Tarjimon (1883 – 1917) Gazetasidagi Turkiston Materiallarining Izohli Bibliografiyasi
21
Il’minskiyning bu siyosatini Turkistonda targ‘iboti
va tatbiqi bilan uning
sodiq o‘quvchisi Nikolay Ostroumov mashg‘ul bo‘ldi. Ostroumov bu
siyosatning amaliyochisi sifatida Gasprinskiyning fikr va g‘oyalari Turkiston
o‘lkasiga kirib kelishi va yoyilishiga qarshi imkon qadar yo‘l qo‘ymaslikka
harakat qildi. Ostroumovga bu ta’rifni Il’minskiyning o‘zi berdi.
96
Shu
sababdan
ham Ostroumov va Gasprinskiy orasidagi munosabat o‘ta ziddiyatli edi. Bu
ziddiyani ular nashr qilgan “Turkiston Viloyatining Gazeti” va “Tarjimon”
gazetalarining sahifalarida ko‘plab uchratish mumkin. Ostroumov 1898-yilgi
Andijondagi Dukchi Eshon
97
qo‘zg‘oloni tahlili davomida asosiy aybni
musulmonlar bo‘yniga qo‘ydi. U, “musulmonlar imkon paydo bo‘lishi bilan,
shariat
qonuniga muvofiq, ularni boshqarayotgan nomusulmon bo‘lgan
hokimiyatga qarshi kurashishi shart”
98
, degan fikrni ilgari surdi. Gasprinskiy o‘z
navbatida Ostroumovning bu kabi xulosalarini o‘ta tanqidiy fikrlar bilan qarshi
oldi. Gasprinskiy: “Agar Ostroumovning so‘zlariga ishonadigan bo‘lsak,
ruslarning musulmonlarga nisbatan hech qanday ishonchlari bo‘lmasligi kerak.
Birinchi imkoniyatdayoq musulmon bo‘lmagan millatlarga
qarshi dinlari urush
e’lon qilishga buyurgan odamlarga qanday ishonish mumkin? Ostroumovning
bu fikrlarini umuman qabul qilib bo‘lmaydi”
99
, deb javob berdi.
Ostroumovning musulmonlar va umuman
islom borasida qilgan
izlanishlari, e’lon qilingan asar va maqolalari Il’minskiyning ajratib tashlash
siyosatining mohiyatini ochib beradi. Uning “Turkiston
Viloyatining
Gazeti”dagi yuqori mazmundagi deyarli barcha maqolalari tahlilga tortilsa,
musulmonlarga nisbatan ishonchsizlikni
va ularni bir-biriga
yaqinlashtirmaslikni targ‘ib qilganligi yaqqol ko‘rinib turadi. Agar Gasprinskiy
orzu
qilganidek, Rossiyaning musulmon bo‘lgan turkiy millatlari birlashsa,
Il’minskiy va uning izdoshlari fikriga ko‘ra, ular
albatta Rossiya davlatiga
qarshi qo‘zg‘oladi. Bu kabi fikrlar ayniqsa 1898-yil Andijon qo‘zg‘olonidan
96
Yuqoridagi asar, – S.38.
97
Andijon qo‘zg‘oloni turli nuqtai nazardan tahlil qilingan. Batafsil ma’lumot uchun
qarang:
Bregel, Yuri
(compiled and ed.). Bibliography of Islamic Central Asia
(Uralic and Altaic Series; 3-Volume set). – Bloomington: Indiana
University Press,
1995. –
Р
.620 – 621;
Do'stlaringiz bilan baham: