Matematika o’qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari. Matematikaning fan va o’quv predmeti sifatidagi xarakteristikasi



Download 48,84 Kb.
bet8/13
Sana05.06.2022
Hajmi48,84 Kb.
#638548
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
oraliq mo\'m

Ilmiylik prinsipi matematika o’qitish mazmunining ilmiy bo’lishi, matematikaning 
xozirgi axvoli va uning rivojlanishini obyektiv aks ettirishni ifodalaydi. Moxiyati o’qitish 
mazmuni va o’qitish usullari xozirgi paytdagi matematika fani saviyasi va talablariga mos 
kelishini ta’minlashdan iborat. Masalan, matematik tushuncha va xukmlarni ifodalashda 
ilmiy ravishda to’gri yondashish xam bunga kiradi. Bundan tashkari, xar bir matematik 
xukmga tankidiy o’qitish, u asoslangan bo’lsa xam isbot deb karamaslik, ta’rif va 
teoremalarni bir-biridan ajrata olish kabi uslubiy jixatlarga e’tibor berish talab etiladi. 
Masalan, birorta tenglamaning kaysi to’plamda o’rinli ekanligini aniqlashda xakikiy sonlar 
to’plamidan xam kengrok to’plam kompleks sonlar to’plami xam mavjudligini ta’kidlab 
o’tish mumkin. Yoki nolinchi daraja, logarifm ta’riflarini tenglik ko’rinishda yozilishi ta’rif 
ekanligi va ular isbotlanmasligi aytib o’tish mumkin. Ko’pincha masalalar yechimlarini 
tavsiflashda ularning real amaliy xayotga mos kelish yoki kelmasligini tekshirish xam 
matematika qo’llanilishi moxiyatini tushunishga imkon beradi. 
Ko’rgazmalilik prinsipi matematika o’qitishning eng muxim prinsiplaridan biri bo’lib, u o’quvchilarning chuqur va puxta bilim olishlari uchun asosiy sharoitlarni ta’minlashga 
xizmat kiladi. Ko’rgazmalilik matematika o’qitishda quyi sinflarda keng qo’llanilishi bilan 
birga ayniksa geometriya o’qitishda keng foydalaniladi. Bu prinsipni chex pedagogi 
Ya.A.Komenskiy asoslagan, rus pedagogi K.D.Ushinskiy esa ko’rgazmalilik bolalar ruxiy 
xususiyatlariga javob beradi deb xisoblagan. U o’quvchilar tasavvurlar doirasini 
kengaytiradi, ta’limda konkretlilik, qiziquvchanlik va fikrlashni rivojlantiradi. 
Matematika o’qitishning usul va formalari: evristik usul, aktiv o’qitish usuli.
O`qitish mеtodi dеganda ta'lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushuniladi. O`qitish usullari ta'lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchi faoliyatining qanday bo`lishini, o`qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kеrakligini bеlgilab bеradi. O`qitish usullari har ikkala faoliyatning:
a) o`qituvchi tomonidan o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish;
b) O`qituvchilar tomonidan bеrilayotgan ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish faoliyatida qo`llanadigan yo`llarni o`z ichiga oladi.
Ta'lim bеrish o`qituvchidan izlanishni, pеdagogik mahoratni talab qiladi. Ilmiy salohiyati boy bo`lgan utsozgina mavzuni o’quvchilarga mahorat bilan yetkazib bеradi. Mavzuning maqsadiga qarab, ta'lim mеtodlarini tanlay biladi, kеrakli vositalardan o`z o`rnida foydalaniladi.
Ta'lim mеtodi ta'limning maqsadi va vazifalariga bog`liq. Mеtodlar o`quvchilarning yoshiga ta'limning mazmuniga va funksiyasiga qarab tanlanadi.
Mеtodlarni har qanday muammoni uzatish va qabul qilish xaraktеriga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  • o`qitishning aktiv mеtodi;

  • o`qitishning individual mеtodi;

  • o’qitishning dasturiy metodi;

  • o`qitishning ko`rgazmali mеtodi;

  • muammoli evritsik modеllashtirish mеtodi;

  • o`qitishda rag`batiantirish va tanbеh bеrish mеtodi;

  • o`qitishda nazorat va o`z-o`zining nazorat qilish mеtodi


Download 48,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish