“Matematika tarixidan lavhalar” rubrikasi ostida beriladigan materiallar


Aylanish jismlari bo’yicha o’tkaziladigan viktorinalar uchun savollar



Download 0,49 Mb.
bet13/18
Sana10.07.2022
Hajmi0,49 Mb.
#772837
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Qiziqarli matematika

Aylanish jismlari bo’yicha o’tkaziladigan viktorinalar uchun savollar.
Аylаnish jisмlаrigа silindr, kоnus, shаr, sfеrа, dоirа, аylаnаlаr kirаdi. Parallel ko`chirish bilan ustma-ust joylashadigan va bitta tekislikda yotmaydigan ikki doiradan va bu doiraning mos nuqtalarini tutashtiruvchi hamma parallel to`g`ri chiziq kesmalaridan tashkil topgan jism silindr (doiraviy silindr) deyiladi. Doiralar silindrning asoslari deyiladi, doira aylanalari mos nuqtalarini tutashtiruvchi kesmalar silindrning yosovchilari deyiladi.

Parallel ko`chrish harakat bo`lganligi uchun silindrning asoslari teng bo`ladi. Parallel ko`chirishda tekislik parallel tekislikka (yoki o`ziga) o`tgani uchun silindrning asoslari parallel tekislikda yotadi.
Parallel ko`chirishda nuqtalar parallel (yoki ustma-ust tushuvchi) to`g`ri chiziqlar boyicha ayni bir xil masofaga ko`chgani uchun silindrning yasovchilari o`zaro parallel vat eng bo`ladi.
Silindrning sirti asoslaridan va yon sirtdan tashkil topgan. Yon sirti yasovchilaridan tuzilgan.
Silindrning yasovchilari asos tekisligiga perpendicular bo`lsa, bunday silindr to`g`ri silindr deyiladi.
To`g`ri silindrni to`g`ri to`rtburchakni aylantirish o`qi vazifasini bajargan biror tomoni atrofida aylantirishdan hosil qilingan jism deb qarash mumkin.
Silindr asosining radusi silindrning radusi deyiladi. Silindr asoslarining tekisliklari orasidagi masofa silindrning balandligi deyiladi. Asoslarining markazidan o`tuvchi to`g`ri chiziq silindrning o`qi deyiladi. Bu o`q yasovchilarga parallel bo`ladi.
Silindrning uning o`qiga parallel tekislik bilan kesimi to`g`ri to`rtburchak bo`ladi.
Konus (doiraviy konus) deb shunday jismga aytiladiki, u doira- konus asosidan, shu doira tekisligida yotmagan nuqta- konusning uchidan va konusning uchini asosining hamma nuqtalari bilan tutashtiruvchi kesmalardan iborat bo`ladi.
Konus uchini asos aylanasi nuqtalari bilan tutashtiruvchi kesmalar konusning konusning yasovchilari deyiladi. Konusning sirti asosidan va yon sirtdan iborat.
Konusning uchi bilan asos aylanasi markazini tutashtiruvchi to`g`ri chiziq asos tekisligiga perpendikulyar bo`lsa, bunday konus to`g`ri konus deyiladi. To`g`ri konusni to`g`ri burchakli uchburchakni aylantirish o`qi vazifasini bajargan kateti atrofida aylantirishdan hosil qilingan jism deb qarash mumkin.
Konusning uchidan uning asosiga tushirilgan perpendikular konusning balandligi deyiladi. To`g`ri konus balandligining asosi asos markazi bilan ustma-ust tushadi. To`g`ri doiraviy konusning balandligidan o`tuvchi to`g`ri chiziq uning o`qi deyiladi.
Konus uchi orqali o`tuvchi tekislik bilan konusning kesimi teng yonli uchburchakdan iborat bo`lib, uning yon tomonlari konusning yasovchilari bo`ladi. Xususan konusning o`q kesimi teng yonli uchburchak bo`ladi. Bu kesim konusning o`qidan o`tadi.

1. Silindrning hajmi (sirti) formulasini kesik konus hajmi (sirti) formulasining xususiy holi sifatida qarash mumkinmi? (Javob: Mumkin, ikkala asos radiuslari teng deb qaraladi.)


2. Konus yon sirtini teng ikki bo’lakka bo’lish uchun uni uchidan hosiblaganda qanday masofada asosiga parallel tekislik bilan kesish kerak? Hajmini-chi? (Javob: Yon sirtini hajmini, masofada.
3. Istalgan to’g’ri doiraviy konus tashqarisiga shar chizish mumkinmi? (Javob: mumkin, chunki uning kesimi uchburchakdan iborat.)
4. Konusning yon sirtini (hajmini) kesik konus yon sirti hajmi formulasidan foydalanib toppish mumkinmi? (Javob:Mumkin, kesik konusning kichik asosi radiusi nolga teng qilib olinadi.)
5. Istalgan kesik konus tashqarisiga shar chizish mumkinmi? (Javob:Mumkin)
6. Qanday kesik konus ichiga shar chizish mumkin? (Javob:Asoslarining yig’indisi yasovchisidan ikki marta katta bo’lgan sharga.)
7. Har qanday doiraviy konus ichiga shar chizish mumkinmi? (Javob: Mumkin, chunki uning kesimi uchburchakdan iborat.)
8. Qanday prizma tashqarisiga shar chizish mumkin? (Javob: Agar prizmaning asosiga tashqi aylana chizish mumkin bo’lsa).
9. To’g’ri doiraviy silindr tashqarisiga shar chizish mumkinmi? (Javob: Mumkin)
10. Qanday prizma ichiga shar chizish mumkin? (Javob: 1) Agar prizma asosiga ichki aylana chizish mumkin bo’lsa; 2) prizma to’g’ri bo’lsa;3) prizma balandligi shar diametriga teng bo’lsa.)
11. Qanday uchburchakli piramida tashqarisiga shar chizish mumkin? (Javob: Istalgan uchburchakli piramida tashqarisiga shar chizish mumkin.)
12. Qanday piramida tashqarisiga shar chizish mumkin? (Javob: Asosiga tashqi aylana chizish mumkin bo’lgan istalgan piramida tashqarisiga).

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish