73
qattiqligi yuza qattiqligidir. Yuzadan 50% martensit va 50% trostit
-
dan iborat qatlamgacha bo‘lgan oraliq
toblanish chuqurligi
deyiladi.
Toblanish chuqurligini aniqlashda diametri 25, uzunligi 100 mm ga
teng namunadan foydalaniladi.
Toblashdan keyin sementlangan qatlam strukturasida
mayda igna-
simon martensit, qoldiq austenit (200% gacha), ba’zan ortiqcha kar
-
bid qo‘shilmalari bo‘ladi. Quyi bo‘shatish 160...180
0
C da,
bir marta
toblansa ham, ikki marta toblansa ham, bajariladi. Bunda toblash
martensiti bo‘shatish martensitiga o‘tadi va detaldagi kuchlanishlarni
yo‘qotadi, sirt qatlamning qattiqligi 58...62 HRC ga yeta di, po‘latning
bardoshlilik chegarasi ko‘tariladi, kuchlanishlarni to‘plovchi larga
sezgirligi pasayadi.
Sementatsiya qilingan va bir marta toblangan yuqori legirlan-
gan po‘latlar da qoldiq austenit miqdori ko‘p bo‘ladi (50 % gacha).
Ularning qattiqligini oshi rish uchun toblashdan keyin sovuqlik bi
-
lan ishlov beriladi yoki yuqori bo‘shatish,
keyin toblash va quyi
bo‘shatish ishlovlari beriladi.
Qattiq karbyurizatorda sementlash pista ko‘mir (yoki yarimkoks
va torf koksi) uglerod
oksidli bariy bilan birga,
kalsiy yoki natriy
solingan maxsus yashik larda bajariladi. Yashikdagi buyumlar karbyu-
rizator qatlami bilan birga shunday o‘chirib qo‘yiladiki, buyumlar
ning umumiy hajmi karbyurizator hajmi ning 10...15 % ni tashkil qiladi.
Qattiq karbyurizatorda sementatsiya ishlovi
bajarilganda quyida-
gi jarayonlar kechadi. Karbyurizator havodagi kislorod bilan o‘zaro
ta’sirga kirishib, uglerod oksidlanadi (uglerod oksidgacha). U, temir
ning ishtirokida dissotsi atsi ya la nadi va aktiv atomlar uglerod chiqa
-
radi: 2 CO→CO
2
+C. Bu uglerod po‘latga diffuziyalanadi. Yashikdagi
uglerod oksidli tuzlar karbyurizatorning uglerodi bilan o‘zaro ta’sirga
kirishib, muhitni uglerod bilan boyitadi (BaCO
3
+C→BaO+2CO),
sementlanishni tezlatadi.
Bo‘shatish.
Bo‘shatishdan maqsad toblash natijasida buyumda
hosil bo‘lgan ichki kuchlanishlarni kamaytirish, plastik xossalarini
oshirishdir. Bo‘shatish toblashdan keyin bajarilishi shart bo‘lgan ja
-
rayondir. Bo‘shatish uchun buyum PSK kritik nuqtadan past harorat
-
gacha qizdiriladi. Bo‘shatish uch xil bo‘ladi:
74
• past haroratda bo‘shatish. Buning uchun buyum 160–250°C
haroratda qizdiriladi, ma’lum vaqt tutib turilgandan keyin
havoda so-
vitiladi.
Hosil bo‘lgan
struktura
Do'stlaringiz bilan baham: