sovitib toblash deyiladi.
Sovitishda detalning harorati konstruksion po‘latlar uchun A
t3nuqtadan va asbobsozlik po‘latlari uchun A
t1
nuqtadan pastga
tushmasligi zarur. Bunday toblashdan maqsad detallarning,
ayniqsa, mustahkamlangan detallarning ichki zo‘riqishlarini va
tob tashlashini kamaytirishdan iborat.
Ikki muhitda toblashda qizdirilgan detal dastlab suvda
evtektoidda M
6 dan biroz yuqori haroratgacha sovitiladi, so‘ngra
40
tezda boshqa muhitga (moy, selitra yoki havo muhitiga) o‘t-
kaziladi, bu yerda u 20 °C gacha soviydi. Ikkinchi toblash mu-
hitida, austenitning martensitga aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan
ichki zo‘riqishlar kamayadi. Bu usul tarkibida uglerodi ko‘p
po‘latlarni toblashda qo‘llaniladi va toblovchi ishchining yu-
qori malakali bo‘lishini talab etadi, chunki detalni suvda tutib
turish muddatini aniqlash va rostlash ancha qiyin. Bu muddat,
odatda, juda qisqa bo‘ladi va 3—4 sekundni tashkil qiladi.
Bosqichli toblashda qizdirilgan detal harorati M
v nuqtadan
balandroq (odatda 230—250 °C) bo‘lgan toblash muhitida sovi-
tiladi va harorat shu muhitda tutib turiladi. Tutib turish mud-
dati juda uzoq bo‘lmasligi kerak, aks holda austenit beynitga
aylanishi mumkin. Shundan keyin havoda uzil-kesil sovitish
lozim, bu vaqtda austenit martensitga aylanadi. Bosqichli
toblashda hajmiy o‘zgarishlar, tob tashlashlar va darz paydo
bo‘lish xavfi kamayadi. Tob tashlashga moyil detallar havoda
sovitish vaqtida to‘g‘rilanadi. Uglerodli po‘latlar uchun bos-
qichli toblash buyumning diametri ko‘pi bilan 10—12 mm,
legirlangan po‘latlar uchun esa 20—30 mm gacha bo‘lgandagina
tatbiq etiladi.
Izotermik toblash bosqichli toblash kabi o‘tkaziladi, lekin
toblash muhitida tutib turish vaqti uzoqroq bo‘ladi. Bunday
tutib turishda austenit izotermik parchalanib beynit hosil qiladi.
Toblash muhitida tutib turish muddati M
b dan yuqori harorat-
da o‘ta sovitilgan austenitning barqarorligiga bog‘liq bo‘ladi va
har qaysi po‘lat markasi uchun austenitning izotermik o‘z-
garish diagrammasidan aniqlanadi. Asosan, legirlangan po‘lat-
lar izotermik toblanadi. Bosqichli va izotermik toblashda sovituv-
chi muhit sifatida suyuqlantirilgan tuzlar (masalan, 55 % KNO
va 45 % NaNO
2) yoki suyuqlantirilgan ishqorlar (20 % NaOH
va 80 % KOH) ishlatiladi. Ishqorlar va tuzlarning suyuq-
lanmalariga 5—10 % suv qo‘shilsa, sovitish tezligi ortadi.
O‘z-o‘zidan bo‘shaydigan qilib toblashda qizdirilgan detal-
ning ish qismi suvga botiriladi va qisqa vaqt tutib turilgandan
keyin chiqarib olinadi. Detalning suvga botirilmagan qismidagi
issiqlik hisobiga buyumning ish qismi qiziydi. Qizish harorati
issiqlikning o‘tish ranglariga qarab aniqlanadi. Detalni suvda tez
sovitish yo‘li bilan keyingi qizishi to‘xtatiladi. Bo‘shatish vaqtida
(200—300 °C da) o‘tish ranglarining paydo bo‘lishiga toza
41
(sayqallangan, silliqlangan) sirtda oksidlarning yupqa qatlam-
lari yuzaga kelishi sabab bo‘ladi. Oksidlar qatlamining rangi
uning qalinligiga bog‘liq.
3.6. Legirlovchi elementlarning po‘latdagi
o‘zgarishlarga ta’siriTuzilishi va xossalarini o‘zgartirish maqsadida po‘latga
ma’lum konsentratsiyalarda maxsus qo‘shiladigan elementlar
legirlovchi elementlar deyiladi. Legirlovchi elementlar qo‘shil-
gan po‘latlar
Do'stlaringiz bilan baham: |