Matematika o‘qitish texnologiyasi va loyihalash



Download 0,75 Mb.
bet8/12
Sana07.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#754325
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kurs ishi

Janubiy Koreya
Janubiy Koreya ta’lim tizimiga yangi texnologiyalarni kiritish jarayoni 80-yillarda boshlangandi. Bu paytda ko‘pgina salbiy dunyoviy o‘zgarishlar (aholining qarishi, yoshlar o‘rtasida ishsizlikning ko‘payishi va h.k.) mamlakat hukumatida milliy ta’lim tizimiga jadal yangiliklar kiritish g‘oyasini uyg‘otdi. Koreya ta’lim va fan olami raqobatdoshligining umumiy oshirilishi mamlakatni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan edi. Maktablarda AKTdan foydalanish belgilangan maqsadlarga erishishga imkon beruvchi vositalardan sanalgandi.
2011-yilda Koreya Respublikasi Maorif vazirligi va Axborot jarayonlari bo‘yicha Prezident kengashi «A Road to the Power of Talented Individuals! SMART Education»(“Iqtidorli shaxslar salohiyat va qudrati sari yo‘l! Aqlli ta’lim”), qisqacha — SMART Education loyihasini taqdim etdilar. SMART dasturi, birinchidan, maktablarda bahs-munozaralarda va loyihalashtirish faoliyatida ishtirok etishga qiziqtiruvchi, o‘qituvchilar va o‘quvchilarga bir-birlari bilan teng muloqot qilish imkonini beruvchi yangicha ta’lim muhitini yaratishni ko‘zda tutadi. Ikkinchidan, dastur barcha xohlovchilar uchun tahsil olish imkonini kengaytiruvchi, yangi ko‘nikma va bilimlar olish yoki o‘tkazib yuborilgan mashg‘ulotlarni o‘rganib olish imkonini beruvchi masofaviy ta’lim rivojiga e’tibor qaratadi.
Darslarda o‘qituvchilar turli multimedia materiallaridan foydalanadilar, o‘quvchilar bilan muloqotga kirishadilar. Masofaviy mashg‘ulotlarda esa o‘qituvchi maxsus ishlab chiqilgan o‘quv materiallaridan foydalanadi, ijodiy muhit yaratadi va bilimlarni baholaydi. Ta’lim berish davomida maxsus murabbiy (tutor) ham biriktirilgan bo‘lib, u o‘quvchilarning bilim olish jarayonini kuzatadi, o‘qituvchilarning virtual va bulut texnologiyalari bilan ishlashlariga ko‘maklashadi.
So‘nggi yillarda Janubiy Koreyada virtual maktab va universitetlar faol ko‘payib bormoqda. Ularda ta’lim jarayoni to‘laqonli ravishda onlayn ta’lim vositalari yordamida o‘tadi, o‘quvchilar esa o‘zlarini qiziqtirgan kurslarni aynan qiziqishlari doirasida tuzilgan o‘quv rejasi bo‘yicha (masalan, Air and Correspondence High School; Ewha Womans University, Hanyang Cyber University and International Cyber University) o‘tadilar.
Uchala mamlakatda ta’limni raqamlashtirish borasida ahamiyatli yutuqlarga erishildi. Bu PISA va TIMSS** o‘quvchilarning ta’limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturlarida mamlakatlar ko‘rsatkichlarini sezilarli ravishda yaxshilash imkonini berdi. Texnologiyalarning haddan ziyod ko‘p ishlatilishi bilan bog‘liq qiyinchiliklar jamoatchilik suhbatlari va malaka oshirish kurslari orqali hal qilindi: tanqidiy fikrdagi o‘qituvchilar va ota-onalarga maktabda yangi texnologiyalardan foydalanish o‘quv jarayonini rang-barang va qiziqarli qilibgina qolmay, bolalarni kompyuter savodxonligiga va 21-asrning boshqa muhim yangiliklariga oshno qilish imkoniyatini ham berishi tushuntirildi.


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish