Matndagi imloviy va ishoraviy xatolarni toping:
Dadam ko‘zimga tikilib turib, uf tortdi. Shimining cho‘ntagini uzoq titkilab, gazeta-qog‘oz, tamaki halta oldi-da, qo‘llari titrab papiros yasadi. Gugurt izlab topolmadi shekilli, tokchalardagi barkash-choynaklani taraq-turuq qilib ancha tmirskilanib yurdi. Keyin «hozir» deb ko‘chaga chiqib ketdi. Zum o‘tmay bir qo‘lida xurmacha, bir qo‘lida uzun shisha bilan qaytib keldi. Tokchadan yog‘och qoshiq olib, xurmachaga botirdi.
Matndagi imloviy va ishoraviy xatolarni toping:
Qo‘rqanimdan g‘ujanak bo‘lib oldim. Birpasda ko‘nglim aynishi ham, og‘riq ham esimdan chiqib ketdi. Dadam shahd bilan o‘rnidan turdi-da, cho‘loqlanib tokcha yoniga bordi. Kattakon piyolani yulqib olib, xontaxta ustiga taraqlatib qo‘ydi. Uzun shishaning tagiga kafti bilan uch-to‘rt urgan edi, so‘rg‘ichlangan po‘kak otilib hamayoqni qo‘lansa, chuchmal hid tutib ketdi. U vajohat bilan piyolani to‘ldirib quydi-da nafas olmay oxirigacha ichdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |