Bolg’alash. Bolg’alash uchun asbob va uskunalar. Pokovkalarning tasnifi va boģlanish jarayonlari. Temirchilik va preslash uskunalari.
Bolģalash uskunalari.
Temirchilik sexlaridagi bolg'alash uskunalarini asosiy va yor-
damchi uskunalarga bo'lish mumkin. Asosiy uskunalarga bolg'alar
va presslar, yordamchi uskunalarga qaychilar, qizdirgich pechlar,
zagotovkani bolg'alashga uzatuvchi kranlar, kontovatellar, manipu-
lyatorlar va boshqalar kiradi. Asosiy temirchilik uskunalarini
tubandagi ko'rsatkichlarga ko'ra ajratiladi
Materiallarni bosim bilan ishlashning asosiy usullariga pro-
katlash, kiryalash, presslash, erkin bolg'alash, hajmiy va list
shtamplashlar kiradi
. Erkin bolg‘alash. Bu ishlovda bolg'ani pastki
qo'zg'olm as bo'yog'iga qo'yilgan zagotovka bolg'a babasining
ustki harakatlanuvchi bayogi bilan zarblab ishlanadi . Bu ishlovda val, shatun, tishli g'ildirak kabi buyumlar ishlab
chiqariladi.
Presslash. Bu ishlovda zagotovkani yopiq silindr (kontey-
ner) matritsasi ko'zidan siqib chiqarish bilan buyumlar ishlab
chiqariladi.
Qizdirilgan metallni bolg‘a babasining boyogi zarbi (yoki press
bosimi) ta‘sirida defonnatsiyalash jarayoni erkin bolg'alash deb ata-
ladi. Bolg'alash natijasida zarur shaklli pokovka olinibgina qolmay,
uning strukturasi, binobarin, xossasi ham yaxshilanadi. Shuning
uchun og'ir sharoitda ishlovchi mashina detallar zagotovkalari (tishli
g ‘ildiraklai', turbina rotorlari, disklari, vallari, shatunlar) erkin
bolg'alash yo'li bilan olinadi.
Odatda, zagotovka sifatida og'irligi 1 t gacha bo'lgan pok-
ovkalar uchun sort prokat mahsulotlaridan, og'irligi 2-3 t li pok-
ovkalar uchun prokatlaridan va og'irligi 200 t va undan ortiq
bo'lgan yirik pokovkalar olishda quymalardan foydalaniladi. Pok-
ovkalar kamdan-kam dastaki, ko'proq mashinalarda bolg'alash yo'li
bilan olinadi. Dastaki bolg'alash usulining ish unumi haddan tash-
qari pastligi sababli undan, asosan, ta'mirlash ishlarida, mayda
pokovkalar olishdagina foydalaniladi. Mashinada bolg'alash usuli
pokovkalarni ko'plab ishlab chiqarishda va katta pokovkalar ol-
ishda keng qo'llaniladi.
Bolg'alash yo'li bilan olinadigan pokovkalarni olish tex-
nologik jarayon m a'lum ketma-ketlikda bajariladigan operatsiya-
lar majmuidan iborat bo'ladi.
Shuni ham qayd etish kerakki, birgina bolg'alash operatsiya-
laridan tashqari pokovkani tayyorlash texnologik kartalarda qayd
etiladi, unda zagotovkani bolg'alashga tayyorlash operatsiyalari
(qirqish, o'lcham va sifatlarini kuzatish, qizdirish va boshqalar)
ham kiradi.
Erkin bolg'alash jarayonining asosiy operatsiyalariga
qo'yidagilarni ko'rsatish mumkin:
1. Cho'ktirish — zagotovkaning ko'ndalang kesim ini bo'yi
hisobiga kattalashtirish (70-rasm, a);
2. Mahalliy cho'ktirish — zagotovkaning bir qisminigina
ko'ndalang kesimini kattalashtirib, bo'y o'lchamlarini qisqartirish;
3. Cho'zish — zagotovkaning uzunligini ko'ndalang kesimi
hisobiga uzaytirish (70-rasm, b);
4. Mahaliy cho'zish zagotovkaning ma'lum qism inigina
cho'zish;
5. Yumaloqlash — zagotovkani aylantirib ketma-ket zarblash
yoki uni siqish yo'li bilan doiraviy jism shakliga keltirish;
6. Qisman yumaloqlash — zagotovkani aylantirib ketma-ket
zarblash yoki uni siqish yo'li bilan bir qismini yumaloqlash;
7. Teshish — zagotovka bir qismini siqib chiqarish hisobiga
bo'shlik hosil qilish (70-rasm, v);
8. Teshikni kengaytirish - zagotovka bo'shligi yoki teshigin-
ing o'lchamlarini kattalashtirish;
9. Bukish — zagotovkani zarb bilan bukish (70-rasm, g);
10. Tekislash — zagotovka yuzasini zarb bilan ishlash yo'li
bilan bir tekis qilish;
11. Kesish — metallning bir qismini ikkinchi qismidan kesib
ajratish va boshqalar.
PAYVANDLASH ISHLAB CHIQARISH haqida MA’LUMOTLAR va PAYVADLASH ISH JOYINI TASHKIL QILISH. Payvandlash sexidagi texnika xavsizligi. Payvandlash uskunalari elektr yoyi yordamida payvandlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |