Mis va uning qotishmalari
Sof mis qo’ng’ir rangli, cho’ziluvchan, qovushoq metalldir. Uning suyuqlanish harorati
1083°C, zichligi 8,94 g/sm
3
cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi 220–240 MPa, Brinell
bo’yicha qattiqligi 330 NV.
53
Sanoatda 80% ga yaqin mis sulfidli rudalardan (CuFeS
2
, Su
3
FeSFe
2
S
3
, CuS) olinadi.
Tarkibida 3–5 % mis bo’lgan rudalar boy rudalar hisoblanib, ularni suyuqlantirish yo’li bilan mis
olinadi. Tarkibida 3 % dan kam mis bo’lgan rudalar suyuqlantirishdan oldin to’yintiriladi
(boyitiladi).
Mis rudalar tarkibida juda oz bo’lganligi sababli ularni to’yintirish ishlari muhim
ahamiyatga ega. Mis qaynovchi qatlam ostida va flotatsion usullar yordamida boyitiladi.
Mis rudalaridagi ortiqcha zarralarni suv yordamida ho’llash yo’li bilan boyitishga
asoslangan usul
flotatsion to’yintirish
deb ataladi.
Flotatsion to’yintirish sulfid va polimetall rudalarni to’yintirishda keng qo’llaniladi. Bu
usul metall va begona jins zarrachalarining suv bilan turlicha ho’llanishiga asoslangan.
Mis sulfidli minerallar bekorchi jinslarga qaraganda suv bilan yaxshi ho’llanmasdan moy
zarralariga o’ralib, ko’pik tarzida yuqoriga o’ralib chiqadi. Ular yig’ib olingach, quritiladi va
qayta ishlanadi.
Mis kontsentratlari tarkibidagi oltingugurt miqdorini kamaytirib, to’yintirish uchun
qaynovchi qatlam ostida boyitish
usuli qo’llaniladi.
Tarkibida oltingugurt, surma va boshqa zararli elementlar ko’p bo’lgan rudalar vertikal
pechlarda ma’lum haroratda qizdirish yo’li bilan to’yintiriladi. Boyitilgan mis rudalari alangali
pechlarda suyuqlantiriladi. Pechga kiritilgan shixta tarkibidagi misning oltingugurt va kislorod
bilan birikmalari 900°C haroratda reaktsiyaga kirishadi: Cu
2
S + 2CuO
2
= 6Su + SO
2
SuS + 2CuO = 4Su + SO
2
Hosil bo’lgan toza mis reaktsiyaga kirmay qolgan temir ikki sulfidi bilan reaktsiyaga
kirishadi: FeS + 2Cu = Cu
2
S + Fe
FeS + Cu
2
O = Cu
2
S + FeO
Temir ikki oksidi esa SiO, bilan birikib shlak hosil qiladi:
2FeO + SiO
2
= 2FeOSiO
2
Bu reaktsiyalar oqibatida erigan qotishmalar pech tagligiga yig’iladi. Yig’ilgan
qotishmaning asosiy tarkibi Cu
2
S va FeS birikmalaridan iborat bo’ladi. Odatda, bu mis
shteyn
deyiladi. SHteyn suyuqlantirilib, havo haydash yo’li bilan mis olinadi. Olingan mis tarkibida
0,05–1,5 % gacha turli qo’shimchalar bo’ladi. Bunday mis texnikada ishlatish uchun tozalanadi.
Xomaki mis termik va elektroliz yo’li bilan tozalanadi. Elektroliz misning markalari va
ishlatilish sohasi 9.1–jadvalda keltirilgan.
9.1–jadval
Elektrolit misning markalari va ishlatilishi
Markasi
Misning miqdori, %
Ishlatilishi
M00
99,99
Tok uzatish simlari va yuqori xossalarga ega
qotishmalar olishda
M0
99,95
Tok uzatish simlari, prokat buyumlar
tayyorlashda
M1
99,90
Yuqori sifatli prokat va qotishmalar olishda
M2
99,70
Mis qotishmalari olishda
M3
99,50
M4
99,00
Mis ishlab chiqarish jarayonini shartli ravishda uchta jarayonga ajratish mumkin:
•
shteyndan xomaki mis olish;
•
xomaki misni tozalash (rafinlash);
54
•
misni elektrolitik tozalash (rafinlash).
Do'stlaringiz bilan baham: |