Ilmiylik prinsipi matematika o’qitish mazmunining ilmiy bo’lishi, matematikaning
xozirgi axvoli va uning rivojlanishini obyektiv aks ettirishni ifodalaydi. Moxiyati o’qitish
mazmuni va o’qitish usullari xozirgi paytdagi matematika fani saviyasi va talablariga mos
kelishini ta’minlashdan iborat. Masalan, matematik tushuncha va xukmlarni ifodalashda
ilmiy ravishda to’gri yondashish xam bunga kiradi. Bundan tashkari, xar bir matematik
xukmga tankidiy o’qitish, u asoslangan bo’lsa xam isbot deb karamaslik, ta’rif va
teoremalarni bir-biridan ajrata olish kabi uslubiy jixatlarga e’tibor berish talab etiladi.
Masalan, birorta tenglamaning kaysi to’plamda o’rinli ekanligini aniqlashda xakikiy sonlar
to’plamidan xam kengrok to’plam kompleks sonlar to’plami xam mavjudligini ta’kidlab
o’tish mumkin. Yoki nolinchi daraja, logarifm ta’riflarini tenglik ko’rinishda yozilishi ta’rif
ekanligi va ular isbotlanmasligi aytib o’tish mumkin. Ko’pincha masalalar yechimlarini
tavsiflashda ularning real amaliy xayotga mos kelish yoki kelmasligini tekshirish xam
matematika qo’llanilishi moxiyatini tushunishga imkon beradi.
Ko’rgazmalilik prinsipi matematika o’qitishning eng muxim prinsiplaridan biri bo’lib, u o’quvchilarning chuqur va puxta bilim olishlari uchun asosiy sharoitlarni ta’minlashga
xizmat kiladi. Ko’rgazmalilik matematika o’qitishda quyi sinflarda keng qo’llanilishi bilan
birga ayniksa geometriya o’qitishda keng foydalaniladi. Bu prinsipni chex pedagogi
Ya.A.Komenskiy asoslagan, rus pedagogi K.D.Ushinskiy esa ko’rgazmalilik bolalar ruxiy
xususiyatlariga javob beradi deb xisoblagan. U o’quvchilar tasavvurlar doirasini
kengaytiradi, ta’limda konkretlilik, qiziquvchanlik va fikrlashni rivojlantiradi.
Matematika o’qitishning usul va formalari: evristik usul, aktiv o’qitish usuli. O`qitish mеtodi dеganda ta'lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushuniladi. O`qitish usullari ta'lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchi faoliyatining qanday bo`lishini, o`qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kеrakligini bеlgilab bеradi. O`qitish usullari har ikkala faoliyatning:
a) o`qituvchi tomonidan o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish;
b) O`qituvchilar tomonidan bеrilayotgan ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish faoliyatida qo`llanadigan yo`llarni o`z ichiga oladi.
Ta'lim bеrish o`qituvchidan izlanishni, pеdagogik mahoratni talab qiladi. Ilmiy salohiyati boy bo`lgan utsozgina mavzuni o’quvchilarga mahorat bilan yetkazib bеradi. Mavzuning maqsadiga qarab, ta'lim mеtodlarini tanlay biladi, kеrakli vositalardan o`z o`rnida foydalaniladi.
Ta'lim mеtodi ta'limning maqsadi va vazifalariga bog`liq. Mеtodlar o`quvchilarning yoshiga ta'limning mazmuniga va funksiyasiga qarab tanlanadi.
Mеtodlarni har qanday muammoni uzatish va qabul qilish xaraktеriga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin: