Ipakka boshqa tolalar qo’shib to’qilgan gazlamalar. Bunday gazlamalar tabiiy ipakdan yoki paxta tolasi yoxud sun’iy kompeks iplar, yo bo’lmasa xomdor sintetik kalava ip qo’shilgan tabiiy ipak kalava ipdan to’qiladi.
Baxmal - tukli o’rilishdagi gazlama. Tuklarning balandligi 5-7mm, grunt sistemasi paxta tolalaridan yigirilgan kalava ipdan, tuklari ipakdan bo’ladi, 1m2 gazlamaning vazni 270g.
Ko’ylaklik duxoba - kalta tukli gazlama. Tuklari viskoza ipdan va grunt sistemasi tabiiy ipak yoki paxta ipdan bo’ladi.
Tezoblangan velyur - duxoba - tabiiy krep - jorjetga rangli gul tushirilgan gazlama. Gulli viskoza tuklarni qisman tezoblab hosil qiladi.
Gazlama art. 21009 - murakkab mayda gulli o’rilishdagi bosma gulli hajmdor gazlama. Tandasi tabiiy krepdan va arqoq i hajmdor kapron kalava ipdan to’qiladi.
Gazlama art. 21017 - sidirg’a bo’yalgan yoki gulli gazlama, krepdeshin tipida to’qiladi, lekin tandasiga triasetat ip ishlatiladi.
Gazlama art. 21028 - tabiiy krep jorjet tipidagi bosma gulli shaffof gazlama. Arqoq sistemasiga silliq yaltiroq kapron iplar qo’shib to’qiladi. Bu iplar tabiiy krep bilan galma-gal keladi.
Gazlama «Dilbar» art.22076 - bosma milliy (tojikcha) naqsh tushurilgan atlas o’rilishdagi zich gazlama. Tandasiga viskoza iplar va arqog’iga tabiiy ipak kalava ip ishlatib to’qiladi. Gazlama «kamalak» art. 22082 - polotno o’rilishdagi shtrix effektli, katak gulli gazlama.
Gazlama art. 22084 - mayda gulli o’rilishdagi shtirx effektli, katak gulli gazlama. Art. 22088 - arqog’ iga tugunchali sintetik kalava ip qo’shib polotno o’rilishda to’qiladigan katak gulli gazlama.
Zig’ir tolali gazlamalar assortimenti.
Zig’ir tolali gazlamalar ishlab chiqarish miqdori va sifati sifatidan Rossiya birinchi o’rinni egallaydi.
Zig’ir tolali gazlamalar assortimenti foiz hisobida quyidagicha bo’linadi:
30 foiz - maishiy gazlamalar. choyshablar, yostiq jildi va oshxona ashyolari dasturxon, salfetka, sochiqlar uchun ishlatiladi.
40 foiz - ulov gazlamalar. Uloa gazlamalar juda puxta bo’ladi va buyumlarni o’rash uchun ishlatiladi.
30 foiz - texnik gazlamalar. Texnik gazlamalarga brezent, elkanlar, dag’al mato, bartovkalar kiradi. Ulardan maxsus kiyim - boshlar, palatkalar va boshqa buyumlar tikiladi.
Zig’ir tolali Lavsan gazlamalar assortimenti kengayotganligi va bunday gazlamalar borgan sari ko’proq ishlab chiqarilayotganligi sababli ko’ylakli, kostyumli Zig’ir tolali gazlamalar yildan - yilga ko’proq qo’llanilmoqda.
Tarkibida 25 - 67 foiz shtapel lavsan bo’lgan zig’ir tolali - lavsan gazlamalar va kompleks iplar tarzidagi viskoza - lavsan yoki kapronli gazlamalar ishlab chiqarilmoqda.
Zig’ir tolali port’erabop va mebelbop bezak gazlamalar assortimenti kengaymoqda. Ular turli o’rilishlarda to’qiladi. g’ijimlanmaydigan qilib ishlov berilgan gazlamalar ham ishlab chiqarilmoqda.
Yangi xil ximiyaviy tolalarni tabiiy tolalarga aralashtirib, mayin, plastik, yangilashtirilgan strukturalar yaratilishi hisobiga Zig’ir tolali gazlamalar assortimenti kengayadi.
Zig’ir tolali gazlamalar savdo preyskurantiga ko’ra guruh va kichik guruhlarga bo’linadi. Zig’ir tolali gazlama artikulidagi ikki raqamii gazlama guruhining nomerini, uchinchi raqami kichik guruh nomerini bildiradi. Agar artikuldagi uchinchi raqam 1 bo’lsa, gazlama sof Zig’ir toladan to’qilgan, agar 2 bo’lsa, yarim Zig’ir tolali to’qilgan bo’ladi. Artikuldagi to’rtinchi raqam va undan keyingi raqamlar (kichik guruhdagi gazlamaning tartib nomerlari) o’zgarib turishi mumkin. Masalan: art. 06101 - Zig’ir tolali kostyumlik - ko’ylaklik gazlama, art. 06201 - yarim Zig’ir tolali kostyumlik - ko’ylaklik gazlama.
Bo’yalishi jixatidan Zig’ir tolali gazlamalar xom, yarim oq, oqartirilgan va sidirg’a bo’lishi mumkin. Guldor va gul bosilgan Zig’ir tolali gazlamalar kamroq ishlab chiqariladi. Yorqin gulli Zig’ir tolali ko’ylaklik gazlamalar ishlab chiqarish ko’paymoqda.
Zig’ir tolali gazlamalar ishlab chiqarish uchun ip gazlamalarga qaraganda dag’alroq kalava ip ishlatiladi. Zig’ir tolali gazlamalar yo’g’ onligi 18 - 166 teks (№55 - 6) li kalava ipdan to’qiladi. Ho’l (l/m) va quruq (l/s) yigirilgan, ho’l yigirilib taralgan (o/m), quruq yigirilib taralgan (o/s) kalava iplar ishlatiladi. 1m2 Zig’ir tolali gazlamalarning vazni 140 - 300g.
Zig’ir tolali gazlamalarning strukturasi turg’ un bo’ladi, uncha cho’zilmaydi, pishiq, to’zishga chidamli bo’lib, tovlanib turadi. Gigroskopikligi, issiq va havo o’tkazuvchanligi yaxshiligi, yuvish osonligi tufayli Zig’ir tolali gazlamalar ko’rpa - yostiq jildi va yozgi assortimentdagi buyumlar tayyorlash uchun eng qimmatli material hisoblanadi. Zig’ir tolali gazlamalar oson taxlanadi, qiyshayib ketmaydi, lekin ularni qirqish qiyin. Lavsan qo’shish natijasida Zig’ir tolali gazlamalarning g’ijimlanuvchanligi kamayadi, tovlanuvchanligi ortadi. Zig’ir tolali - lavsan gazlamalarni dazmollaganda xiyol ho’llash, dazmolning temperaturasini 1400 S dan oshimaslik kerak. Temperatura bundan oshib ketsa va gazlama juda ho’llab yuborilsa, gazlamaning rangi buzilishi va ketmaydigan qattiq dog’ lar paydo bo’lishi mumkin. Quyida tikuvchilikda keng ishlatiladigan Zig’ir tolali gazlamaning tavsifi keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |