«materialshunoslik»



Download 4,24 Mb.
bet15/120
Sana29.12.2021
Hajmi4,24 Mb.
#79439
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   120
Bog'liq
Oy

Yangi iboralar: jun turlari tushama, tola, xas-chuplar, kerotin.

Takrorlash savollari:



  1. Junni dastlabki ishlash zavodlariga yuvilmagan junlami qanday qabul qilinadi

  2. Ikkilamchi sinflash nima uchun bajariladi.

  3. Junni saralash nima maqsadda olib boriladi.

  4. Jun tushamasida uning sifat kursatkichi kanday taksimlangan.

  5. Jun tushamasida kanday iflosliklar mavjud.

  6. Jun tolasining titishdan maqsad nima.

  7. Junni yuvishning asosiy vazifalari nimalardan iborat.

  8. Junni yuvish uchun kanday yuvish vositalari qullaniladi.

  9. Junning xas-chup qoldigidan tozalash jarayonining maqsadi va asosiy vazifalari nimalardan iborat.

  1. Tabiiy ipak. Umumiy malumotlar

Tabiiy ipak deb oqsil ajratuvchi bezlari yordamida turli xildagi bo‘g‘im oyoqlilar turiga, hasharotlar sinfiga, tanga qanotlilar guruhiga kiruvchi va o‘zining bir davr yashashi mobaynida: tuxum, qurt, g‘umbak va kapalak kabi 4 bosqichni o‘tovchi jonivorlar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotga aytiladi. Bu jonivorlarning ko‘pchilik turdagisi ikkinchi bosqichdan uchinchisiga o‘tish davrida ipak ishlab chiqaradi va undan o‘zining ustiga turli xildagi tashqi muhitdan saqlaydigan va o‘ziga hujum qiluvchi dushmanlardan muhofaza qiladigan zich tuzilishdagi va malum shakldagi pilla deb ataluvchi qobiq o‘raydi. Bombitsid va saturnid deb ataluvchi ipak qurtlari tomonidan ishlab chiqariluvchi iplar sanoat uchun eng ahamiyatli hisoblanadi.

Sanoatda ishlatiladigan ipakning asosiy qismi (90 foizdan ko‘prog‘ini) Bombyx mori turidagi tut ipak qurtidan olinadi. Bu ipak qurtlarini xonakilashtirilgan ipak qurti deb ham ataladi, chunki uni boqish odamlar yashaydigan xonadonlarda amalga oshiriladi. Bu qurtning asosiy ozuqasi tut daraxtining bargi bo‘lib, uni tashib kelib yediriladi. Xonakilashtirilgan bunday ipak qurt-lari 3000 yildan buyon boqilayotganligi uchun ular yovvoyi holda yashay olmaydi.

Darslikning bu bobi ana shu ipak qurtini boqish texnologiya-si, uning ozuqa manbalari, pillasining tuzilishi, undan xom ipak olish texnologiyasi, xom ipakning kimyoviy tarkibi, xossalari, xom ipakdan pishitilgan ipak va uning tolali chiqindilaridan yigirilgan ipak olish va qo‘llanilishi masalalariga bag‘ishlanadi.

Sanoatda ishlatiladigan ipakning 90 foizdan kamroq qismi Hindiston, Xitoy va Yaponiyada eman (dub) daraxti bargi bilan oziqlanib, pilla o‘raydigan ipak qurtlaridan hisoblanadi. Bunday ipak qurtlarini yovvoyi ipak qurtlar deb ham ataladi, chunki bunday ipak qurtlar o‘sayotgan daraxt barglari bilan yoki tabiiy muhitga yaqin sharoitda boqiladi.

Tabiiy ipakni, bo‘g‘im oyoqlilarning boshqa sinflari, o‘rgimchaksimon hasharotlar va suv osti shilliqqurtlari (molluskalar) ham ishlab chiqaradi, biroq bunday ipaklarning miqdori kamligi, xususiyatlari pastligi uchun sanoatda qo‘llanilmaydi.

Xonakilashtirilgan ipak qurtini boqish yakunida, ichki qismida tirik g‘umbagi bo‘lgan ho‘l pilla tayyorlanadi. Ho‘l pillaning g‘umbagini o‘ldirish va pillalarni quritish texnologiya jarayoni pillaga dastlabki ishlash deb atalib, bu jarayon bajarilgandan so‘ng quruq pilla hosil bo‘ladi. Pillalar chuvalganda undan pilla ipi olinadi, u ikkita tanho ipning birikishidan tashkil topgan bo‘lib, bu tanho iplar fibroin deb ataladi. Pilla iplari nihoyatda ingichka (N=3000—3050) bo‘lgani uchun, sanoatda ularning bir nechtasini birga qo‘shib chuvab, xom ipak deb ataluvchi uzluksiz ip ishlab chiqariladi. Bir necha pilla iplarini bir-biriga yopishtirib turuvchi modda pillaning yelimsimon moddasi — seritsin hisobiga amalga oshiriladi (bu haqda kelgusi paragraflarda batafsil bayon etiladi).

Xom ipakka ikkilamchi ishlov berilganda (ikki va undan ortig‘ini biigalikda eshilganda), pishitilgan ipak hosil bo‘ladi. Pilla yetishtirish, uni chuvab xom ipak ishlab chiqarish jarayonida turli xildagi tolali chiqindilar hosil bo‘ladi. Bunday chiqindilar malum tizimdagi texnologiya jarayonida qayta ishlanib, yigirilgan ipak ishlab chiqariladi.

Tabiiy ipak eng qimmatbaho, mexanik va fizik xossalari yuqori, tashqi ko‘rinishi ko‘rkam, oson bo‘yaluvchanlik xususiyatlarga ega bo‘lgan to‘qimachilik xom ashyosidir. Biroq uni ishlab chiqarish, dastlabki ishlov berish uchun sarflanadigan mehnat o‘ta yuqori. Shuning uchun ham boshqa turdagi to‘qimachilik sanoati xom ashyolariga nisbatan qimmatbaho va chegaralangan miqdorda qo‘llaniladi.

Boshqa turdagi yovvoyi ipak qurtlari turli xildagi daraxtlarning barglari bilan ham oziqlanishi mumkin, ammo tut ipak qurti o‘z nomidan bilinib turibdiki, faqat tut daraxtining bargi bilan oziqlanadi. Tadqiqotchilar tomonidan tut ipak qurtining ozuqasini boshqa narsa bilan almashtirish masalasida qilingan harakatlar muvaffaqiyatli chiqmadi. Boshqa o‘simlik daraxtlarining bargi bilan oziqlangan tut ipak qurtlari tez kasalga chalinib, nobud bo‘la boshlaydi. Keyingi paytlarda Yaponiya va Janubiy Koreya davlatlarida ipak qurtini tut bargining quritilgan kukuni, kraxmal va kazein aralashmalari bilan tayyorlangan ozuqa bilan boqish ham keng tarqalmoqda.

Tut ipak qurtining rivojlanishi uchun issiq haroratli mintaqalar zarur (shimoliy qutbning 52—53 gradusi va janubiy kenglikningf 35 gradusi o‘rtalarida joylashgan davlatlar). Markaziy Osiyo, KavkazSf respublikalari, Ukraina va Moldova hamda Uzoq Sharqning ayrim o‘lkalari shular jumlasidandir. Aytilgan graduslardan shimol qismlarda tut daraxti yomon rivojlanadi va ipak qurtini boqishning imkoniyati bo‘lmaydi.

0‘zbekiston ipakchilik sanoati rivojlangan davlatlardan biridir. U pilla yetishtirish hajmi bo‘yicha dunyoda Xitoy, Hindistondan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Ipakchilik Markaziy Osiyo respublikalariga eramizdan avvalgi IV-V asrlarda, Kavkaz mintaqalariga VII, o‘rta rus o‘lkalariga esa XVII asrlarda kelgan.

Yuqorida takidlanganidek, ipakchilikning asosiy ozuqa bazasi tut daraxtining bargidir. Tut daraxti nima, qanday o‘simlik, uning turlari va tasniflanishi qanday, agrotexnikasi nimalardan iborat kabi masalalar quyida bayon etilgan.




Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish