1-MAVZU
KIRISH:
MATN TILSHUNOSLIGI FANI VA UNING,
MAQSADI VA FAZIFALARI
Reja:
1.Matn shunoslik fani va uning o‘rganish ob’ekti.
2.Matn shunoslik fanining maqsadi va vazifasi.
Tayanch so‘z va iboralar: magistr, matn, komponentlar, abzats, diskurs, supersintaktik butunlik (SSB), murakkab sintaktik qurilma (MSQ), nutq derivasiyasi, “derivat”, “operand”, “operator” va “hosila”, mikro va makromatn, deyktik ibora va h.
Boshqa fanlar qatori “Matn tilshunosligi” fani ham mamlakati-mizda mustaqillik yillarida onomastika sohasida amalga oShirilgan ilmiy tadqiqotlar ko‘lami bilan magistrlarni tanishtiradi hamda badiiy matn, publitsistik matn, rasmiy matn, so‘zlashuv matni kabi matn turlarini to‘plash, sistemalaShtirish hamda ularning tarkibiy qismlarini tadqiq etish metodlari haqida etarli ko‘nikma hosil qiladi. Ushbu fan bo‘yicha dastur asosida 70 soat ma’ruza, 90 soat amaliy maShg‘ulot ajratilgan. “Matn tilshunosligi” fani asosan obzor xarakteriga ega bo‘lib, magistrlarga matn tilshunosligi tarixiga doir ilmiy-nazariy va amaliy ma’lumotlar berish nazarda tutilgan. O‘qitish jarayonida magistrlarga matn, uning komponentlari, abzats, diskurs, supersintaktik butunlik (SSB), murakkab sintaktik qurilma (MSQ) singari tarkibiy qismlarining ilmiy Shakllanish tarixi, bunday matn komponentlarining o‘ziga xos lisoniy xususiyatlari, ularning o‘rganilish darajasi haqida etarli ma’lumot berishdir.
Aniqrog‘i, mazkur maxsus o‘quv kursida maqsadni amalga oShirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oShirish belgilab olingan:
- «Matn tilshunosligi» fanining maqsad va vazifalarini tushuntirishda “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (leksikologiya), «Tilshunoslik nazariyasi», «Turkiy filologiyaga kirish», «Umumiy tilshunoslik», «Lingvistik ta’limotlar tarixi» fanlarilar bilan «Matn tilshunosligi»fanining bog‘liqligi haqida qisqacha ma’lumot beriladi. So‘ng «Matn tilshunosligi» fanindagi o‘rganiladigan quyidagi masalalar talqin etiladi:
- Tilshunoslikda matn va uning turlarining o‘rganilish tarixi haqida keng va asosli tushuncha beriladi.
- matn haqida umumiy ma’lumot, uning jahon va o‘zbek tilshunosligida o‘rganilish tarixi bilan tanishish;
- mikro va makromatn tushunchalarini bir-biridan farqlay olish;
-murakkab sintaktik qurilma va matn maqomining muvofiqligi va farqli tomonlarini izohlay bilish;
- matn komponentlarining semantik va sintaktik munosabatlarini farqlay bilish;
- matn va nutq derivasiyasi, “derivat”, “operand”, “operator” va “hosila” singari tushunchalarni hozirgi zamon matn tilshunosligi yutuqlariga tayangan holda izohlay olish;
-o‘zbek yozma matnining taraqqiyot bosqichlarini tavsiflay olish va ularning o‘zaro farqli tomonlarini ajrata bilish;
-matn turlarining kognitologiyaning tayanch nuqtasi bilan aloqadorligini bilish;
- matnning konsept, ssenariy, skript, freym, geshtalt singari kognitiv hodisalar bilan munosabatini farqlay olish;
- sinergetikaning qonunlariga tayangan holda matn tarkibini kognitiv tahlil qilishi ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- matnni o‘rganishning kommunikativ-pragmatik yo‘nalishi va uning asosiy muammolari haqida etarli tasavvurga ega bo‘lish;
- deyktik iboralar va deyksisning turlari (shaxs deyksisi, zamon deyksisi, makon deyksisi, emotsional deyksis, sotsial deyksis)ning matnni shakllantirishdagi o‘rnini aniq farqlay olish;
Bu fan bo‘yicha magistr quyidagilarni bilishi va foydalana olishi lozim:
- matn komponentlari va bu komponentlar orasidagi paradigmatik, sintagmatik hamda pog‘onali (ierarxik) munosabatlarni izohlay olish;
- matn komponentlarining semantik va sintaktik munosabatlarini farqlay bilish;
- matn strukturasining sintagmalarga bo‘linish imkoniyatlarini amalda qo‘llay bilish;
- matnning pragmatik xususiyatlari haqida etarli bilimga ega bo‘lish;
- matn va nutq derivasiyasi haqida tushunchalarni izohlay olish.
Shu bilan birga magistr “Matn tilshunosligi” (o‘zbek yozma matnining taraqqiyot bosqichlari) fanidan quyidagilar bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘ladi:
- matn tarkibidagi sodda va qo‘Shma gap qolipli sintaktik qurilmalarni ajrata bilish;
- sintaktik qurilmalarning matn (yozma yoki og‘zaki, mikro yoki makromatn) maqomini belgilay olish masalasi o‘rganiladi;
- Matn va abzats, matn va diskurs, matn va gap, ularning o‘zaro munosabati, uning hajmi va mazmuni haqida tegishli ilmiy ma’lumotlar berilib, matn turlarini farqlash mezonlari tushuntiriladi;
- Murakkab sintaktik qurilma va uning matn maqomi bilan munosabati aniqlanadi, matn komponentlarining pog‘onali munosabati misollar asosida yoritiladi.
- Matn tilshunosligi va kognitiv tilshunosligini o‘zaro munosabati.
- Matn va nutq derivatsiyasining o‘zaro munosabati, derivatsion jarayonning matn shakllanishidagi o‘rni masalasi kabilar ham qisqacha o‘rganiladi.
“Matn tilshunosligi” fani tilshunoslik fanlari bilan birlikda adabiyotshunoslik, tarix, manbaShunoslik, falsafa, sotsiologiya, pedagogika, psixologiya, bir qator ijtimoiy-tarixiy fanlar bilan uzviy bog‘liq. «Matn tilshunosligi» fanini o‘qitishda aynan shu fanlar yutuqlariga ham asoslaniladi. Masalan, matn turlarini o‘rganishda I.R.Galperin, K.Kojevnikova, T.M. Nikolaeva, R.A.Budagov, A.A.Leontev kabi rus olimlari, M.Hakimov, B.O‘rinboev, M.Yo‘ldoShev, N.Turniyozov, B.Tursunov, S.Boymirzaeva kabi o‘zbek olimlarining ishlari misolida turli fanlarning uzviy bog‘liqligi to‘g‘risida magistrlar muayyan bilimlarga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Mavzu bo‘yicha savollar
1.“Matn tilshunosligi” fani qaysi sohadagi ilmiy tadqiqotlar ko‘llamiga kiradi?
2. Mazkur maxsus o‘quv kursida maqsadni amalga oShirish uchun qanday vazifalarni amalga oShiri lozim bo‘ladi?
2. .“Matn tilshunosligi” fani nimalar haqida ma’lumotlar beradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |