Matematika o‘qitish texnologiyasi va loyihalash


II BOB. Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim vositalari



Download 0,75 Mb.
bet4/12
Sana07.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#754325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi

II BOB. Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim vositalari.
Zamonaviy ta’lim vositalarini bir nechta turga bulish mumkin. Shulardan dasturiy texnik va internet resurslari hisoblanadi. Elektron axborot ta‘lim resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta‘minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi. Odatda, taqdimotni o’tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint dasturiy ta‘minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur mahsulot formatidagina bo’lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va o’z navbatida, masofali ta‘lim turining paydo bo’lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o’zida onlayn ravishda to’g’ridan-to’g’ri ko’rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida yaratilgan fayl bo’lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan.
Mahsulot iSpring deb nomlanadi va iSpring Free, iSpring PRO va iSpring Presenter kabi variantlarga ega. Mustaqil ekspertlarning fikriga ko’ra, bugungi kunda mazkur mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash sifati va optsiyalar soniga ko’ra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring nafaqat flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta‘lim jarayonida qo’llanilishi mumkin bo’lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli shakldagi so’rovlar, elektron testlarni ham kiritgan holda o’zaro interaktiv bog’lanish imkoniyatini ham beradi. iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud:
• taqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati;
• taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati;
• taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko’ra olish, taqdimotga «himoya belgi»si qo’yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»;
• video qo’shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;
• elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o’qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o’rnatilgan (Quiz tugmachasi);
• masofaviy o’qitish tizimida foydalanish uchun SCORMG‘AICC — mos keluvchi kurslarini yaratish;
• taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API;
• videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;
• YouTube‘ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyati.

EAT resurslari ichida kiruvchi ma‘lumotnomalar va lug’atlarni yaratish uchun iSpring Kinetics dasturini keltirish mumkin. iSpring Kineticsning quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:


• biror-bir fan bo’yicha elektron ko’rinishdagi qulay bo’lgan glossariy, ma‘lumotnoma yoki lug’at yaratish;
• vaqt shkalasini yaratish;
• 3 o’lchovli kitob yaratish;
• FAQ yaratish mumkin.
EAT resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun
iSpring QuizMaker dasturini keltirish mumkin.
iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
• tarmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalash tirilgan testlarni yaratish) imkoniyati;
• ikki, uch, to’rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to’g’ri, ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari;
• bir necha to’g’ri javobli yopiq test topshiriqlari;
• ochiq test topshiriqlari;
• o’xshashlikni aniqlashga yo’naltirilgan topshiriqlar;
• to’g’ri ketma-ketlikni aniqlashga mo’ljallangan topshiriqlarni yaratish imkoniyati.
Mualliflik dasturiy ta’minoti — kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vosi­tasi sifatida qo‘llaniladi. Mualliflik dasturiy ta’minotlar yordamida elektron darsliklar yaratish juda qulay. Elektron darsliklar, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish hamda yodda saqlashni maksimal darajada yengillashtiradi. Quyida mualliflik dasturiy ta’minotlarining imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. Mualliflik dasturlariga misol qilib, Articulate Storyline, Adobe Captivate, CourseLab, iSpringPro, Lectora kabi dasturlarni keltirishimiz mumkin. Articulate Storyline kurslar yaratish uchun mo‘ljallangan eng mashhur dasturlardan biri bo‘lib, u moslashuvchan, foydalanishda qulay va turli maqsadli kurslar yaratish uchun ishlab chiqilgan. Articulate Storyline — uch utilitli (Presenter, Quizmaker, Engage) paket, o‘rgatuvchi kurslarni, taqdimotlar, testlar va kontentning boshqa shakllarini iPadda ko‘rish va masofali ta’lim tizimlariga integ­rallanishi mumkin bo‘lgan Flash va HTML5 formatlarda yaratish imkoniyatini beradi. Adobe Captivate— Mic­rosoft Windows va dasturiy ta’minotni namoyish etish, video-darslarni yozish, dastur simulyasiyasini yaratish.


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish