6-BOB MATERIALLAR TURI QO‘LLANILISH
SOHALARI
6.1. Legirlangan po‘latlarga legirlovchi
elementlarning ta’siri
“Temir-uglerod” qotishmasiga, uning xususiyatlarini yaxshilash
maqsadida maxsus elementlar qo‘shiladi, ular “
legirlovchi element
”
deyiladi. Shunday elementi bor qotishmalar esa, “
legirlangan
” deyi-
ladi.
Legirlovchi elementlar po‘latlarda erkin holatda, temir bilan yoki
o‘zaro kimyoviy birikma shaklida, oksidlar, sulfidlar va boshqa
nometall qo‘shilmalar ko‘rinishida, karbid fazasida, shuningdek,
temirdagi qattiq eritmalar ko‘rinishida bo‘ladi. Ular ko‘pincha,
“temir-uglerod” qotishmalarining asosiy fazalarida (ferrit, austenit,
sementit) eriydi yoki maxsus karbidlar hosil qiladi.
Tuzilishi va xossalarini o‘zgartirish maqsadida po‘latga ma’lum
konsentratsiyalarda maxsus qo‘shiladigan elementlar
Do'stlaringiz bilan baham: |