Matn. Tugarak chuvalchanglar sinfi. Mavzu: To’garak chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi, xilma-xilligi



Download 65,5 Kb.
bet3/4
Sana06.04.2022
Hajmi65,5 Kb.
#531788
1   2   3   4
Bog'liq
5- MAVZU

Rivojlanishi. Ko‘pchilik turlarining hayot siklida nasl almashinish kuzatilmaydi. Faqat ayrim vakillarida (masalan, baqa o‘pkasi paraziti (Rhabdias bufonis)fla geterogoniya kuzatiladi. Yetilgan tuxum yoki lichinka tashqi muhitga chiqadi va undan yana organizmga tushadi. Ayrim nematodalarning tuxumi oraliq xo‘jayinda rivojlana­di. Tuxum hujayra to‘liq, lekin bir oz notekis maydalanadi.
Tuxumdan chiqqan lichinka voyaga yetgan nematodaga o‘xshash bo‘ladi, uning bundan keyingi rivojlanishi o‘zgarishsiz, lekin tullash orqali boradi.
Nematodalar tanasidagi hujayralar soni doimiy bo‘lishi bilan boshqa chuvalchanglardan farq qiladi. Ma­salan, askaridaning jinsiy sistemasi 162, markaziy nerv sistyemasi 149 hujayradan iborat. Nematodalarda yangi hujayralar hosil bo‘lishi jarayoni ular lichinkasi rivojlanishining dastlabki davrlarida to‘xtaydi, shundan so‘ng hujayralar soni umr bo‘yi doimiy bo‘lib qoladi. Bu xususiyat faqat nematodalar va og‘izaylangichlilar uchun xos bo‘ladi.
Parazit nematodalarning xilma-xilligi. Nematodalar tabiatda keng tarqalgan. Ular orasida tuproq va suv havzalarida erkin yashaydigan turlari ko‘pchilikni tashqil etadi. Erkin yashovchi nematodalar odatda mikroskopik (0,8-1 mm) kattalikda, ayrim turlari 2-3 sm keladi. Nema­todalar orasida 3000 dan ortiq turlari odam, hayvon va o‘simliklarda parazitlik qiladi. Ko‘pchilik parazit ne­matodalar erkin yashovchi turlariga nisbatan yirik, ba'­zan 1 m gacha, kashalotlar yo‘ldoshi paraziti Placentonema gigantissima hatto 8 m ga yetadi.
Odam askaridasi (Ascaris lumbricoides) erkagi urg’ochisidan kaltaroq (15—25 sm), ancha xipcha va dumi qorin tomonga egilgan. Urg‘ochisining tanasi uzunroq (20—40 sm) va yo‘g‘on bo‘ladi. Odam askaridasi Yer yuzining deyarli barcha hududlarida tarqalgan. Ayrim mamlakatlar (masalan, Yaponiya) aholisining ko‘ pchiligi askarida bilan zararlan­gan. Chunki bu mamlakatlarda odam axlatini orga­nik o‘g‘it sifatida sabzavot va poliz ekiladigan maydonlarga sepiladi.
Odam ichagidan chiqqan askarida tuxumlari nam muhitga tushganida bir oy davomida ular ichida lichinkalar rivojlanadi. Bunday tuxumlar zararli, ya'ni, invaziyali deyiladi. Tuxumlar iflos suv, sabzavot va myevalar bilan odam ichagiga tushganida ulardan lichinkalar chiqadi. Lichinkalar ichak devorini teshib qonga o‘tadi; qon orqali o‘pka alvyeolalariga borib qoladi. Bu davrda ular alveolalar devorini yallig‘lantirib, zotiljam kasaliga o‘xshash yo‘tal paydo qiladi, ba'­zan o‘pkadan qon ketadi. Yo‘talganda lichinkalar bronxlar va kekirdak orqali og‘iz bo‘shligiga, u yerdan so‘lak bilan birga ichakka tushadi. Ana shunday murakkab migratsiyadan so‘ng lichinkalar ichakka qaytib kelib, rivojlana boshlaydi.
Askarida bilan zararlanganda odamning qorni og‘rib, ishtahasi yo‘qoladi, kamqonlik paydo bo‘la­di. Askaridalar juda ko‘p bo‘lganida ichak bo‘shlig‘ini byekitib qo‘yib, peritonit paydo qilishi, ba′zan oshqozon va halqum orqali bolalar og‘iz va burun bo‘shlig‘iga, hatto nafas yo‘liga o‘tib, bo‘g‘ib qo‘yishi mumkin.
Bolalar gijjasi(Enterobius vermicularis) mayda 5- 10 mm uzunlikdagi parazit. Erkagi tanasining keyingi uchi spiral buralgan, urg‘ochisiniki bigizga o‘xshash o‘tkirlashgan. Gijja asosan bolalarning ingichka va yo‘g‘on ichagi bo‘shlig‘ida yashaydi. Urg‘ochisi urug‘langandan so‘ng orqa ichakning kyeyingi qismiga chiqib oladi. Tuxu-mini orqa chiqaruv tyeshigi atrofidagi tyeriga qo‘yadi. Tu­xum ichida tyez kunda lichinkalar rivojlanadi. Ana shunday tuxumlar iflos qo‘l va oziq-ovqat bilan yana ichakka tushib qolganida ulardan lichinkalar chiqadi. Bolalar gijjasi orqa chiqaruv teshigi atrofidagi terini qichitib, kishini juda bezovta qiladi.
Qilbosh gijja - Trichocephalis trichiurus uzunligi 35—50 mm, ko‘richakda, ba'zan yo‘g‘on ichakda yashaydi. Ta­nasining ipga o‘xshash ingichkalashgan oldingi qismi orqali ichak devorining shilimshiq qavatiga kirib ola­di. Odam qilbosh chuvalchang tuxumlari bilan ifloslangan suv va oziq-ovqatdan zararlanadi. Bu chuvalchang ayrim mamlakatlarda (masalan, Italiyada) ancha keng tarqalgan, lekin odam sog‘lig‘iga katta ziyon keltirmaydi.
O‘ n ikki barmoq ichak qiyshiqboshi yoki svaynik-Ancylostoma duodenale mayda (10-18 mm), qizg‘ish chu­valchang, subtropik va tropik o‘lkalar va Janubiy Yevropada tarqalgan. Parazit ta'sirida organizmda ane­miya paydo bo‘ladi, svaynikning og‘iz bo‘shlig‘ida xitin tishchalari bo‘ladi. Parazit tishchalar yordamida ichak devoriga yopishib, ichak epiteliysi bilan oziqlanadi. Tuxumlari axlat bilan zax joylarga yoki suvga tushganida ulardan bir sutka davomida lichinka­lar chiqadi. Lichinkalar ikki marta tullagach, invaziyali bo‘lib, qoladi.
Trixina- Trichinella spiralis hayotining bir qismini ichakda, qolgan qismini muskul to‘qimasida o‘tkazadi. Trixina ko‘pchilik sutemizuvchirni zararlaydi. Voyaga yetgan trixi­na ingichka ichakda yashaydi. Urg‘ochisi ichak bo‘ shlig‘iga tirik lichinkalar tug‘adi. Lichinkalar limfa, so‘ngra qon tomirlari orqali tananing har xil joylariga borib qoladi. Lichinkalar ko‘ ndalang targ‘il muskul tolalariga o‘tib, 2 haftagacha oziqlanib, spiral buraladi va kapsulaga o‘raladi. Bir yildan so‘ng devoriga ohak modda to‘plangan kapsula oqish tusga kiradi. Odam va hayvonlar kapsulali go‘ shtni yeb zararlanadi. Odam tri­xina uchun yopiq xo‘jayin hisoblanadi. Cho‘chqalar kasal kalamushlarni, kalamushlar esa boshqa kasal kalamushlarni yeb zararlanadi.
Rishta- Dracunculus medinensis tropik va subtropik o‘ lkalarda tarqalgan. Tanasi ipga o‘ xshash, uzunligi 32-100 sm. Rishta oyoq, ba'zan qo‘ l terisi ostidagi biriktiruvchi to‘qimada parazitlik qiladi (67-rasm). Terining rishta bilan zararlangan joyida ho‘l yara paydo bo‘ladi. Yaradan rishtaning bir uchi chiqib tu­radi. Tanasining qolgan qismi yara ostida kalavaga o‘ xshab o‘ ralib yotadi. Rishta tirik lichinkalar tug‘ib ko‘ payadi. Rishta bilan zararlangan odam yarasini suvda yuvadigan bo‘ lsa, lichinkalar suvga tushib, ularni sikloplar yutib yuboradi. Odam yoki hayvonlar siklopli suvni ichganida rishta lichinkasini yuqtiradi. Odam tanasida li­chinka bir yil davomida voyaga yetadi.
Aholini vodoprovodlar orqali ichim­lik suv bilan ta'minlash va boshqa ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli O‘zbekistonda rishta aholi o‘rtasida tugatilgan. Rishta bilan zararlanish yovvoyi hayvonlar o‘ rtasida saqlanib qolgan.
Bankroft ipchasi- Wuchereria bancrofti subtropik va tropik o‘lkalarda tarqalgan. Odamlarda elifantiazis - fil kasalligi paydo qiladi. Voyaga yetgan pa­razit limfatik bezlar va tomirlarda yashaydi. Limfa yo‘li bekilib qolishi tufayli limfa to‘xtab qolib, za­rarlangan joy juda yo‘g‘onlashib ketadi. Urg‘ochi nematoda limfa tomirlarida juda ko‘p tirik lichinkalar tug‘adi. "Kechki mikrofillariy" deb ataladigan lichinkalar kunduzi ichki organlarga o‘tib oladi, faqat kechasi periferik tomirlarda paydo bo‘ ladi. Kechqurun yoki kechasi chivinlar qon so‘ rganida lichinkalar ularning oshqozoniga va undan tana bo‘shlig‘iga o‘tib olib, chivin xartumi asosida to‘ planadi. Chivin qon so‘rish uchun terini teshganida ular teri ustiga chiqadi. So‘ngra o‘ zlari xo‘ jayin tanasiga kiradi.
Bo‘ rtma nematodalari (Meloidogyne) - o‘simliklarning yerostki qismlari (ildizi, tuganagi)da parazitlik qiladi (68-rasm). O‘simlikning nematoda zararlagan qismida har xil bo‘rtmalar paydo bo‘ladi. Bo‘ rtma nematodalarida jinsiy dimorfizm juda yaxshi rivojlangan, voyaga yetgan erkagi ipsimon, uzunligi 1,5—2 mm bo‘lib, oziqdanmaydi, tuproqda yashaydi. Urg‘ochilari noksimon shaklda, maxsus sti­let yordamida o‘simlik hujayralarini so‘rib oziqdanadi. Urg‘ochi nematoda maxsus tuxum xalta - ootekaga yuztaga yaqin tuxum qo‘yadi. Tuxumdan lichinkalar tuproqqa chiqib, o‘simlik ildizini zararlaydi. Qulay sharoitda yil davomida nematodalarning bir necha nasli rivojlanadi.
Bug‘doy nematodasi - Anguina tritici bug‘doy va ayrim boshoqli ekinlarga ziyon keltiradi. Zararlangan bug‘doy boshoqlarida don o‘rniga nematodaning bo‘rtmasi hosil bo‘ladi. Bo‘ rtma ichida 15-17 minggacha anabioz holatidagi lichinkalar bo‘ladi. Quruq donda lichin­kalar 20 yilgacha tirik saqlanishi mumkin.
Kartoshka nematodasi - Ditylenchus destructor kartoshkaning ildizi va tuganagiga ziyon keltiradi. Zararlan­gan o‘simlik hosili kamayib ketadi; tuganagi qorayib, po‘sti ko‘chadi va tez chiriy boshlaydi. O‘simliklarning parazit nematodalari tuproq, turli ko‘chatlar va suv orqali tarqaladi.

Download 65,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish