115
Qiyin eriydigan metallar (QEM)ning eng kerakli ekspluatatsion
xossalariga ularning ishlash harorati, termoemissiya tokining zichligi,
nisbiy elektroqarshiligi kiradi. Shuning uchun ular radio va elektron
apparaturalarida ko‘p ishlatiladi.
WMo; WCu; WAg larning elektroerroziya yeyilishiga qarshiligi
katta, shuning uchun ular yuqori yuklangan kontaktlarda ishlatiladi.
W ning erish harorati ancha yuqori – 3410
o
C.
U qattiq qotishma-
larni ishlab chiqarishda va po‘latlarni legirlashda ishlatiladi.
Nb – atom texnikasida, elektrotexnikada, radioelektronikada, as-
bobsozlik va o‘tga chidamli po‘latlarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Ta – tashqi muhit ta’siriga chidamliligi nodir metallardan qolish
-
maydi. Shuning uchun u korroziyaga va yeyilishga chidamli qotish
-
malar olishda ishlatiladi.
Re – mexanik xossalari yuqori, elastik deformatsiyasi yuqori, kor-
roziya bardosh. Reniyning molibden va nikel bilan qotishmasi yuqori
haroratda ham yuqori puxtalikka ega.
Zr – QEMlar ichida eng ko‘p qo‘llaniladi. Sababi, tabiatda yetarli
tarqalganligi, korroziyabardoshligi, texnologikligi.Uni tozalab “nak-
lep” – qilinsa, uning mexanik xossalari ortadi. KEM asosan kukun
metallurgiyasi usuli bilan qayta ishlanadi.
Ti – 1725
o
C da eriydi, 3000
o
C da qaynaydi. Solishtirma og‘irligi
g=4,54kg/sm
3
. Ikki xil allotropik shaklga ega: 882
o
C
dan yuqorida
btitan, pastda atitan holida. atitanning kristallik panjarasi geksago
-
nal, atomlari zich joylashgan. btitanning kristallik panjarasi hajmi
markazlashgan kub.
Titan 1791yilda kashf etilgan bo‘lib, yer po‘stlog‘idagi zaxiri
bo‘yicha 4o‘rinda (Al, Fe, Mg dan keyin) turadi.
Titan yaxshi kesiladi, bolg‘alanadi va prokatlanadi. Titanni pro
-
katlab, tunika, lenta va hatto zarli (“folga”) titan qog‘ozi hosil qilish
mumkin.
Titanning korroziyabardoshligi zanglamas po‘latlardan ham yuqori.
Titan atmosferada, chuchuk suvda, dengiz suvida, organik kislotalarda,
ba’zi anorganik kislotalarda, o‘yuvchi ishqorlarda korroziyalanmaydi.
Titan havoda 400–600
o
C qizdirilganda uning sirti yupqa oksid ply
-
onkasi bilan (parda bilan) qoplanadi, bu parda o‘zi ostidagi qismini
116
korroziyalanishdan saqlaydi. Yana qizdirilsa, kislorod eriy boshlaydi.
Natijada titanning plastikligi pasayib ketadi. Titan xlorid, sulfat va
ftorid kislotalar ta’siridagina korroziyalanadi.
Titan yuqoridagi xossalariga asosan
hozirgi kunda energetika so-
hasida kondensatorlar, turbinalar, issiqlik almashinish apparatlarida
keng qo‘llanib kelmoqda.
Titan aluminiydan ozroq og‘ir (zichlik – Al uchun g=2,7 g/sm
3
;
Ti uchun g=4,51g/sm
3
; Fe uchun g=7,68 g/sm
3
). Lekin puxtaligi alu
-
miniy puxtaligiga qaraganda 3 barobar ortiq.
Titanning kamchiliklari ham bor: elastiklik moduli po‘latnikidan
ikki barobar kichik. Bu bikir va ustuvor konstruksiyalar yaratishni
qiyinlashtiradi. Yuqori haroratdagina emas, balki normal haroratda
ham yeyiluvchanlik xossasini namoyon qiladi.
Quyidagi 8.1-jadvaldan ko‘rinib
turibdiki, titan tarkibidagi
qo‘shimchalar miqdorining ortib borishi bilan, uning qattiqligi, mus
-
tahkamligi ortib plastikligi kamayib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: