Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida “Matematika tarixi asoslari”mavzularini o’qitish metodikasi
Mundarija
Kirish
§1. Sоn tushunchаsini shаkllаnishi vа rivоjlаnishi
§2. O`rtа Оsiyo vа Yaqin Shаrq mаtemаtikаsi
§3. O`rtа аsr O`rtа Оsiyolik аllоmаlаr hаyoti vа ijоdidаn nаmunаlаr
4§. Sаmаrqаnd ilmiy mаrkаzi
§5. Geometriya darslarida tarixiy ilmiy merosning o`rni
§6. O`zbekistonda hozirgi zamon matematikasi rivojlanishi haqida.
Xulosa
Adabiyotlar ruyhati
Ilova
KIRISH
Prezidentimiz Islom Karimov ta´kidlaganidek, biz tayanchimiz va suyanchimiz, g´ururimiz va iftixorimiz bo´lmish bolalarimizga, farzandlarimizga ishonch bilan, hurmat-ehtibor bilan qarashni kelajagimizga bo´lgan ishonch, millatimizga, xalqimizga bo´lgan hurmat-ehtirom ifodasi, deb bilamiz.
Mamlakatimizda ma´naviyat va ma´rifatni yuksaltirishga, bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga katta ehtibor qaratilmoqda.
Joriy yilning 19 fevral kuni O´zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’lom bola yili” Davlat dasturi to´g’risida”gi qarori qabul qilindi. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, bu mustaqilligimizning ilk kunlaridan jismonan sog’lom va ma´nan yetuk barkamol avlodni tarbiyalash ustuvor vazifa etib belgilangan ijtimoiy yo´naltirilgan davlat siyosatining mantiqiy davomi bo´ldi.
Dasturda avvalo ham jismoniy, ham ma´naviy jihatdan sog´lom, mustaqil fikrlay oladigan, yuksak intellektual salohiyatli, chuqur bilimli va zamonaviy dunyoqarashga ega, mamlakat taqdiri va kelajagi uchun mashuliyatni o´z zimmasiga olishga qodir barkamol avlodni shakllantirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini ana shu maqsadlarga safarbar etishga doir keng miqyosli chora-tadbirlarni amalga oshirish ko´zda tutilgan.
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli asosida uzluksiz ta’lim yotadi. Uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo`lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko`rsatish muhitini o`z ichiga oladi.
Umumiy o`rta ta’lim negizida o`qish uch yil bo`lgan majburiy o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. O`rta maxsus, kasb-hunar ta’lim yo`nalishi akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o`quvchilari tomonidan ixtiyoriy tanlanadi. Akademik litsey va kasb-hunar kolleji davlat ta’lim standartlariga muvofiq o`rta maxsus ta’lim beradi. O`quvchilarning imkoniyatlarini va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishini chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo`naltirilgan ta’lim olishini tahminlaydi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o`quvchilar o`zlari tanlab olgan ta’lim yo`nalishi bo`yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o`rganishga qaratilgan maxsus, kasb-hunar ko`nikmalarini o`zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Akademik litsey va kasb-xunar kollejlarda ta’lim saviyasini va samaradorligini oshirish shu kunning dolzarb muammolari va masalalaridan biri xisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham o´sib kelayotgan yosh avlodni bilimli, intiluvchan, mustaqil fikrlaydigan va zamona ruhiga mos shaxs sifatida tarbiyalash vazifasi ustivor masala qilib qo´yilgan. Ushbu masalani hal etish ko´p jihatidan ta´lim sohasiga davlatimiz tomonidan berilaetgan imtiyozlarga, bugungi kunda bo´lib turgan ta´limning sifatini oshirishga qaratilayotan ulkan ehtiborga ham bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |