uchinchi bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- IO‘Dni barcha fanlar bo‘yicha ishlab chiqish va ular bilan ta'lim muassasalarini ta'minlash;
- IO‘Dni tegishli fakultetlar o‘quv jarayonida yalpi qo‘llash;
- respublika miqyosida ta'lim muassasalarining yagona elektron IO‘D tarmog‘ini barpo etish.
Ta'lim tizimida interaktiv o‘quv dasturlardan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, o‘quvchi-talaba o‘ziga qulay vaqtda kerakli ma'lumotlar bilan ta'minlanadi. O‘quv materiallarini o‘zlashtirish professor-o‘qituvchilar tomonidan nazorat qilinadi.
Mualliflar guruhi – fan mutaxassisi, dastur tuzuvchi, dizayner yakka tartibda ishlaydigan muallifdan ko‘ra sifatliroq interaktiv o‘quv dasturlar yaratadi. Agar interaktiv o‘quv dasturlarni yaratishda guruh bo‘lib ishlashga qaror qilingan bo‘lsa, quyidagilar inobatga olinishi foydadan holi emas:
fikr almashish uchun tez-tez uchrashib turish;
muhim qarorlarni birgalikda qabul qilish;
vazifalarni mantiqan to‘g‘ri va imkoniyatlar darajasida to‘g‘ri taqsimlash;
muddatlar belgilab olish va unga qatt'iy amal qilish;
yagona uslubni saqlash uchun mavzu va bo‘limlarning shakl va tarkibini belgilab olish va hakozalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |