Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi



Download 8,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/187
Sana31.03.2022
Hajmi8,9 Mb.
#521786
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   187
Bog'liq
yunalishga kirish

 
Nazorat savollari 
 
1.
Materiallar sinfi va ularning tasnifi. 
2.
Qattiq jismlar odatda nechta asosiy guruxga bo’linadi? 
3.
Metallar va ularning turlari aytib bering. 
4.
Metallarning mashinasozlikdagi ahamiyati qanday. 
5.
Zamonaviy fan yutuqlari asosida yangi materiallar olish istiqbollari nimalarni o’z 
ichiga oladi. 
 
5-mavzu. Metall va nometall materiallarni mashinasozlikda qo’llanilishi 
 
Reja: 
1.Materialshunoslik va materiallar qo’llanilishi. 
2.Materialshunoslik nima uchun kerak va materiallar qo’llanilishi texnologiyasini 
o’rganish nima uchun zarur.
3.Progressiv materiallar.
4.Yangi materiallar yaratishning zarurligi.
 
Tayanch iboralar: materialshunoslik, yangi materialar, texnologiya, progressiv materiallar, 
metallar, nometallar, materiallarni tanlash, materiallarni qo’llash. 
Metallar va nometall materiallarning mashinasozlikda keng ko’lamda qo’llanilishiga doir 
misollar. 
5.1. MATERIALSHUNOSLIK VA MATERIALLAR QO’LLANILISHI 
Ba’zida “Materialshunoslik va materiallar qo’llanilishi” bo’limini ikkita mustaqil bo’lim: 
“Materialshunoslik” va “Materiallarni qo’llash texnologiyasi” bo’limlariga bo’lish foydalidir. 
Materialshunoslik deganda materiallar tarkibi va tuzilishi (strukturasi) oralig’idagi mavjud 
bog’liqlikni o’rganish tushuniladi. Materiallar qo’llanilishi texnologiyasiga nimalar ta’luqli, 
ayrim xollarda asosiy tushunchadagiga ko’ra tarkib va tashkil etuvchilar oralig’idagi bog’liqlikka 


26 
ko’ra ushbu materiallardan mahsulot yaratish imkoni tushunilsa, boshqa bir tarafdan avvaldan 
belgilangan tarkib yig’indisi bog’liqligida material strukturasini tashkil etish tushuniladi. 
Materialshunoslik soxasida ish olib borayotgan olimlarning vazifasi yangi materiallar yaratish 
yoki sintezlash, bir vaqtning o’zida muxandis, texnolog va konstruktorlarning maqsadi kabi 
mavjud materialdan yangi mahsulot yaratish uchun foydalanish va u yoki bu funktsional talablar 
uchun mavjud materiallarni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. Ushbu 
yo’nalishda oliy ma’lumotga ega bo’lgan ko’pgina mutaxassislar ikkala yo’nalishdagi o’quv 
dasturi bo’yicha malaka oshiradilar va o’qitiladilar.
“Struktura” ushbu bosqichda keltirilgan atama bir muncha noaniq bo’lib, uni chuqurroq 
chuntirib o’tish talab etiladi. Qisqacha aytganda material strukturasi deb uning ichki elementlar 
joylashish xarakteriga aytiladi.
Subatom strukturasi – bu elektronga ega yadro bilan o’zaro aloqadosh yagona atom. 
Strukturaning atomar darajasi atom yoki molekulalarning o’zaro ta’siri orqali aniqlanadi. 
Keyingi bo’limlarda atomlarning katta guruxlari xaqida so’z boradi. Natijada aglomeratlar 
yuzaga keladi, bunday struktura “mikroskopik” deb ataladi, ya’ni mikroskop orqali to’g’ridan 
to’g’ri kuzatish orqali o’rganiladi. Ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan strukturalar 
“makroskopik” deb ataladi.
“Xossa” atamasi mufassal ko’rib chiqilishi kerak. Barcha materiallar ishlatilish jarayonida 
tashqi ta’sirga uchraydi, buning natijasida bir qator reaktsiyalar yuzaga keladi. Agar na’munaga 
kuch ta’sir ettirilsa buning natijasida deformatsiya yuzaga keladi. Agar silliqlangan metall 
yuzaga nur yo’naltirilsa u xolda u qaytadi. Material tarkibi – bu uning o’ziga xosligi va tashqi 
ta’sirga nisbatan bardoshliligidir. Umumiy qilib aytganda material tuzilishi, uning o’lchami va 
mahsulot shakliga nisbatan mustaqil bo’lishi kerak.
Nazariy jihatdan qattiq materiallarning barcha asosiy xossalarini oltita guruhga bo’lish 
mumkin, bular – mexanikaviy, elektrikaviy, termik magnitli, optik xossalar va materialning uzoq 
muddatli turg’unligi.
Har bir material tarkibi belgilangan ko’rsatkichlarga ega, bunda uning tashqi ta’sirga 
qarshilik kuchi xarakterlanadi. Mexanik xossa deb kuch ta’sirida yuzaga keladigan 
deformatsiyalar bog’liqligi asosan taranglik va mustaxkamlik chegarasi tushuniladi. Elektrik 
xossa – bu elektr o’tkazuvchanlik va dielektrik doimiylikdir, material qarshiligini chaqiruvchi 
faktor esa elektr maydon xisoblanadi. Qattiq jismlarning termik xossasi issiqlik o’tkazuvchanlik 
va issiqlik sig’imi koeffitsienti orqali xarakterlanadi. Magnit xossasi materialning magnit 
maydonida yuzaga kelgan reaktsiyalarni aniqlaydi. Optik xossalar elektromagnit nurlanish yoki 
nur oqimi ta’sirida aniqlanadi, sinish ko’rsatkichi esa ushbu xossaning xarakteristikasi 
xisoblanadi. Materialning uzoq muddatli turg’unligi – uning ustunligi kimyoviy reagentlarga 
qarshilik ko’rsatkichidir. Keyingi bo’limlarda materiallarning barcha oltita xossalari navbatma 
navbat ko’rib chiqiladi.
Yuqorida keltirilgan “struktura” va “xossa” atamalariga qo’shimcha ravishda yana ikkita 
material tavsifi fan va muxandislik ko’rsatmalarida muxim o’rin egallaydi. Bular “Qayta ishlash 
texnologiyasi” (processing)va “Foydalanish tavsifi” (performance). Agar keltirilgan barcha 
tushunchalar birlashtirilsa unda material xossasi mahsulot tayyorlash (qayta ishlash) 
texnologiyasiga bog’liq bo’ladi. Foydalanish xarakteristikasi material tarkibiga bog’liq. SHu 
o’rinda texnologiklik, tuzilish, xossa va foydalanish xarakteristikasi o’rtasidagi o’zaro 
bog’liqlikni 5w.1 rasmda keltirilgan sxemada ko’rish mumkin. 


27 

Download 8,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish