Tur - to’rsimon gazlama (fransuzchadan kelib chiqqan).
Faydeshin - ko’ndalang bo’rtma yo’lli zich to’qilgan shoyi gazlama (fransuzcha faille de Chine so’zidan - xitoy fayi degan).
Flanel - tarash yo’li bilan sirtiga tuklar chiqarilgan engil jun yoki ip gazlamaning fransuzcha nomi.
Chesucha - och sariq rangli engil shoyi gazlama, dastlab Xitoyda ishlab chiqarilgan.
Shol - ayollar jun rumolining forscha atalishi.
Takrorlash savollari.
Qaysi ko’rsatkichlar gazlamaning tuzilishini belgilaydi
Gazlamaning nisbiy zichligi nima va aniqlash usullari
To’quvchilik o’rilishlari va bo’linish klasslari
Gazlamalarning qalinligi, eni massasi va aniqlash usullari
Gazlamalarning o’ngi va teskarisi qanaqa qilib aniqlanadi
Gazlamalarning tola tarkibini aniqlash usullari
Gazlamalarning mexanik xossalari va aniqlash usullari
Gazlamalarning qaysi xossalari gigienik xossalarga kiradi
Gazlamalarning qaysi xossalari texnologik xossalarga kiradi
Har xil tarkibli gazlamalarga namlik-issiqlik qanday ta’sir qiladi
IV BOB. GAZLAMALAR ASSORTIMENTI
Assortiment so’zi inglizcha bo’lib, to’plam, komplekt ma’nolarini bildiradi.
Gazlamalarning assortimenti juda xilma-xildir. Sanoatimiz 4000 artikuldan ortiqroq zig’ir tolali, jun, shoyi va ip gazlamalar ishlab chiqaradi texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqarilgan mustaqil gazlama tipi artikul deb ataladi. Artikul raqamlar bilan belgilanadi. U biror gazlamaning preyskurantdagi shartli tartib raqamini bildiradi.
Gazlamaning nomi bir xil, lekin artikuli har xil bo’lishi mumkin. Masalan, chitning 9 artikuli, triko ip gazlamaning 35 artikuli, satinning 30 artikuli bor va hokazo. Nomi bir xil, lekin artikuli turlicha bo’lgan gazlamalar bir-biridan biror ko’rsatkichi - eni, og’irligi, zichligi, ba’zan o’rilishi bilan farq qiladi.
Preyskurant - gazlamalarning chakana narxlari to’plami. Unda gazlamaning nomi, artikuli, eni, chakana narxi, gazlama ishlab chiqariladigan GOST yoki texnik shartlar, gazlamaning standart yoki texnik talablardan olingan texnikaviy ko’rsatkichlari (1 m2 gazlamaning vazni, tanda va arqoq iplarining chiziqiy zichligi, tanda va arqoq bo’yicha zichligi, jun gazlamalardagi junning miqdori, gazlamalar guruhining raqami ko’rsatiladi. Ip gazlama, jun gazlama, zig’ir tolali gazlama va shoyi gazlama uchun to’rtta preyskurant tasdiqlangan.
Gazlamalarning mavjud assortimenti doimo o’zgarib turadi. Modadan qolgan, iste’moldan chiqqan, eski artikullardagi gazlamalarni ishlab chiqarish to’xtatiladi. Tola tarkibi, tuzilishi, pardozi va xossalari jixatidan yangi gazlamalar yaratish hisobiga assortiment yangilanib boradi.
Shu bilan birga, muayyan artikullardagi ko’pgina gazlamalar bir necha o’n yil mobaynida ishlab chiqariladi. Masalan, chit, satin, surp, bo’z, mitkal, madapolam, kashemir, poplin shular jumlasidandir.
Ip gazlamalar assortimenti
Ip gazlamalarning texnologik xossalari, ularning tuzilishiga bog’liq.
Ishlatiladigan kalava ipning xiliga qarab ip gazlamalar quyidagi xillarga bo’linadi: qayta tarash usulida yigirilgan kalava ipdan to’qilgan ip gazlama; karda kalava ipidan to’qilgan ip gazlama; turli usulda yigirilgan iplarni qo’shib, karda, qayta tarash va karda-apparat usullarida to’qilgan gazlamalar.
Chit.Chit - tandasiga 18,5 teks, arqog’iga 15,3 teksli karda usilida yigilgan kalava ipidan polotno o’rilishda to’qilgan gazlama bo’lib, uning tanda bo’yicha nisbiy zichligi 49-53 foiz, arqoq bo’yicha esa 39-43 foiz; 1 kv.m. chitning vazni 92-103 gramm; chitning eni 61-80 sm. Chit gazlamasining xom xoldagisi mitkal deb ataladi. Ko’p turdagi chit gazlamalarga gul bosiladi, ular sidirg’a qilib ham ishlab chiqariladi.
Chit, muslin, fulyar, qattiq pardozlash, yaltiratish va yuvilib ketmaydigan appretlar bilan ishlash operasiyalaridan o’tkazilishi mumkin. Silliq chit deb ataladigan chit hosil kilish uchun gul bosish mashinalari yordamida gazlamalarga dog’lar ko’rinishida o’yuvchi natriy surkaladi. Qisman merserizasiyalash natijasida chitning o’yuvchi natriy bilan ishlangan joylari kirishadi, kirishgan joylarning yonida esa burmalar hosil bo’ladi, gazlamaning sirti bo’rtmali bo’lib qoladi.
Bolalar va ayollarning yozgi ko’ylaklari, bluzkalar, sarafanlar, erkaklar ko’ylagi, xalatlar, suzishda kiyiladigan kiyimlar, ko’rpa va yostiq jildlari, tungi ko’ylaklar va hokazolar chitdan tikiladi.
Chit cho’zilmaydi, qiyshaymaydi, titilmaydi, shuning uchun undan buyumlar tikish oson. Qatiq va yaltiroq chitlarni tikish paytda o’yiqlar hosil bo’lishi mumkin. Chit buyumlar tikishda 90-100- nomerli ignalar, 50-60- nomerli g’altak iplar ishlatish, 1 santimetrda 5-7 qaviq bo’lishi tavsiya qilinadi. Yuvilganda chit arqoq bo’yicha uncha kirishmaydi, tanda bo’yicha 3-5 foiz kirishadi.
Ip gazlamalar maishiy va texnik xillarga bo’linadi. Ip gazlamalarning mai- shiy xillari, ip gazlamalar assortimentining katta qismini tashkil qiladi (4.1-rasm).
4.1 - rasm. Ip gazlamalar assortimenti.
Maishiy ip gazlamalar rangi, tuzilishi jihatidan turli-tuman bo’lib, ko’ylaklar, bluzkalar, yubkalar, shimlar, kostyumlar, sarafanlar, palto, yarim palto, sport kiyimlari, maxsus kiyimlar, gimnastyorkalar, telogreykalar va boshqa buyumlar tayyorlashda keng ishlatiladi.
Ip gazlamalar to’qishda to’quvchilik o’rilishlarining barcha klasslari qo’llaniladi.
Bo’yalishi jihatidan ip gazlamalar xom, oqartirilgan, sidirg’a, melanj, mulinirlangan, guldor va gul bosilgan xillarga bo’linadi. Yuvilib ketmaydigan appretli, g’ijimlanmaydigan va kirishmaydigan qilib pardozlangan ip gazlamalar ishlab chiqarish yildan-yilga ko’paymoqda.
Savdo preyskuranti bo’yicha ip gazlamalar 17 guruhga: chitlar, surplar, bo’zlar, ich kiyimlik gazlamalar, satinlar, ko’ylaklik, kiyimlik va hokazo gazlamalarga bo’linadi. Maishiy gazlamalar assortimentining katta qismi dastlabki olti guruxga kiradi. Ba’zi guruxchalar kichik guruxlarga bo’linadi. Masalan, ich kiyimlik gazlamalarning surp, mitkal va maxsus xillari bor.
Ko’ylaklik gazlamalar yozgi, qishki, mavsumiy va kimyoviy kompleks iplar qo’shib to’qilgan gazlamalarga bo’linadi.
Ip gazlamalarning artikullari gazlamalarning preyskuranti bo’yicha tartib raqamlardan iborat. Tartib raqamlar har bir gurux uchun intervallar bilan belgilanadi. Ip gazlamalarning savdo preyskurantiga turli ip gazlamalarning 1300 dan ortiq artikuli kiritilgan. Ip gazlamalar assortimenti quyidagi yo’nalishlarda rivojlanadi: shaklini yaxshi saqlaydigan gazlamalar (bo’z, supr va poplin kabi tekis tuzilishdagi, silliq sirtli engil gazlamalar) hamda klassik o’rilishdagi gazlamalar (bir tomoniga tuk chiqarilgan tekis yoki sirti g’adir-budur tuzilishdagi gazlamalar) yaratish, plastik gazlamalar - mayin tukli engil gazlamalar, mayin chiyduxobalar yaratish.
Yangi tuzilishdagi gazlamalar (dokaga o’xshash, nafis, jakkard, shakldor chiyduxobalar) ishlab chiqarish, kolorit, naqsh, turli pardoz xillarini o’zgartirish hisobiga ip gazlamalar assortimenti o’zgartirib turadi. Zarhalli, kashtali va shu kabi yangi gazlamalar ishlab chiqarilmoqda.
Ip gazlamalarda viskoza va sintetik kompleks iplar qo’llash, shtapel sintetik tolalar qo’sh hisobiga ham assortiment yangilanmoqda. Bunday gazlamalarni ip gazlama sanoati ishlab chiqaradi, lekin ular shoyi gazlamalar preyskurantiga kiritilgan.
Bo’z. Bo’z chitga qaraganda ancha qalin va og’ir gazlamadir. Bo’z chitga ishlatiladigan kalava ipga qaraganda yo’g’onroq karda kalava ipidan polotno o’rilishda to’qiladi. Keng tarqalgan bo’zlarning tandasi 25 teks, arqog’i 29 teksli kalava ipdan bo’ladi. Bo’zning tanda bo’yicha nisbiy zichligi chitnikiga o’xshaydi, arqog’i bo’yicha bir oz yumshoqroq bo’ladi 1 kv.m. bo’zning vazni 140-160 g; eni 61-220 sm. Bo’z barmoqlar bilan ushlab ko’rilganda chitga qaraganda dag’alroq tuyiladi.
Sidirg’a rangli qilib bo’yalgan bo’zdan maxsus kiyimlar tayyorlanadi. Gul, bo’zning faqat bir tomoniga yoki ikki tomoniga bosilishi mumkin. Gul bosilgan bo’z erkaklar ko’ylagi, bolalar kostyumi, ayollar ko’ylagi, pardalar tikish uchun ishlatiladi.
Yo’l-yo’l gulli bo’zlar - adras va olacha xalatlar tikish uchun ishlatiladi. Bo’z qattiqroq, yaltiroq va kumushsimon qilib pardozlangan bo’lishi mumkin. Bo’zning texnologik xossalari chitnikiga o’xshaydi. Bo’z ancha pishiq bo’lib, unchalik cho’zilmaydi. Bo’zni taxlash, bichish, tikish, dazmollash qiyin emas. qattiq va yaltiroq bo’zni tikish paytida o’yiqlar hosil bo’lishi mumkin. Bo’zni tikishda 100- raqamli ignalar, 40-50-raqamli g’altak iplar ishlatiladi. YUvilganda bo’z tanda bo’yicha chitga nis6atan ko’proq (4-6 foiz) kirishadi.
Satin. Satin guruhiga satin o’rilishda to’qilgan satinlar va atlas o’rilishda to’qilgan lastiklar kiradi. Lastik satinga qaraganda kamroq ishlatiladi.
Qalinligiga qarab, satin va lastiklar qayta tarash usulida yigirilgan 14,311,7 teksli kalava ipdan to’qilgan va karda usulida yigirilgan 18,5-15,3 teksli kalava ipdan to’qilgan xillarga bo’linadi.
Satin va lastikning o’ngi silliq, yaltiroq. Satinda arqoq ipi o’ngiga chiqib turadi, shuning uchun arqoq bo’yicha nisbiy zichligi (70-75 foiz) tanda bo’yicha nisbiy zichligidan (40-45 foiz) ancha katta. Lastiklarning tanda bo’yicha nisbiy zichligi arqoq bo’yicha nisbiy zichligidan katta bo’ladi.
Bo’yalishi jihatidan satinlar sidirg’a, gul bosilgan va oqartirilgan xillarga bo’linadi. Qayta tarash usulida olingan satinlar pardozlash paytida merserizasiyalanadi. Bosib naqsh tushirilgan satinning naqshi besh marta yuvishga chidaydi. O’ngi silliq bo’lganligi, o’ngini hosil qiladigan sistemaning nisbiy zichligi kattaligi, merserizasiyalanganligi tufayli satin ishqalanishga yaxshi chidaydi va astarlik sifatida ishlatiladi. Satindan kalta ishtonlar, xalatlar, suzishda kiyiladigan kiyimlar, ko’ylaklar, bluzkalar va boshqa buyumlar tikiladi. YUmshoq satin osongina titilib ketadi. Qattiq, yaltiroq satin va bosib naqsh tushirilgan satin tikilganda o’yiladi. Mashina ignalari va g’altak iplarning raqami satinning qalinligiga mos bo’lishi kerak. Satin arqog’i 6o’yicha uncha kirishmaydi, tanda bo’yicha 1,5-2 foiz kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |