Qorinkipriklilar tipi-Gastrotpicha Qorinkipriklilar tanasi chuvalchangsimon, mayda, uzunligi 1-1,5 mm. Qorin tomoni kipriklar bilan qoplanganligi ularni kiprikli chuvalchanglar bilan yaqinlashtiradi. Chuchuk suv va dengizlarda tarqalgan 500 ga yaqin turi ma'lum.
Qorinkipriklilar- sodda tuzilgan chuvalchanglar. Chuchuk suvda yashovchi turlarining oldingi qismi tanadan bir oz ajralib turadi. Keyingi qismi esa dumga o‘xshash ikkita ayrini hosil qiladi (61-rasm). Ayrisi uchiga yelim bezlarining yo‘li ochilgan. Tana qoplag‘ichining qorin va bosh qismida kipriklar bo‘ladi. Tanasining keyingi uchidagi noksimon yelim bezlarining tuzilishi ham kiprikli chuvalchanglarga o‘ xshaydi. Qorinkipriklilarning silliq bo‘ylama muskullari tana qoplag‘ichi ostida yaxlit qavat hosil qilmasdan to‘p bo‘ lib joylashadi. Shuning uchun ularning teri-muskul xaltasi bo‘ lmaydi. Ichki organlari birlamchi tana bo‘ shlig‘ida joylashgan. Hazm qilish sistemasi to‘g‘ri nay shaklida, tanasi oldingi qismida og‘iz teshigidan boshlanib, keyingi tomonda anal teshigi bilan tugaydi. Ichagi halqum, uzun o‘rta ichak va qisqa orqa ichakdan iborat. Halqum teshigini qirrali bo‘lishi va ichagining tuzilishi bilan qorinkipriklilar to‘garak chuvalchanglarga o‘xshab ketadi. Ozig‘i tanasidagihujayralar ichida hazm bo‘ladi.
Ayirish sistyemasi bir juft protonefridiylardan iborat. Har bir nefridiyning uchida faqat bittadan hilpillovchi kiprikli hujayralari bo‘ ladi. Ayrim turlarda protonefriydilar bo‘ lmaydi. Jinsiy sistyemasi germafrodit yoki ayrim jinsli. Jinsiy bezlari odatda juft, ba'zan toq bo‘ ladi. Jinsiy teshigi anal teshigi oldida joylashgan. Tuxumlari tana ichida urug‘lanadi.
Nyerv sistyemasi bir juft halqumusti gangliysi va ikkita yon nerv stvolidan iborat. Tana qoplag‘ichi sirtidagi sezgir tukchalar tuyg‘u organlari, boshining ikki yonida joylashgan kiprikli chuqurchalari esa xemoretseptorlar hisoblanadi.
Filogyeniyasi. Qorinkipriklilar kiprikli chuvalchanglarni to‘garak chuvalchanglar bilan bog‘lovchi zveno hisoblanadi. Tanasi ayrim qismlarida kiprikli epiteliyning bo‘ lishi, teri bezlari, protonefridiy ayirish sistyemasi, jinsiy organlarining tuzilishi ularni kiprikli chuvalchanglar bilan, kiprikli epiteliyning yo‘qolib borishi, birlamchi tana bo‘ shlig‘i, ayrim jinsli turlarining bo‘lishi, ichagining tuzilishi to‘ garak chuvalchanglar bilan yaqinlashtiradi.
Nematodalar turli xil muhitda yashashga moslashgan 20 ming atrofidagi turlarni o‘z ichiga oladi. Ularni deyarli barcha suv havzalarida va tuproqda uchratish mumkin. Ular tuproq biotsyenozida ko‘p hujayrali organizmlarning asosiy qismini tashkil etadi. Tuproqdagi har qanday chirish jarayoni ular ishtirokisiz o‘tmaydi. Bir qancha turlari odam, hayvonlar va o‘simliklarda parazitlik qiladi.
Tashqi tuzilishi. Duksimon tanasining oldingi va keyingi uchi ingichkalashgan, ko‘ ndalang kesimi to‘ garak shaklda. Tanasi oldingi uchida og‘iz teshigi, keyingi uchiga yaqin joyda anal teshigi joylashgan. Tanasining anal teshigidan keyingi qismi dum, anal teshigi joylashgan tomoni qorin deb ataladi. Jinsiy va ayirish sistyemasi teshiklari ham qorin tomondan tashqariga ochiladi. Nematodalar tanasi sirtdan ko‘p qavatli kutikula bilan qoplangan. Kutikula nematoda tanasini mexanik ta'sir va zaharli moddalardan himoya qiladi. Bundan tashqari kutikula ichki bo‘ shliq turgori orqali somatik muskullar uchun tayanch vazifasini ham bajaradi. Kutikula ostida joylashgan gipoderma birlamchi lichinka epiteliysi hujayralarining qo‘shilib ketishidan hosil bo‘ladi. Nematodalar tanasining ikki yon, orqa va qorin tomoni bo‘ylab to‘rtta bo‘ylama chiziq o‘tadi. Gipodermada ana shu chiziklarga mos keladigan to‘rtta yo‘g‘onlashuv hamda ular ostida bo‘ylama muskullar joylashgan. Gipoderma valiklari muskul qavatini to‘rt bo‘lakka bo‘lgan. Orqa va qorin muskullar yordamida nematoda tanasini dorzoventral bukib, yon tomonida harakatlanadi.
Muskul hujayralari ancha uzun (ot askaridasida 0,5 sm) bo‘ladi. Kutikula, gipoderma va muskul qavatlari birgalikda teri-muskul xaltasini hosil qiladi. Xalta tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Tana bo‘shlig‘i tayanch funksiyasi bilan birga moddalar almashinuvida ham muhim ahamiyatga ega. U orqali moddalar ichakdan muskullar va boshqa organlarga o‘tadi, moddalar almashuvi oxirgi mahsulotlari chiqarib tashlanadi. Nematodalarning kiprikli hujayralari bo‘lmaydi, hatto spermatozoidlari ham xivchinsiz bo‘ladi.
Hazm qilish sistemasi. Nematodalarning og‘iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashgan bo‘ lib, odatda uchta (bitta orqa, ikkita yon) maxsus o‘simtalar - lablar bilan o‘ralgan. Naysimon ichagining oldingi qismi og‘iz bo‘shlig‘i -stoma va halqumga bo‘linadi. Ayrim yirtqich va zooparazitlar stomasida kutikula o‘simtasidan iborat tishlar bo‘ladi. O‘simlik parazitlari stomasi esa sanchib so‘ruvchi organ- stiletni hosil qiladi. Halqum devorida muskul va hazm bezlari joylashgan. Bir qancha nematodalar halqum muskullari hujayralari kengayib, bulbus hosil qiladi. Halqum ektodermadan hosil bo‘ladi, uning tirqishi uchburchak shaklda, devori xitinlashgan. Halqum endodermal o‘rta ichakka o‘tadi. O‘rta ichak bir qavat silindrsimon hujayralardan iborat. Qisqa orta ichak murtak ektodermasidan hosil bo‘ladi. Ayrim nematodalar ichagi reduktsiyaga uchragan.
Nematodalar har xil usulda oziqlanadi. Erkin yashovchi nematodalar har xil mayda organizmlar bilan oziqlansa, parazit turlari hayvon yoki o‘simlik hujayralari shirasi, ba'zan qon so‘rib oziqlanadi. O‘simlik parazitlari ozig‘i ichakdan tashqarida hazm bo‘ladi. Buning uchun stilet orqali o‘simlik to‘qimalariga hazm fermentlari chiqariladi. Nematodalar ana shu fermentlar ta'sirida chala hazm bo‘lgan oziqni stileti yordamida so‘rib oladi.
Ayirish sistemasi bo‘yin bezlari deyiladigan gipoderma bir hujayrali bezlaridan iborat. Nematodalarda protonefridiylar o‘rniga bo‘yin bezlarining rivojlanishi kipriklarni yo‘qolib ketishi bilan boglik. Bir qancha nematodalarning bo‘yin bezlari yirik, ularning ayirish yo‘ li kalta bo‘ladi. Ko‘pchilik turlarida bo‘yin bezlarining chiqarish naylari gipodermaning ikki yon valigida joylashgan. Chiqarish naylari uzun bitta hujayradan iborat. Nematodalarda suvda erimaydigan va organizmga tasodifan kirib qolgan organik moddalarni to‘playdigan fagotsitar hujayralar ham bo‘ladi. Bunday "to‘plovchi buyraklar" gipoderma yon valiklari ustida joylashgan. Ot askaridasida bunday valiklar to‘ rtta bo‘ladi.
Nerv sistemasi. Markaziy nerv sistemasi halqumni o‘rab turadigan nerv halqasi, undan tana bo‘ylab oldinga (lablarga) va orqaga ketadigan 6 ta nerv stvollaridan iborat (65-rasm). Ulardan gipoderma orqa va yon valiklari bo‘ylab joylashgan ikkitasi boshqalariga nisbatan kuchli rivojlangan bo‘lib, asosiy stvollar deyiladi. Stvollar ko‘ ndalang nervlar- komissuralar orqali o‘zaro tutashgan.
Sezgi organlari. Tuproqda erkin yashovchi va parazit nematodalarning sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan. Odatda tuyg‘u organlari vazifasini papillalar shaklidagi sezgi do‘mboqchalari yoki qillar bajaradi. Papillalar og‘iz atrofi va erkak nematodalar dumida joylashgan. Boshining ikki yonida qadahsimon, spiralsimon botiq yoki tirqishga o‘xshash amfidlar- kimyoviy sezgi organlari joylashgan. Amfidlar va papillalar erkak nematodalarda yaxshi rivojlangan. Ayrim dengiz nematodalarida pigment dog‘dan iborat oddiy ko‘zcha ham bo‘ladi.
Jinsiy sistemasi. Nematodalar odatda ayrim jinsli bo‘lib, jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Jinsiy sistyemasi tana bo‘shlig‘ida joylashgan uzun naychadan iborat. Urg‘ochisining jinsiy organlari juft, erkaginiki toq (bitta) bo‘ladi. Urg‘ochisi jinsiy sistyemasi naylarining ingichka uchki qismi tuxumdon, undan keyingi qismi tuxum yo‘li deyiladi. Tuxumdonda hosil bo‘lgan tuxumlar tuxum yo‘lida urug‘lib, xaltaga o‘xshab kengaygan 2 ta bachadonga o‘tadi. Bachadonlar qo‘ shilib, jinsiy qinni hosil qiladi. Jinsiy qin jinsiy teshik bilan tashqariga ochiladi.
Erkagi jinsiy sistemasining ingichka uchki qismi urug‘don, undan keyingi qismi biroz yo‘g‘onlashib urug‘ yo‘lini hosil qiladi. Urug‘ yo‘li kalta va keng nay - urug‘ pufagiga ochiladi. Urug‘ pufagida urug‘ to‘planadi. Urug‘ pufagi birmuncha tor va muskulli urug‘ to‘kuvchi nayga ochiladi. Bu nay orqa ichakning keyingi qismiga tutashgan. Kloakaga ichida kutikulyar spikulalar bo‘lgan juft kuyikish qopchasi ham ochiladi. Spikulalar nyematodalarning urug‘lanishida jinsiy qinni kyengaytirish vazifasini o‘taydi. Ko‘pchilik nematodalar erkagi anal teshigi atrofida yupqa parda - bursa hosil bo‘ladi. Bursa erkak nematodalarni urg‘ochisi ustida ushlab turish vazifasini bajaradi. Nematodalar urug‘ hujayrasining xivchini bo‘lmaydi. Urug‘ hujayra kalta soxta oyoq hosil qilish xususiyatiga ega bo‘ladi. Tuxum hujayra ona organizmida urug‘lanadi. Ayrim turlari (rishta) tirik tug‘adi.