Materiallarining izohli bibliografiyasi



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/241
Sana23.07.2022
Hajmi0,99 Mb.
#842276
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   241
Bog'liq
tarjimon

Peterburg gazetalari
. Xiva xoni. 

40, 26.11.1893, 2. Xiva xoni 1894-yil 
yozda Rossiyaga safar qilishi haqida. 
63. Yangi kitoblar. 

40, 26.11.1893, 2. Toshkentda 1180 sahifalik va 2000 
nusxada “Devoni Mir Alisher Navoiy” chop etilgani haqida. 
64. Olimjon to‘ra. 

41, 2.12.1893, 1. 21- noyabr’ kuni Buxoro valiahdi 
Olimjon to‘ra Peterburgda imperator qabulida bo‘lgan va otasi amir 
yuborgan “Toj” nishonini topshirgani haqida. 
65. 
Peterburg gazetalari
. Tashrifi janobi oliy. 

41, 2.12.1893, 1. Buxoro 
amiri 1894-yil yozda sihhatini tiklash maqsadida Kavkaz ma’dan suvlariga 
kelib ketishi haqida. 
66. 
Okraina
. Axbori doxiliya. 

42, 10.12.1893, 2. Okraina gazetasi kelasi yil 
chiqmaydi; Turkistonga g‘ayri rasmiy gazeta kerak, noshiri boshqa bo’lishi 
haqida. 
67. Axbori doxiliya. 

42, 10.12.1893, 2. Turkistonda bank ishi juda avjida; 
1875-yilda Toshkentda davlat bankining shu’basi ochilgan, birinchi yili 30 
mln pul aylantirgan, hozir yiliga 140 mln pul aylantirishi haqida. 
68. Axbori doxiliya. 

42, 10.12.1893, 2. Xiva xonligidan Rossiya hududiga 
kumush tanga olib kirishga imperator ruxsat bergani haqida. 
69. 
TVG
. Toshkand g‘azetasindan. 

44, 23.12.1893, 1,2. “TVG”da marhum 
Qo‘qon xoni Xudoyorxonning o‘g‘li Ibn Yaminbekning maqolalari: to‘y 
isrofgarchiligi haqida, pul ko‘p sarflash, buning o‘rniga bolalarni o‘qitish 
uchun sarf qilinishi kerakligi haqida. 


Tarjimon (1883 – 1917) Gazetasidagi Turkiston Materiallarining Izohli Bibliografiyasi 
87 
70. 
TVG
. Toshkand. 

46, 31.12.1893, 2. O‘lkadagi qimmatchilik va oziqning 
kamligini aholi Xitoy bilan urush bo‘lishidan deb gumon qilmoqda, bu 
gaplar noto‘g‘ri; oziq kamligining sababi paxta ko‘p ekilganidan. 
71. Samarqand. 

46, 31.12.1893, 2. Samarqandga Rossiyadan bug‘doy 
keltirilishi haqida. 
72. Xiva. 

46, 31.12.1893, 2. Xivadan Buxoroga ancha oziq yuborilgan; Xiva 
paxtasining narhi balandligi haqida. 
73. Buxoroi sharif. 

46, 31.12.1893, 2. Hayvonot dunyosini himoyasi uchun 
tuzilgan rus xayriya jamiyatining Samarqand shu’basi Buxoro amirini 
maxsus nishoni bilan taqdirlagani haqida. 
1894 
1. Toshkand. 

1, 7.01.1894, 1. Sebzor mahalla qozisi musulmon qabristoni 
va ehtiyojiga katta pul iona qilgani uchun Turkiston general gubernatori 
tarafidan tashakkurnoma olgani haqida. 
2. 
Okraina
. Samarqand. 

1, 7.01.1894, 1. Panjikent taraflarida oziq shu 
qadar qimmat bo‘lganki, mahr sifatida 4 pud un berib qiz olgan hollar ham 
uchraishi haqida. 
3. Toshkand. 

2, 14.01.1894, 1. 1893-yili Turkiston viloyatida 2 mln 600 
ming pud, Buxoroda 800 ming pud amerikan paxtasi hosili sotilgani haqida. 
4. Axbori 
doxiliya. 

3, 21.01.1894, 1,2. Turkiston viloyati nizomining 262-
moddasiga qo‘shimcha kiritilgan: shirkat va kompaniyalar viloyatda yer va 
mulk oladigan bo‘lsa sheriklari va hissadorlari rus fuqarosi va nasroniy 
mazhabida yoki mahalliy odam bo‘lishi kerak; boshqalar yer va mulk sotib 
ololmaydi; iyul boshida real’niy maktab ochiladi, binosi uchun kerakli 
47000 rublni Buxoro fuqarosi o‘qishi uchun amir bergani haqida. 
5. 
Okraina
. Toshkand. 

4, 30.01.1894, 2. Toshkentda yilda 300 tuya, 610 
ot, 15 ming ho‘kiz va sigir, 10000 buzoq va echki, 300000 qo‘y so‘yiladi; 
2-yanvarda Turkiston general gubernatori katta ziyofat bergan; Buxoro 
amirining elchisi, polkovnik Bobobek, Jo‘rabek, qozilar Rahimxo‘ja, 
Boqibek, Muhyiddinxo‘jalar ishtirok etgani haqida. 
6. 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish