«materialshunoslik»


Ipakchilik. Ipak qurtining rivojlanishi va uni boqish



Download 4,24 Mb.
bet17/120
Sana29.12.2021
Hajmi4,24 Mb.
#79439
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120
Bog'liq
Oy

Ipakchilik. Ipak qurtining rivojlanishi va uni boqish. Ipak qurtining bir avlodi, o‘zining hayotida to‘rt bosqich: qurturug‘, qurt, g‘umbak va kapalak holidagi bosqichlardan o‘tadi (1.21-rasm). Shuningdek ipak qurti ham o‘z irqlariga ega — mono (yagona), bi (qo‘sh-ikkilangan), poli(ko‘p) voltinlik. Bu — bir yilda bir, ikki va ko‘p avlod bera oladi demakdir.

Ipak qurtining oziqlanish, ipak ajralish (pilla o‘rash) davri, uning qurt holida bajariladi. Qurtning bu davri o‘rta hisobda 5—6 hafta davom etadi. G‘umbaklik davri 1,5—2,0 hafta cho‘ziladi.



1.21-rasm. Tut ipak qurtining rivojlanish bosqichlari: 7—urug‘; 2— qurt; 3-pilla ichidagi g‘umbak; 4-kapalak.

Urg‘ochi kapalak 400—600 donagacha tuxum qo‘yadi, bu tuxumlaming umumiy vazni taxminan 0,5 grammni tashkil etadi. Ipak qurti qo‘ygan tuxumlar shakli oval ko‘rinishida bo‘lib, uning uzunligi 1,5 millimetrgacha yetadi.

Qurt tuxumlari qo‘yilganidan bir necha soat o‘tgach, bu tuxumlarning ichida rivojlanish boshlanadi. Monovoltin zotidagi qurt tiixumlari kelgusi yil bahorigacha saqlanib, ularni jonlantirish (inkubatsiya) yo‘li bilan qurt chiqariladi.

Ipak qurti tuxumlarining rivojlanishini kelgusi yil oxirigacha to‘xtatib turishni «Diapauza» deb ataladi. Bu muddat taxminan 8,5 oygacha cho‘ziladi. Haroratni oshirish qurt tuxumlarining rivojlanishini tezlashtiradi. Shuning uchun diapauza davrida ipak qurti tuxumlari past haroratli sovutgichlarda (xolodilniklarda) saqlanadi.

Bahor faslida tut daraxtida barglar paydo bo‘la boshlaganda ipak qurti tuxumlarini jonlantirishga (inkubatsiyaga) qo‘yiladi. Buning uchun ipak qurti tuxumlarini alohida xonalarga olib chiqib, asta-sekin harorat oshirib boriladi va 24 gradusda, o‘zgarmas qilib saqlaydi.

Ipak qurti tuxumlarining jonlanish davri 2 hafta davom etadi. Asosan ipak qurti tuxumlarini jonlashtirish ob-havo sharoiti, barglarning novdalardagi rivojlanishiga qarab olib boriladi. Bu davr 0‘zbekiston sharoitida aprel oyining 1- 2-o‘n kunliklariga to‘g‘ri keladi. Qurt boqish davri esa aprelning 3-o‘n kunligi, may oyining 1-2-o‘n kunliklarida olib boriladi.

Jonlantirilgan ipak qurti tuxumlari qumursqa (mayda) holida pillakorlarga, jamoa xo‘jaligi va shirkat azolariga tarqatiladi.


Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish