Matematika o‘qitish texnologiyasi va loyihalash


O‘qitish orqali tahsil olish



Download 0,75 Mb.
bet9/12
Sana07.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#754325
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kurs ishi

O‘qitish orqali tahsil olish
Amerika O‘zaro ta’lim universiteti (Peer2Peer University yoki P2PU) da ham ta’lim masofadan amalga oshiriladi, ammo bu yerda o‘qituvchining roli minimallashtirilgan. Ushbu o‘quv muassasasi har bir foydalanuvchiga ham ma’lumot olish, ham ma’lumotni ulashish imkonini beruvchi P2P fayllar almashish texnologiyasi deb nomlangani ham bejizga emas. Talabalar guruhlarda muloqot qilish uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadilar: bu yerda bir-birlarining ishlarini ko‘rib chiqadilar va muhokama qiladilar. O‘qituvchilar, asosan, maslahatlar, o‘quv adabiyoti bo‘yicha tavsiyalar beradilar, ta’lim doirasida yo‘naltirib turadilar. Ko‘pincha o‘quvchilar o‘zlari universitetning ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatini kengaytirib, yangi kurslar tashkil qiladilar.
Bunday o‘ta demokratik tizimning boshqa tomoni ham bor: davlat tashkilotlari va ish beruvchilar har doim ham P2PU va boshqa shu kabi masofaviy ta’lim muassasalarining diplomlarini tan olmaydilar. Bunga, asosan, masofaviy ta’limga qiziqish paydo bo‘lishi barobarida go‘yoki ta’lim berib, pochta orqali diplom jo‘natuvchi, aslida esa hech qanday malaka ulasha olmaydigan muassasalarning ko‘payib ketganligi sababdir. P2PU ma’muriyati shu sababli ham ba’zi kurslarini yetakchi o‘quv muassasalarida ro‘yxatdan o‘tkazadi. Shu tariqa an’anaviy ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarning ba’zi kurslarni P2PU orqali o‘qiganlari ham hisobga olinadi.
Masofaviy ta’lim uchun mo‘ljallangan o‘quv materiallar an’anaviy tizimda taklif etiladiganlaridan qolishmaslik bilan birga, ulardan ustunroq ham. Bosma kitoblardan farqli o‘laroq, onlayn kurslar muntazam ravishda takomillashtirilib, to‘ldirib turiladi. Internet uzoq vaqt aynan ta’limiy va ilmiy muhitda rivojlanib kelganligi sababli onlayn darsliklar internet bilan bir paytda paydo bo‘lgan. 17 yil avvval esa muhim yangilik ro‘y berdi: Massachusets texnologiya instituti (MTI) ocw.mit.edu saytida topshiriqlar to‘plami va hatto o‘z professorlari videoma’ruzalarini foydalanuvchilar uchun ochiq joylashtira boshladi (OCW — OpenCourseWare — “ochiq o‘quv qo‘llanmalari”). MTI qo‘llanmalarni nafaqat bepul joylashtira boshladi, balki foydalanish va tarqatish jarayonini takomillashtirib, to‘ldirib, dolzarbligini ham ta’minlab turdi. Bu kutilmagan qadam edi. Chunki ta’lim muassasalari aslida bilimni sotish orqali kun ko‘radi, bu universitet esa bilimni bepul ulashadi. MTI rahbariyati “institutning asosiy boyligi — auditoriyalar va laboratoriyalarda talabalar bilan ishlayotgan o‘qituvchilarning tajribasi. Shuningdek, talabalar o‘quv jarayonlari davomida yaratadigan qizg‘in muhit. Bu bebaho ta’lim jarayonini esa baribir internet orqali ulashib bo‘lmaydi”, deb hisoblaydi. Ochiqlik esa MTIning dunyoning yetakchi universitetlari qatoridagi o‘rnini faqatgina mustahkamlaydi. Bugungi kunga kelib, OpenCourseWare tashabbusiga yuzlab ta’lim muassasalari qo‘shildilar.
2012-yilning yanvariga kelib, MTI yangi MITx dasturini ishga tushirganligini e’lon qilib, yana bir qadam oldinga ilgariladi. Bu dastur eng muhim maqsadni ko‘zladi — institut masofaviy ta’lim sertifikatini berish taraddudini ko‘ra boshladi. Bungacha AQShdagi hech bir nufuzli universitet bunday ishga qo‘l urmagan edi. Unga ko‘ra, dunyoning turli burchaklarida istiqomat qiluvchi talabalar MTIning oddiy talabalari topshiradigan test va imtihonlardan o‘tishlari mumkin edi. Bundan tashqari, institut bu dastur doirasida universitetda mavjud bo‘lgan onlayn kurslarni yanada kengaytirdi, an’anaviy — kunduzgi ta’lim dasturi bo‘yicha tahsil oluvchi talabalarni ham jalb qila boshladi. Asosiy va muntazam o‘tiladigan darslar bo‘yicha test va imtihonlarni endi talabalar onlayn tahsil oluvchilar bilan birga topshiradigan bo‘ldilar. Talabalar axborot almashishlari uchun katta maydon tashkil etildi.
Masofadan tahsil oluvchi talabalar universitetlarga ham qulay: katta o‘quv xonalari uchun ehtiyoj yo‘q, o‘qituvchilar har yangi guruhga bir mavzuni qayta-qayta o‘tavermaydilar — videoyozuvlarning o‘zi kifoya.
Endi Rossiyadagi bu soha bo‘yicha bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘xtalsak, ko‘pgina universitetlarda avvalgi sirtqi bo‘limlar o‘rniga masofaviy ta’lim fakultetlari (MTF) tashkillashtirildi. Ana shunday muassasalardan biri — Tomsk davlat tizim boshqaruvi va radioelektronika universiteti. Unda Rossiya va MDHning turli davlatlaridan o‘nlab yo‘nalishlar bo‘yicha 7 000 dan ortiq talaba tahsil oladi.
Masofaviy ta’lim fakultetlariga o‘qishga kirish qiyin emas. Buning uchun kompyuter yordamida oddiy test jarayonlaridan o‘tish, o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma va yana bir necha hujjatlarni taqdim qilish, o‘quv yili birinchi yarmi uchun to‘lovni amalga oshirish kifoya. Biroq abituriyent nimani xarid qilayotganini oldindan bilmagan holda pul to‘laydi. G‘arb universitetlaridan farqli o‘laroq, Rossiya ta’lim muassasalari tarmoqqa o‘zlari haqida juda kam, asosan reklama yo‘nalishidagi ma’lumotlarni joylashtiradilar .

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish