Matniyazov Rustamboy Xudayarovich 10 sinf "Geometriya" fanidan elektron resurs ishlab chiqish


Elektron resurs yaratishda kompyuter dasturlarini tahlili



Download 2,97 Mb.
bet3/9
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#822478
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mundarija Rustam

1.2. Elektron resurs yaratishda kompyuter dasturlarini tahlili
Multimedia tushunchasi keng ma’noli bo‘lib, turli soha mutaxassislari uni qo‘llanish mazmuniga qarab turlicha talqin etishga harakat qiladilar. Elektronika bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar ushbu atamani har xil formatdagi matn, grafika, animatsiya, ovoz, video ko‘rinishdagi ma’lumotlar bilan ishlashimkoniyatini ta’minlovchi apparat vositalari sifatida tushunadilar. Bu CD/DVDROM, ovoz kartasi, videokarta, tashqi yig‘uvchilar) kabilardan iborat.
Dizaynerlar, animatorlar, dasturchilar ushbu tushuncha orqali birinchi galda foydalanuvchiga bir necha yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini beruvchi tayyor materialni tushunadilar (matn, ovoz, animatsiya).
Multimedia tushunchasining eng umumlashgan holati (multimedia vositalari) – matn, rasmlar, sxema, jadval, diagramma, fotografiyalar, video va audiofragmentlar va boshqa har xil ma’lumotlarni raqam ko‘rinishida ishlab chiqish, yaratishning dasturiy-apparat vositalari tushuniladi.
Bugungi kunda multimedia texnologiyalari inson faoliyatining biznes, ta’lim, tibbiyot va boshqa shu singari turli sohalarida qo‘llanilishini ko‘rish mumkin. Ushbu faoliyat yo‘nalishlarida multimedia mahsulotlarini yaratish uchun keng ko‘lamdagi dasturiy mahsulotlar mavjud. Ularning ayrimlari multimedianing alohida komponentlari bilan ishlashga mo‘ljallangan (audio muharrirlar, videomuharrirlar, grafik muharrirlar).
Ba’zi dasturiy materiallar alohida komponentlarni integratsiyalashtirib, multimedia majmualarini hosil qiladi. Eng mukammal dasturiy mahsulotlar yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni bir vaqtning o‘zida hal etishga yo‘naltirilgan. CamStudio –ochiq kodli dastur bo’lib Windows OT larda ishlaydi, asosan ekrandagi jarayonlarni audio-visual qo’llanma ko’rinishida saqlab qo’yish, ovozlarni yozish vazifasini bajaradi hamda AVI va SWF fayl formatda audiovisual qo’llanmalarni saqlaydi.(1-rasm)

1-rasm. CamStudio dasturi
Camtasia Studio – bu dastur keng miqyosdagi audio-visual qo’llanma fayllarni: namoyishlar “prezentatsiya”, ko’rgamali materiallar, audio-visual qo’llanma darslar hamda demonstarciya slaydlarini yaratish uchun hizmat qiladi.
Asosiy funksiyalari: Ekrandan audio va audio-visual qo’llanma fayllarini yozib olish; uni taxrirlash, loyiha yaratish; diskga yozish; AVI, FLV, PPT fayllari formatlarini qollash; togridan-togri audio-visual qo’llanma saytlardan ma’lumotlarni yuklash/yozish kabi ko’pgina funksiyalarni o’z ichiga mujassam etgan.

2-rasm. Camtasia studio dasturining asosiy oynasi
Ular kompyuter ekranidagi harakatlar, mikrofondan ovozlarni yozadi hamda kompyuterlar tushunadigan audio-visual qo’llanma fayllar formatiga o‘girib beradi. Bu vositalardan Camtasia Studio dasturi o‘zining interfeysi, juda ko‘plab formatlari, audio-visual qo’llanma fayllarga turli xil belgilar va izohlar qo‘yilishi, darslarga menyular hosil qilinishi bilan ajralib turadi, shuningdek, bu dastur yordamida audio fayllarni ham yaratish mumkin. Dars yozish davomida ekranning kerakli joyini alohida ajratib ko‘rsatish imkoni ham mavjud. Ana shu afzalliklari tufayli audio-visual qo’llanma darslar yozuvchi dastur sifatida Camtasia Studio hamda yozilgan audio-visual qo’llanma fayllarni bitta interfeysga joylashtirish uchun Macromedia Flash dasturlari tanlandi.
Camtasia Studio dasturi ekranda bolayotgan jarayonlarni saqlab qoyish uchun ishlatiladi. Dastur to‘rtta yordamchi qismlardan iborat: Camtasia MenuMaker, Camtasia Player, Camtasia Theater va Camtasia Recorder.
Dasturning asosiy qismi, shubhasiz, Camtasia Recorder hisoblanadi. Barcha darslaraynan shu dastur yordamida yaratildi.
Camtasia Studio dasturi oynasining pastki qismida timeline deb nomlanuvchi ishchi stoli mavjud bo‘lib, u orqali audio va audio-visual qo’llanma fayllar ustida turli xil amallarni bajarish mumkin. Bular jumlasiga fayllarni biririga bog‘lash, keraksiz qismlarni qirqib tashlash kabilar kiradi. Asosiy oynaning markazida dastur ishlashi mumkin bo‘lgan fayllar ro‘yxatini ko‘rsatuvchi «Korzina klipov» Clip Bin) qismi joylashgan. Shu fayllarni o‘ng tarafdagi audiovisual qo’llanma pleyerda ko‘rish mumkin. Bu kichkinagina Camtasia Player dasturi faqatgina btta vazifani bajaradi — AVI fayllarini namoyish etadi. Ta’lim tizimida turli darslar orasidan keraklisini topish qiyinchilik tug‘dirishi mumkin Buning uchun foydalanuvchi uchun navigatsiya menyusini yaratish kerak bo‘ladi. Bunday navigatsiya interfeysini AutoPlay Media Studio dasturi yordamida hosil qilish mumkin. Mazkur dastur yordamida visual obyektlarni qo‘llagan holda mukammal navigatsiyani yaratish mumkin. Interfeysda hosil bo‘ladigan har bir sahifa xuddi veb sahifalar kabi ko‘rinishga ega bo‘lib , sahifalardagi obyektlarda turli-xil amallarni belgilash mumkin.
Jing dasturi yordamida nafaqat audio-visual qo’llanma , ekran rasmlarini
ham olish imkoniyati mavjud. Bularga qo’shimcha olingan rasmlarga kerakli
yoylarda turli xildagi matnli belgilar, mahsus yo’naltiruvchi strelkalarni, tog’ri tortburchaklar yordamida kerakli joylarni ajratish, audio ma’lumotlarini yozish kabi funksiyalarni o’zida mujassam etgan. Windows hamda Mac OS X OT lari uchun ko’rinishlari mavjud. Yozib olingan audio-visual qo’llanma va rasmlarni
Internet tarmog’idagi Screencast.com, Flickr, Twitter hamda boshqa veb
sahifalarga jo’natish mumkin.(3-rasm)

3-rasm. Jing dasturining asosiy oynasi ko’rinishi.

Wink Dasturi dars namoyishi “Prezentatsiya” larini ekrandagi jarayonlarni


rasm korinishida saqlaydi hamda yaratilgan namoyishlarga matn, tugmalar,
ma’lumotlarni kiritish imkoniyatlari mavjud.( 2.4-rasm)

4-rasm. Wink dasturi ko’rinishi
Turli fayl formatlari jumladan EXE, FLV, HTML, va bosqalarni qo’llash imkoniyati mavjud. Dastur Windows muhiti hamda Linux muhiti uchun ishlab chiqilgan.
Webineria dasturi – ochiq kodli dastur bo’lib, ekrandagi jarayonlarni audiovisual qo’llanma ko’rinishida saqlab keyinchalik ko’rish uchun mo’ljallangan.
Yozilayotgan audio-visual qo’llanma fayylar avval AVI formatida saqlanadi keyinchalik zaruriyat tug’ilsa Flash FLV formatiga o’zgartirish mumkin.
Yozilayotgan jarayonni boshlash hamda tohtatish mahsus tugmalar asosida bajariladi. Bularga qo’shimcha sifatida 2-xil ma’nba (ekran va Veb kamera) dan kelayotgan tasvirlarni birlashtirish imkoniyati mavjud.(5-rasm)

5-rasm. Webineria dasturi asosiy oynasi
Dastur faqatgina Windows sinfiga oid Operatsion tizimlarda ishlatiladi.
Windows Media Encoder – kuchli dastur bo’lib, audio-visual qo’llanma hamda audio kontentlarni ko’pkanalli, yuqori sifatli, audio-visual qo’llanma ma’lumotlarini esa HD formatida saqlash imkoniyati mavjud. Windows Operatsion tizimida ishlaydi.(6-rasm)

6-rasm.Windows Media Encoder dasturi
Adobe Director SD va DVD disklarda, ijtimoiy terminallarda, shuningdek, Internetda e’lon qilinadigan ilovalar va axborotlar bilan to‘ldirish, amalga oshirishda tayyor multimedia vositalaridan bir necha bora foydalanish imkoniyatini beradi. Ilova multimedia materiallarini qayta ishlash sohasida amaliy jihatdan cheklanmagan imkoniyatlarni taqdim etadi. Foydalanuvchining ixtiyorida materiallarni har xil platformalarda e’lon qilish vositalari, shuningdek, DVD-Video formatlarni qo‘llab-quvvatlash, ikki tilda ssenariylar yozish va bularning hammasini Flash paket bilan integratsiyalashgan holda hal etish imkoniyati bor.
Multimedia formatlarining ko‘p miqdorli qo‘llab-quvvatlanishi tufayli Director ish jarayonini optimallashtirishga yordam beradi. Taqdim etilayotgan ishlab chiqish muhiti multimedia axborotlarini yaratish uchun zarur barcha vositalarni ta’minlaydi. Interfaol audio va video-fragmentlar, vektor va grafiklar, har xil shriftlar va boshqalarning qo‘sxilishi mahsulotdan foydalanuvchilarning diqqatini jalb qiluvchi jozibaga ega bo‘ladi. Foydalanuvchi uchun qulay interfeys Adobe mahsulotlari seriyasining barchasi uchun yagona. Ishingizning samarasini ancha oshiradi va Adobe Flash paketidan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi.
Multimedia Builder – CD/DVD disklarning, taqdimotlarning, multimedia ilovalarining, MP3-pleerlarning, o‘yin va boshqalarning avtomatik ishga tushishini ta’minlash menyusini yaratish imkonini beradi. U foydalanuvchiga Windows-ilovalarni, grafiklarni, animatsiyani, musiqani mukammal tuzishga olib keladi. Mazkur dastur boshlovchilar hamda mutaxassislar (professionallar)ga ham qo‘l keladi.
Multimedia Builder foydalanuvchi uchun zarur bo‘lgan katta bo‘lmagan mustaqil exe-ilovalarni yaratadi. Foydalanuvchi uning yordamida murakkab tillarni o‘rganish uchun vaqt sarflamasdan multimedia dasturlarini tuza oladi.
Agar imkoniyatlaringizni oshirmoqchi bo‘lsangiz, buning uchun sizga MMB skriptlari tili yordam beradi.
AutoPlay Media Studio – taqdimot, elektron qo‘llanma, multimedia ilovalari ko‘rinishidagi har xil multimedia elektron nashrlarini yaratish uchun mukammal vositadir.
Paket o‘zida interfaol taqdimot, elektron vizitkalar, web-brauzerlar, mediafayllar, ovoz chiqarish imkonini beruvchi tayyor shablonlardan tashkil topgan.
Flash texnologiyasi Shockwave Flash (SWF) formatidagi vektor grafikadan foydalanishga asoslangan. Albatta bu format eng kuchli formatlardan bo’lmasada, SWF yaratuvchilariga grafikani imkoniyatlari, grafika bilan ishlovchi vositalar va natijani Web-saxifalarga qo’shish mexanizmlarini birlashtirish o’rtasida eng qulay yechimi topilgan. SWF ni qo’shimcha imkoniyatlardan yana biri bu uning moslashuvchanligidir, ya’ni bu format barcha platformalarda (MacOS tizimli Macintosh kompyuterlari, Linux, Windows tizimlari)da ishlatilishi mumkin. SWF ning yana bir qulay imkoniyati uning yordamida yaratilgan tasvirlar nafaqat animasiyali bo’lishi, balki interaktiv elementlar va tovush bilan boyitilishi mumkin.

7-rasm. Macromedia Flash mx dasturi ko’rinishi
Macromedia (hozirda Adobe) Flash dasturi yordamida ham animasiya va taqdimot fayllarni yaratishimiz mumkin. Ammo Power Point ga qaraganda Macromedia Flash dasturda yaratilgan animasiya fayllari to’liq siz tomoningizdan yaratiladi va animasiyalashtiriladi. Shu bilan birgalikda bu dasturda aktiv elementlar bilan ishlash va dasturlash imkoniyatlari mavjud. Asosan Macromedia Flash dasturida kichik animasiya fayllari (kliplar), Internet saxifalar, electron qo’llanmalar va boshqalar yaratiladi. Flash dasturda yaratilgan fayllar o’zining original, ishlash soddaligi, yaratilish murakkabligi, tezkorligi, multimediya jixozlanganligi va hajm bo’yicha kichikligi bilan ko’zga tashlanadi.
Moslashuvchanlik va interaktiv multimediya dasturlarini yaratish imkoniyati SWF formatining Web-dizaynerlar o’rtasidagi mashxurligini oshishiga imkon berdi. Shuning uchun bu format yaratilishi bilan bir vaqtda Macromedia firmasi (xozirda bu dasturlar Adobe firmasiga tegishli) tomonidan ikki asosiy tarmoq brauzerlari, Internet Explorer va Netscape Communicatorlar uchun komponentlar (Plug-In) yaratildi. Bu esa, o’z navbatida SWF ni Internetda yana ham keng tarqalishiga olib keldi. Natijada ushbu brauzerlar yaratuvchilari SWF formatini o’z dasturlarini asosiy formatlar bazasiga kiritishdi. Bu yo’lni boshqa yirik dasturiy ta’minot yaratuvchilar (masalan, Adobe firmasi ) ham tutishdi.
Yana bir bor aytish kerakli, agar Macromedia SWF formatini juda oddiy va qulay uskunalar bilan ta’minlamaganda bu format shunchalik ko’p muxlis orttirmagan bo’lardi. Xozirgi vaqtda ushbu uskunalarni bir qancha to’liq to’plamlari mavjud.
Ushbu uskunalarni bir turi (Director Shockwave Studio) multimediyali prezentasiyalar yaratish, boshqalari (FreeHand va Fireworks) grafik tasvirlar, uchinchilari esa (Authorware va CourseBuilder) interaktiv o’rgatuvchi kurslarni yaratish imkoniyatini beradi. Lekin Web-yaratuvchilar orasida eng ko’p ishlatiladigani bu Adobe Flash dir, chunki ushbu dastur har qanday saytga mashxurlik olib keluvchi Web-saxifalar yaratish imkonini beradi. Balki shuning uchundir SWF formatini oddiy qilib Flash deb atalishi odatga kirib qolgan.
Shunday qilib Flash-texnologiyalari quyidagilardan iborat:
vektorli grafika;
animasiyani bir qancha turlarida ishlash imkoniyati;
interfeysni interaktiv elementlarini yaratish imkoniyati;
sinxron ovoz qo’shish imkoniyati;
HTML formati va boshqa Internetda ishlatiluvchi barcha formatlarga
eksportni ta’minlash;
platformali mustaqillik
Flash-filmlarni Web-brauzer yordamida ham ko’rishning imkoniyati mavjud.
Interaktiv o‘quv dasturlar an'anaviy dars shaklidan farqli o‘laroq, o‘quvchi-talabalarda bilimga bo‘lgan tashnalikni kuchaytiradi, faolligini oshiradi va o‘z navbatida natija yuqori bo‘lishiga erishiladi.
Interaktiv o‘quv dasturlar - hozirgi zamon ta'lim metodikasida qo‘llanilayotgan oddiy ibora emas, balki uning yordamida o‘quvchi-talabalar bilish faoliyati oshiriladi, ta'limiy va tarbiyaviy vazifalar bajariladi.
Har qanday o‘quv fani singari «Informatika va axborot texnologiyalari» kursidan Interaktiv o‘quv dasturlaro‘tish o‘quvchi-talabalarning kursga oid ta'lim-tarbiya olishlarini va ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlanishini ko‘zlaydi. Bu maqsadlar orasida mazmuni bo‘yicha ham, amalga oshirish metodlari bo‘yicha ham hyech qanday aniq chegara yo‘q. Ta'lim jarayonida o‘quvchi-talabalar bilim, komp'yuterda ishlash mahoratiga ega bo‘ladilar, shu bilan birga, ularni komil inson qilib tarbiyalash jarayonlari ham ketadi. Oliy ta'lim muassasalarida o‘qitiladigan hamma predmetlar uchun umumiy bo‘lgan didaktik tamoyillar o‘qitishning ilmiy, muntazam va izchil bo‘lishi, nazariya bilan amaliyotning uzviy aloqasi, fan bo‘limlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish, onglilik, faollikni oshirish, ko‘rgazma qurollardan foydalanish, o‘qitishning o‘quvchi-talabalar saviyasiga mos bo‘lishi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, o‘quvchi-talabalarga individual munosabatda bo‘lish usullarini o‘z ichiga oladi. Bularni tamoyillarini bir-biridan ajratib bo‘lmaydi, ular bir-birini to‘ldiradi. Interaktiv darsning bir qismi (faollik) o‘quvchi-talaba faoliyatiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi qismi (ko‘rgazmalilik, izchillik) professor-o‘qituvchilarga bog‘liqdir. Interaktiv o‘quv dasturlarda esa ko‘rgazmali o‘qitish qoidalari bilan birgalikda mavzuni harakatlanuvchi, ovozli rasm va ovoz berish jarayonlari darsning ko‘rgazmalilik tamoyilini yuqoriroq ifoda etadi. Bu esa o‘quvchi-talabalarga qo‘shimcha axborotni berish kabi jarayonlarni amalga oshiradi.
O‘qitishning ilmiylik tamoyili professor-o‘qituvchilarning hamisha ziyrak bo‘lishini, fan yangiliklaridan xabardor bo‘lib turishini talab qiladi. U butun fikrini ilmga asoslanib bayon etishi kerak.
Izchillilik tamoyili «Informatika va axborot texnologiyalari»ni o‘qitishda alohida o‘rin tutadi. Mazkur tamoyil interaktiv o‘quv dasturlar oldiga ham muayyan talablar qo‘yadi: professor-o‘qituvchilar har xil usul yordamida yangi mavzuni o‘tilgan mavzuga bog‘lab izohlaydi. O‘quvchi-talabalar esa, ko‘proq komp'yuterda ishlashga qiziqadilar. Nazariya bilan amaliyotni o‘zaro bog‘lash informatikadan interaktiv o‘quv dasturlar yaratishdla juda muhimdir.
«Informatika va axborot texnologiyalari»dan interaktiv o‘quv dasturlarning maqsadi, mazmuni, usullari va uni o‘tish vositalari pedagogika, psixologiya qonunlari hamda didaktik umumiy prinsiplardan qisman chetlashgan holda qiziqtiruvchanlik asosida ochib beriladi. Oiy ta'lim muassasalarda «Informatika va axborot texnologiyalari»dan ta'limi ta'limiy, tarbiyaviy va amaliy maqsad bilan belgilanadi. Qolaversa, hozirgi zamon didaktikasida, jumladan, informatika fanida ta'lim metodining muammolari umumiy holda hal qilingan bo‘lib, u o‘zining quyidagi ikki tomoni bilan xarakterlanadi:
a) o‘qitish (professor-o‘qituvchilarning faoliyati);
b) o‘rganish (o‘quvchi-talabaning faoliyati).
An'anaviy ta'limda professor-o‘qituvchilar 90 minut davomida gegemon bo‘ladi. Mavzuni professor-o‘qituvchilar to‘liq o‘zi tushuntirib berar edi. Bu o‘quvchi-talabalarni mustaqil ishlashiga halaqit qiladi. Bu jarayonni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun professor-o‘qituvchilar faqat yo‘naltiruvchi kuch bo‘lib, yangi mavzuga doir fikrlatuvchi ketma-ket savollar berib ko‘proq o‘quvchi-talabalarni o‘zlarini izlanishga, mustaqil fikrlashga qaratishi lozim. Mantiqiy savollar ketma-ketligi asosida o‘quvchi-talabalarda tafakkur qilish qobiliyatlarini rivojlantiriladi.
Interaktiv o‘quv dasturlar ko‘proq professor-o‘qituvchilardan mehnat talab qilib, an'anaviy ta'limdan voz kechib, mavzularga moslab interaktiv usullardan foydalanib darslarni tashkil qilishni taqozo qiladi. Tajribalar ham mavzu materiallarini har xil metodlar yordamida o‘quvchi-talabalarga o‘rgatish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatmoqda.
Yangi pedagogik texnologiya asosida Interaktiv o‘quv dasturlardan ta'lim jaranida foydalanish uchun professor-o‘qituvchilarning o‘zi tayyor bo‘lishi kerak. Yangi mavzuni bayon qilish uchun professor-o‘qituvchilar darsda o‘zi ma'ruzachi bo‘lmasdan interaktiv o‘quv dasturlardan foydalansa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Interaktiv o‘quv dasturlardan foydalanishda o‘quvchi-talabalar faol ishtirok etadi, professor-o‘qituvchilar ish bilan mashg‘ul bo‘lganda bekorchi bo‘lib qolmaydilar, balki o‘z ustida, topshiriq va qo‘yilgan vazifalar ustida ishlaydilar, o‘zgalarning fikr-mulohazalarini muhokama qila oladilar, tinglaydilar, savollar beradilar, bir-birlaridan yordam so‘raydilar, yordam berishni o‘rganadilar.
Interaktiv o‘quv dasturlar komp'yuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta'lim olishga hamda fanlarga oid ma'lumotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirishga mo‘ljallangan bo‘lib u:

  • o‘quv ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda;

  • o‘quv materiallar verbal (matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklda;

  • multiemediya ( multmedia- ko‘p axborotli) ko‘llanmalar, yahni ma'lumot uch o‘lchamli grafik ko‘rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal(matn) shaklda;

  • taktil(his qiluvchi, seziladigan) xususiyatli, o‘quvchi-talabani «ekran olamida» stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirish va undagi ob'ektlarga nisbatan harakatlanish tassavurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.

Quyida biz, interaktiv o‘quv dasturlar yaratishdagi asosiy mezonlar, uni yaratish bosqichlari, foydalanishga topshirish, hamkorlikda interaktiv o‘quv dasturlar yaratish, interaktiv o‘quv dasturlarning asosiy xususiyatlari va yaratilgan «Informatika va axborot texnologiyalari»dan IO‘D haqida qisqacha tavsif berib o‘tamiz.
Interaktiv o‘quv dasturlar foydalanuvchi uchun qulay bo‘lishi lozim, u quyidagi asosiy mezonlarga javob berish lozim:
- qiziqarli va o‘ziga jalb qiluvchi bo‘lishi;
- foydalanuvchi (o‘quvchi-talaba)ga o‘z malakasini, bilimini, fan haqidagi tushunchalar va dunyoqarashini takomillashtirishga imkon yaratish;
-rasmiy o‘quv dasturida talab etilgan materialini o‘z ichiga olishi;
-tushunarli va foydalanishga qulay bo‘lishi;
-misollar, masalalar, hayotiy holatlar va amaliy tushunchalar bilan ta'minlanishi;
-amaliyot va nazariyani bog‘lashga yordam beradigan rasm va diagrammalar mavjud bo‘lishi;
-respublikamiz milliy va madaniy an'analari hamda qadriyatlarni inobatga olishi;
-o‘rta saviyadagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, bilim darajasi yuqori va past darajadagi foydalanuvchilarni ham inobatga olish Hokazolar.

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish