Astarlik va miyona gazlamalar. Ustki kiyimlar uchun astarlik va miyona sifatida ishlatiladigan gazlamalar astarlik gazlamalar guruhiga kiradi.
Kolenkor - yaltiroq pardoz berilgan sidirg’a mitkal miyona uchun ishlatiladi.
Bortovka - polotno o’rilishda to’qilgan xom yoki sidirg’a gazlama, past nomerli kalava ipdan to’qiladi. Qattiq qilib pardozlanadi. Miyona uchun ishlatiladi.
Englik sarja - o’rtacha yo’g’onlikdagi karda usulida yigirilgan kalava ipi- dan sarja o’rilishda to’qiladigan gazlamadir. Oq sirtiga yo’l-yo’l gul bosiladi.
Chuntaklik gazlama - sidirg’a bo’z, grinsbon yoki tiklastik, cho’ntak xaltasi tikish uchun ishlatiladi.
Tukli gazlamalar. Tukli gazlamalar arqoq tukli o’rilishda to’qiladi, o’ng sirtida tik tuklari bo’ladi. Tuklar paxta tolalarini qirqib hosil qilinadi. Tukli gazlamalar kichik guruhchasiga yarim baxmal, baxmal va chiyduxoba kiradi.
Yarim baxmal - qayta tarash usulida yigirilgan kalava ipdan to’qiladi, kalta sidirg’a tuki bo’ladi. Chiyduxobalarning hammasida uzunasiga ketgan tukli yo’llar bo’ladi. Chiyduxobaning asosiy tiplari: keng tukli yo’llari bulgan chiy duxoba - kord; ensiz tukli yo’llari bulgan chiy duxoba - rubchik. Chiyduxoba tandasini qayta tarash yoki karda usulida yigirilgan pishitilgan kalava ip, arqog’ini yakka holdagi karda usulida yigirilgan kalava ipi tashkil qiladi. Chiyduxobalar assortimenti yil- dan-yilga kengaymoqda. Kengligi har xil bo’lgan tukli yo’llari bor hamda tuklari shakldor qilib (guldor tukli yo’llar tarzida) qirqilgan chiyduxoba ishlab chiqarilmoqda.
Chiyduxoba-kord odatda, sidirg’a bo’ladi, ba’zan gul bosiladi. Palto, kostyumlar, kurtkalar, shimlar va hokazolar tikish uchun ishlatiladi. Chiyduxoba- rubchik sidirg’a aa gul bosilgan bo’lishi mumkin. Asosan bolalar buyumlari tikish uchun ishlatiladi.
Chiyduxoba-rubchik «Kiparis» - sidirg’a bo’yalgan, qalin, mayda yo’lli gazlama, tandasiga qayta tarash usulida yigirilgan ikki qavatli 16,5 teksli pishitilgan kalava ipi, arqog’iga 16,5teksli yakka kalava ip ishlatiladi, eni 100 sm, 1 kv. m gazlamaning vazni 245 g.
Chiyduxoba-rubchik «Yubileyniy» - sidirg’a bo’yalgan va gulli gazlama; «Kiparis»ga o’xshaydi, lekin yo’llari enliroq bo’ladi. Paxta-lavsanli chiyduxoba «Iskra» - sidirg’a bo’yalgan, qalin, eni 3 millimetrli yo’llari bor gazlama. Tandasiga tarkibida 33 foiz lavsan tolasi bulgan pishitilgan ikki qavatli 20 teksli karda usulida yigirilgan kalava ipi va arqog’iga 42 teksli yakka kalava ip ishtilgan, eni 100 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 300 g.
Paxta-lavsanli «Kubanskiy» baxmali - tandasiga qayta tarash usulida yigirilgan ikki qavatli 16,5 teksli pishitilgan kalava ip, arqog’iga tarkibida 33 foiz lavsan tolalar bo’lgan kalava ip ishlatib, to’qilgan gazlamadir, lavsan tolalar tuk- larning elastikligini oshiradi. Gazlamaning samarali eni 145sm, 1 kv. m gazlamaning vazni 290 g.
Chiyduxoba-kord «Yunost» - Sidirg’a bo’yalgan, eni 2,5 santimetrli yo’llari bor gazlama, tandasiga qayta tarash usulida yigirilgan ikki qavatli 15,4 teksli pishitilgan. kalava ip, arqog’iga 29teksli yakka kalava ip ishlatilgan, eni 100 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 251 g.
Chiyduxoba-kord «Vesna» - Sidirg’a bo’yalgan. «Yunost»ga qaraganda og’irroq gazlama, yo’llarining eni 3,5 millimetr, 1 kv. m gazlamaning vazni 300 g.
Chiyduxoba-kord «Volgar» tuzilishi jixatidan «Vesna»ga o’xshaydi, lekin yo’llari bir oz enliroq (4 mm) bo’ladi. Tukli gazlamalardan kiyim tikish ancha qiyin. Ularni bichishda tuklarning qiyaligini hisobga olish kerak. Tikish paytida o’yilishi mumkin. Bunday gazlamalarni choklardan so’kish yaramaydi, chunki tuklari to’qilib ketishi mumkin. Namlab-issiqlik bilan ishlov berishda kardolentadan foydalanish kerak22.
Jun gazlamalar assortimenti
Ishlab chiqarish usuliga qarab, jun gazlamalar kamvol va movut gazlamalarga bo’linadi. Kamvol gazlamalar qayta tarash usulida yigirilgan kalava ipdan to’qiladi. Bunday gazlamalar jun gazlamalar ichida eng yupqa va engil hisoblanadi, ularning o’rilish naqshi yaqqol bilinib turadi. Movut gazlamalar appa- rat usulida yigirilgan kalava ipdan to’qiladi va kamvol gazlamalardan qalinligi, vazni, chang oluvchanligi bilan farq qiladi. Movut gazlamalar o’ziga xos mayinlikka ega, sirti chiziqsimon yoki tarab chiqarilgan tukdor bo’ladi. Movut gazlamalar mayin jundan to’qilgan mayin movut va kalta tolali dag’al movutlarga bo’linadi. Dag’al movut gazlamalar mayin movutdan farqli o’laroq, barmoqlarga qattiq unnaydi va botadi. Savdo preyskurantiga ko’ra, jun gazlamalar guruhlarga (ishlab chiqarilish usuliga va tola tarkibiga qarab) hamda kichik guruhlarga (nimaga ishlatilishiga qarab) bo’linadi (1- jadval).
Jun gazlama artikulidagi birinchi raqam guruhni bildiradi, ya’ni ishlab chiqarish usuli va tola tarkibiga mos keladi. Artikuldagi ikkinchi raqam kichik guruhni bildiradi, ya’ni gazlamaning nimaga ishlatilishini ko’rsatadi. Masalan, arti - kuldagi birinchi raqam 1 bo’lsa, gazlama sof jundan kamvol usulda to’q;ilganligini, ikkinchi raqam 1 bo’lsa, gazlama ko’ylaklik gazlama ekanligini bildiradi. Artikuldagi uchinchi va undan keyingi raqamlar o’zgarishi mumkin; ular kichik guruhlar ichidagi gazlamalarning tartib raqamini ko’rsatadi.
Yangi tuzilishli va o’rilish naqshili gazlamalar ishlab chiqarish hamda mumtoz tuzilishli gazlamalarning tashqi ko’rinishi va plastik xossalarini yaxshilash hisobiga jun gazlamalar assortimenti yangilab turiladi (4.4-rasm). Assortimentni rivojlantirishdagi yangi yo’nalishlar ipaksimon silliq sirtli mayin plastik gazlamalar, ko’p rangli melanj kalava ipidan tekis sirtli gazlamalar, shakldor kalava ipdan mayda relefli, g’adir-budur yoki tekis sirtli gazlamalar, tukli, shu jumladan, baxmalsimon sirtli gazlamalar to’qish bilan bog’liq.
4.4-rasm. Jun gazlamalar assortimenti.
Ko’ylaklik gazlamalar assortimenti gul bosilgan gazlamalar, jakkard o’rilishda to’qilgan guldor gazlamalar, sof jun kalava ipdan va sintetik iplar qo’shilgan yarim kalava ipdan to’qilgan gazlamalar bilan to’ldiriladi.
Bejirim ko’ylaklar tikish uchun yangi tuzilishli sidirg’a va guldor gazlamalar: o’rilish naqshlari yangi bo’lgan yoki metallangan iplar va, profillangan kapron ip aralashtirilib, shakldor qilib pishitilgan kalava ipdan to’qilgan gazlamalar ishlab chiqariladi.
Yozgi ko’ylaklar va ko’ylak-kostyumlar uchun kompanon gazlamalar ishlab chiqariladi. Bular hap xil tuzilishli, lekin sidirg’a yoki aksincha, bir xil tuzilishli, lekin hap xil rangga bo’yalgan gazlamalardir. Masalan, mayda, donador sirt hosil qilib krep o’rilishda to’qilgan ikki gazlama bittasi chidirg’a, nkkinchisi esa katak-katak yoki birinchi gazlama tusida gul bosilgan gazlamalar shular jumlasidan.
Kuzgi-bahorgi assortimentdagi ayollar kostyumlarini tikish uchun tuguncha-tugunchali, halqasimon, buramdor kalava ip, yo’g’onlashgan joylari bor kalava ip ishlatib turilgan engil ko’ylakli gazlamalar tipidagi gazlamalar ishlab chiqariladi.
Erkaklar uchun bejirim kostyumlik gazlamalar assortimenti profillangan sintetik iplar qo’llash hisobiga jimirlash yoki uchqunlanish effektini beradigan, pishitilgan kalava ipdan to’qiladigan gazlamalar bilan to’ldiriladi.
Paltolik gazlamalar assortimenti uchun tik va yotiq tukli, jingalaklangan guldor va sidirg’a paltolik gazlamalar va draplar, nitron tolali hajmdor tuzilishli gazlamalar ishlab chiqariladi.
4.5-rasm. Tukli gazlamalar
4.1.- j a d v a l
Gazlamalar kichik guruhi (artikuldagi ikkinchi raqam)
|
Gazlamalar guruhi (artikuldagi birinchi raqam)
|
Kamvollar
|
Mayin movut
|
Dg’al movut
|
Sof
jun
|
Yarim
jun
|
Gazlamalar kichik guruhi
|
Sof
jun
|
Yarim
jun
|
Sof
jun
|
Yarim
jun
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
1. Ko’ylakbop
|
1101
|
2101
|
Ko’ylakbop
|
310
1
|
4101
|
-
|
-
|
2. Kostyumbop (si- dirg’a)
|
1201
|
2201
|
Kostyumbop
(sidirg’a)
|
320
1
|
4201
|
-
|
-
|
3. Kostyumbop (gul- dor va shakldor)
|
1301
|
2301
|
Kostyumbop
(guldor)
|
330
1
|
4301
|
-
|
-
|
4. Kostyumbop
|
-
|
-
|
Movut
|
340
1
|
4401
|
5401
|
6401
|
5. Paltobop
|
1501
|
2501
|
Paltolik
|
350
1
|
4501
|
5501
|
6501
|
6. Paltobop
|
-
|
-
|
Draplar
|
360
1
|
4601
|
-
|
6601
|
7. Paltobop
|
-
|
-
|
Tukli
|
-
|
4701
|
5701
|
6701
|
8. Paltobop
|
-
|
-
|
Odeyallar
|
-
|
-
|
-
|
-
|
9. Maxsus kiyim-lik
|
1901
|
2901
|
Maxsus
|
390
1
|
4901
|
-
|
6901
|
Do'stlaringiz bilan baham: |