Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi



Download 8,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/187
Sana31.03.2022
Hajmi8,9 Mb.
#521786
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   187
Bog'liq
yunalishga kirish

 
Beton 
Beton
Beton
bu yirik armaturalovchi zaralardan tashkil topgan kompozitsion material 
bo’lib, undagi matritsa va to’ldirgichlar keramika sinfiga taalluqli. “Beton” va 
“tsement”terminlari har doim ham to’g’riqo’llanimagani, ayrim hollarda bir 
birini 
o’zaro 
almashtiruvchi 
xisoblanganligisababli 
ular 
orasidagi 
farqnitaьkidlamoќ zarur. 
Umumiy ma’noda beton qattiq zarralar agregatidan tashkil topgan, o’zaro qandaydir 
bog’lovchi muhit yordamida, ya’ni tsement bilan birla shtirilgan kompozitsion 
materialdir.Betonni ikkita turi eng ko’p ma’lum – bu portlandtsement asosida va asfalьtobeton, 
undagi qattiq agregatlangan zarralar – qum va shag’al.Asfalьtobeton avvalam bor yo’llarni 
qoplash uchun keng qo’llaniladi, portlandtsement asosidagi beton keng tarqalgan qurilish 
materiali sifatida qo’llaniladi. Quyida betonni so’ngi turi ko’riladi. 
Portlandtsement asosidagi beton 
Portlandtsement asosidagi betonni ishlab chiqarishda homashyo sifatida - tsementni o’zi, 
to’ldirgichlardan mayda dispersli fraktsiya (qum) va yirik dispersli fraktsiya (shag’al).
Portlandtsementni mustaxkamligini ortishiga va qotishga olib keladigan jarayonlar bo’limda 
qisqacha ko’rib chiqilgan. Qattiq zarralar to’ldirgich ro’lini bajaradi, chunki juda arzon bo’lib 
materialni umumiy narhini pasaytiradi, tsement esa nisbatan qimmatdir. Beton aralashmasini 
optimal mustaxkamligi va ishlov berishga qulayligini mujassamlash uchun tashkil etuvchilarni 
(ingradientlar) nisbatini juda qat’yyan bajarish zarur. Qattiq zarralarni zich joylashtirish va 
yaxshi fazalar aro kontakt aralashmada ikki hil o’lchamli qattiq zarralarni qo’llanilishi 
ta’minlaydi; shu bilan birga qumning mayda dispers zarralari yirik shag’al orasidagi bo’shliqni 
to’ldirishi kerak. Odatda to’ldirgichlar miqdori hajmning 60-80% ni tashkil etadi. 
Suv-tsement pastasining miqdori barcha qum va shag’alning qattiq zarralarini qoplash 
uchun yetarli bo’lishi zarur. Aks holda tsement xosil qiladigan bog’lanishlar yetarli bo’lmaydi. 
Beton arashmasini tayyorlashda barcha tashkil etuvchi komponentlar sinchiklab aralashtirilishi 
zarur. TSement va agregatlarni qattiq zarralarini to’liq bog’lanishi suv miqdorini to’g’ri 
qo’shilishida. Agar suv kam bo’lsa bog’lanish to’liq bo’lmaydi. Agar suv ortiqcha bo’lsa 
g’ovaklar xosil bo’ladi. Bu xollarda mahsulot mustaxkamligi optimal qiymatdandan past bo’ladi. 
Agregatlanuvchi zarralarni xarakteri muhim mohiyatga ega. Zarralarni o’lchami 
bo’yicha taqsimlani ayniqsa muhimdir, chunki tsement pastani tayyorlashda zarur bo’lgan suv 
miqdoriga ta’sir etadi. Mustaxkam bog’lanishni xosil bo’lishiga to’siq bo’ladigan zarralar 
yuzasida loy va ifloslar bo’lishi kerak emas, ular toza bo’lishi kerak. 


77 
Portlandtsement – bu qurilishda qo’llaniladigan asosiy material, chunki uni joylarda 
qoliplarga quyish va keyin xona haroratida qotirish mumkin, agar to’liq suv ostida bo’lsa ham. 
Lekin konstruktsion material sifatida qo’llanilishda ma’lum cheklash va kamchiliklarga ega. 
Ko’pchilik keramikadan tayyorlangan materiallar kabi portlandtsementdan tayyorlangan beton
nisbatan mustaxkam emas va mo’rt. Uning cho’zilishdagi mustaxkamlik chegarasi siqilishdagiga 
nisbatan 10-15 barobar kam. Undan tashqaribetondan shakllantirilgan yirik strukturalar harorat 
o’zgarishiga juda sezgir. Va nihoyat suv, g’ovaklarga kirib past haroratlarda darzlar xosil qiladi 
va ayniqsa yaxlash-erish tsikllarida. Aytib o’tilgan kamchiliklarni ko’pini bartaraf etish yoki 
deyarli ahamiyatsiz qilish mumkin betonga mustaxkamlashda turli qo’shimchalarni ishlatib. 

Download 8,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish