Matematikadan didaktik materiallar


«Bo'g'irsoqqa yordam bering» o'yini



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/61
Sana29.12.2021
Hajmi1,15 Mb.
#79223
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61
Bog'liq
Didaktik o'yinlar

«Bo'g'irsoqqa yordam bering» o'yini 

Didaktik topshiriq: O'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o'stirish. 

O'yin  topshirig'i:  O'yin  jarayonida  ko'p  xonali  sonlarni  ikki  xonali  songa  bo'lish 

malakasini hosil qilish. 

O'yin bayoni: O'yin jihozi uchun magnitli doska, bo'g'irsoq rasmi, ertak qahramonlari: 

quyon, bo'ri, ayiq, tulki rasmi ishlanmasi, o'rmonni tasvirlovchi rasm. 

O'qituvchi o'yin sharti bilan tanishtiradi. 

O'quvchilarning matematika faniga bo'lgan qiziqishlarini oshirish. 

Qadim zamonda bir chol bilan kampir bo'lgan ekan. Ular juda kambag'al bo'lishganligi 

sababli  non  qilishga  qurblari  yetmabdi.  Kampir  suprani  sidirib  bittagina  bo'g'irsoq 

pishiribdi  va  uni  deraza  yoniga  qo'yibdi.  Bo'g'irsoq  o'tirib-o'tirib  zerikibdi  va  dumalab 

zinaga,  zinadan  yo'lakka,  yo'lakdan  o'rmon  yo'liga  chiqib,  o'zining  quvnoq  qo'shig'ini 

aytib ketaveribdi. Uning yonidan quyoncha chiqib qolibdi. 

Quyoncha unga «Men seni yeyman» debdi. Bo'g'irsoq: «Mayli, lekin bitta shartim bor, 

shuni bajara olsang, meni yeyishing mumkin» debdi. Quyon rozi bo'libdi. Bo'g'irsoq unga 

kartochkaga yozilgan test savol berib, javobini belgilab bering debdi. 

Kartochkada: 257 • 48 

a) 987; 

b) 64701; 

d) 12336. 

Ammo,  quyon  maktabda  o'qimaganligi  uchun  uni  yecha  olmabdi.  Qani,  bolajonlar, 

sizlar  yechib  ko'rsatinglar  deb  bolalarga  murojaat  qilinadi  va  shu  test  topshirig'i  sinf 

doskasiga  yozib  beriladi.  Bolalar  misolni  tezgina  yechib  ko'rsatadilar.  Undan  keyin, 

bo'g'irsoq  yo'lida  davom  etib  ketayotgan  ekan,  bo'riga  to'qnash  kelibdi.  Bo'ri  ham 

bo'g'irsoqqa  «Men  seni  yeyman»  debdi.  Bo'g'irsoq  quyonga  aytgan  gapini  aytibdi: 

«Mayli, lekin bitta shartim bor, shuni bajara olsang, meni yeyishing mumkin». 

Bo'g'irsoq  unga:  «3212  :  41»  misol  yozilgan  kartochkani  berib,  «mana  shu  misolni 

yechib ber-chi» debdi. Bo'ri misolni yecha olmabdi, unga o'quvchilar yordam berishibdi. 

Bo'g'irsoq yana yo'lida davom etib ketayotgan ekan, yo'lda ayiq polvonga duch kelibdi. U 

ham bo'g'irsoqqa «Men seni yeyman debdi», Bo'g'irsoq: «Mayli, lekin bitta shartim bor, 

shini bajara olsang, mehi yeyishing mumkin», debdi. Ayiq rozi bo‟libdi. 

Bo'g'irsoq unga: Qancha olma qutilarga joylashgan? 

3012-324 = ? 

shuni  yechib  ber-chi  debdi.  Lekin,  ayiq  polvon  ham  misolni  javobini  topa  olmabdi. 

O'quvchi  bolajonlarga  Sizlar  yechib  bering-chi  deb  murojaat  qilibdi.  Bolalar  tezgina 

yechib beradilar. So'ng bo'g'irsoq dumalab ketayotgan edi, tulkiga duch kelibdi. U ham 

shu  gaplarni  aytibdi.  Bo'g'irsoq  rozi  bo'lib,  shu  masalaning  ikkinchi  savolini  topib, 

misolini yechib berish topshirig'ini beribdi. 



Har bir yashikda necha kg olma joylangan? 2688 : 96 = ? Tulki misolni yecha olmabdi. 

Bu  masalaning  javobini  o'quvchilar  tezda  bajaribdilar.  Har  bir  qutida  28  kg  olma 

joylashgan deb aytadilar. O'qituvchi olma qay vaqtda terilishi, bu mevaning inson hayoti 

uchun foydasi haqida gapirib beradi. 

«Aziz  bolajonlar!  Ko'rdingizmi?  Bilimning  kuchi  tufayli  bo'g'irsoq  o'limdan  qutulib 

qolibdi.  Hatto  tulki  ayyorlik  qilsa  ham  bo'g'irsoq  bo'sh  kelmabdi.  Matematikani 

bilmaganliklari uchun quyon, bo'ri, ayiq va tulkilar ham bo'g'irsoqni yeya olmabdilar. Bu 

matematikani yaxshi bilganligi tufaylidir». 

Xuddi  shunga  o'xshash,  o'yinni  «Zumrad  bilan  Qimmat»,  «Uch  og'a-ini  botirlar», 

«Oltin sandiqcha» kabi ertaklar asosida o'tkazish mumkin. 

 


Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish