Rasm 5.1. Materialshunoslik va materiallar qo’llash texnologiyasida mavjud predmetlarning
to’rtta asosiy tashkil etuvchilari.
Rasm. 5.2. Alyumin oksididan tayyorlangan uchta
ingichka disklar surati. Disklar yozuv betiga
ularning optik xossalarini farqlash uchun
joylashtirilgan. CHapdagi disk – shaffof (u o’ziga
tushayotgan nurning xammasini o’tkazadi).
Markazdagi disk – yarim shaffof. Bu shuni
anglatadiki u tushayotgan nurni qisman qaytaradi.
O’ngdagi disk – butunlay shaffof emas. Unga
tushayotgan nur oqimi qaytariladi. Optik
xarakterdagi ko’rsatilgan farqlar disk tayyorlash
uchun belgilangan texnologiyada ishlatiluvchi
material tarkibining tadqiq qilish natijasi
xisoblanadi. Na’munalarni R.A.Lessing
tayyorlagan, suratlar S.Tanne tegishli.
Butun qo’llanmada biz ko’rsatib o’tilgan to’rtta komponent, mahsulot tuzilishi, uning
ishlab chiqarilishi, belgilangan materiallarning ishlatilishi kabi bog’liqliklarga alohida e’tibor
qaratamiz. Materialshunoslikda keltirilgan to’rtta xossa – qayta ishlash texnologiyasi, tarkib,
tuzilish va foydalanish koeffitsienti orasidagi bog’liqlikni aks ettirish uchun 1.2 rasmda uchta
ingichka disklar surati keltirilgan. Ko’rinib turiptiki ushbu uchta diskning optik xossasi (nur
o’tkazuvchanligi) turlicha. CHap tarafda joylashtirilgan disk juda ham shaffof (unga
yo’naltirilgan nur oqimi to’laligicha diskdan o’tadi). SHu vaqtning o’zida markazdagi disk –
yarim shaffof, o’ng tarafdagisi – umuman shaffof emas. Uchala diskning bari bir xil alyuminiy
oksidi materialidan tayyorlangan. Faqatgina chapdagi na’muna biz monokristal deb atovchi
materialdan tayyorlangan shu sababli ushbu xossa uning shaffofligini ta’minlaydi. Markazdagi
disk ko’pgina mayda monokristallardan tayyorlangan va bir butun qilib yig’ilgan. Mayda
kristallar orasidagi chegara yozuv betidagi nuroqimining bir qismini o’tkazadi. Bundan ko’rinib
turibdiki ushbu disk jilosiz yoki yarimshaffof bo’ladi. Va nixoyat o’ng tarafda ko’rsatilgan
na’muna xam katta bo’lmagan kristallardan tayyorlangan ammo unda katta miqdorda bo’shliq va
g’ovaklar mavjud. Ushbu g’ovaklar jadal ravishda nurni tarqatadi aynan shu sababli disk
shaffofligini yo’qotadi. SHu sababli kristallar va teshiklar chegarasi orqali aniqlanuvchi material
shaffofligi keltirilgan uch xil na’munada turlichadir. Bundan tashqari ushbu uch xil na’muna turli
texnologiyalarda tayyorlangan. Natijada disklarning foydalanish xarakteristikasi, materialning
optik xossalariga ko’ra ishlash sharoitini aniqlash bo’yicha ular turlichadir.