Matematika o`qitish metodikasi



Download 13,8 Mb.
bet121/175
Sana14.07.2022
Hajmi13,8 Mb.
#797202
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   175
Bog'liq
2 курс Мажмуа МЎМ-20

tab uquvchisining kundalik rejimi» jadvallari.

«Vaqt o‘lchovlari» temasini o‘rganish vaqtiga qadar o‘quvchilar hafta bilan tanish bo‘ladilar, yildagi oylarning nomlarini va ularning kelish tartibini bilib olgan bo‘ladilar. Bolalarda yig‘ilgan bunday tasavvurlar ikkinchi sinfda vaqt o‘lchovlarini o‘rganishga zamin bo‘ladi.
Endi vakt o‘lchovi bilan bog‘langan asosiy tushunchalar qanday kiritilishi, bolalarda tegishli tushunchalarning shakllanishi nimaga asoslanishi masalasini qarab chiqamiz.
Berilgan temani o‘rganishga bag‘ishlangan birinchi darsda bolalarda yil, oy, hafta haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga doir ishlar bajariladi. Bolalarni yil, oy, hafta bilan
tanishtirishda o‘qituvchi tabel-kalendardan foydalanadi. Bolalar bir yilda 12 oy borligini o‘zlashtiradilar va birdaniga davomiyligi (kunlarni soni) bir xil bo‘lgan oylarni ajratadilar: aprel, iyun, sentya'br, noyabr 30 kundan, qolgan 7 oy esa (fevraldan tashqari) 31 kundan iborat. Oddiy yilning fevraln 28 kundan, kabisa yilning fevrali esa 29 kundan iborat. X-quschilar kalendardan oyningtartib nomerini aniqlaydilar (yilning beshinchi oyi qanday ataladi? Iyul tartibi bo‘yicha nechanchn oy? va hokazo), agar oy va chislo ma’lum bo‘lsa, haftaning kunini aniqlaydilar va, aksincha, haftaning kunlari ma’lum bo‘lsa, bu kun oyning qaysi chislosiga to‘g‘ri kelishini aniqlaydilar va hokazo.
Tabel-kalendarning qanday tuzilganini qarab chiqkandan keyin bugungi chisloni va haftaning shukuninignna bilganxolda o‘kuvchilarga mustakil ravishda shu kalendar namunasida o‘tayotgan oy uchun kalendar tuzishni topshirish foydalidir. Bunday ish bolalarning joriy yil kalendarini mustakil tuzishlarini osonlashtiradi. Bolalar tuzilgan kalendar bo‘yicha quyidagi savollarga javob beradilar.

  • Bu yil 1 yanvar, 1 may, 7 noyabr haftaning nechanchi ku-nyaga to‘g‘ri keladi (bular qanday bayramlar) ?

  • Yanvar, may, dekabr yilning nechanchi oylari?

  • yilda uchinchi (to‘qqizinchn, o‘n birinchi) bo‘lib keluvchi oyning nomi nima?

  • Yezgi kanikullar 1 iyundan boshlanib, 1 sentyabrgacha davom etadi. Kalendardan biling-chi, yozgi kanikullar necha kun davom etarkan?

Bunday savollarni yana davom ettirish mumkin.
Iilda oylarning kelish tartibi tasavvurini mustahkamlash maqsadida rim raqamlari bilan (I dan XII gacha) yozish kiritiladi.
Sutka tushunchasi sutkaning bolalarga tanish bo‘laklari bo‘lgan ertalab, kunduzi, kechqurun, tun (yoki ertalabdan kech-gacha va tun) tushunchalari orqali kiritiladi. Undan tashqari vaqtinchalik ketma-ketlikka tayanadilar: o‘tgan kuni, kecha, bugun, ertaga, ertadan keyin.
U^ituvchi yana tabel-kalendarni qarashga qaytib, bolalarga kalendardagi chislolar sutkalarni ifodalashini, sutkalar kechasi soat 12 dan boshlanishini tushuntirishi kerak.
Shundan keyin soat va minut qaraladi. Bolalarning bu vakt eraliklari hakidagianiq tasavvurlari ularning amaliy raoliyatlari, kuzatishlari asosida shakllantiriladi. Masalan, 5ir soat bitta dars bilan katta tanaffusning davom etishidir. I minutning qancha davom etishini shakllantirish uchun shunday lashqlar kiritiladiki, bu mashklar yordamida bolalar 1 minutda nima qilishga ulgurish mumkinligini bilib oladilar. qaysi songacha sanay olasan? (60 gacha.) Nechta misol yecha ola-an? Urtacha qadam bilan bir minutda necha metr bosish mumkin (60—70 m) va hokazo).
Mamlakatimiz hayotidan olingan misollar, zavod va fabikalar 1 minutda, 1 ish kunida kancha mahsulot chiqarishlari haqidagi son ma’lumotlari katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Soat va minut bilan tanishishga bag‘ishlangan birinchi darsdayoq vaqt o‘lchovlari orasidagi munosabatlar aytiladi: bir sutka 24 soatdan, 1 soat 60 minutdan iborat.
Bu booqichda soat bilan tanishtirish asosiy moment bo‘lib hisoblanadi. Yuqorida aytilganidek, mehnat darslarida harakatlanadigan strelkali siferblat yasash lozim. Sinfda katta
demonstratsion model bo‘lishi kerak. o‘qituvchi bolalarga hamma soatlar shunday yasalganini, ya’ni katta strelka bir kichik chiziqchadan ikkinchi kichik chiziqchagacha 1 minutda o‘tishini, kichik strelka esa bir katta chiziqchadan ikkinchi katta chiziqchadan 1 soatda o‘tishini aytadi. Shuning uchun katta strelka minut strelkasi, kichik strelka esa soat strelkasi deyiladi. Shundan keyin o‘qituvchi bolalarga vaqt hisobi yarim kechadan (kechasi soat 12 dan) yoki tushdan (kunduzi soat 12 dan) boshlanishini aytadi. Bunda ikkala strelka 12 ni ko‘rsatadi.
Soat modeli yordamida bir qator shunday amaliy mashqlar bajarish kerakki, bunda bolalar o‘z siferblatlarida berilgan vaqtni ko‘rsatadilar. Asosiy e’tiborni vaqtni soat va minutlardan aniqlanishining turli ifodalanishiga qaratish kerak. Masalan, 6 dan 45 minut o‘tdi yoki chorakam yetti, 9 dan 50 minut o‘tdi yoki 10 ta kam 10 va hokazo.
Shuni ta’kadlaymizki, dastur bolalarni kunduz yoki kechasi 1 dan 12 gacha bo‘lgan soatlarning aytilishi bilan tanishtirishni nazarda tutadi, shuning uchun soatni siferblatda ikki xil aytilishi bilan tanishtirish shart emas.
«Vaqt o‘lchovlari» temasiga doir masalalar tabel-kalendar va soat modeli yordamida yechiladi. II sinfda vaqtni hisoblashga doir quyidagi ko‘rinishdagi masalalar qaraladi.

  1. Hodisaning boshlanishi (tamom bo‘lishi) va qancha davom etgani berilgan bo‘lsa, uning tugatish paytini (boshlanishini) topishga doir masalalar. Masalan, «Dars soat 11 da boshlanadi va 45 minut davom etadi. Soat modelida dars qachon tugaganini ko‘rsating».

  2. Hodisaning boshlanish va tamom bo‘lish vaqtining berilishiga qarab, uning qancha davom etishini topishga doir masalalar. Masalan, «o‘quvchi uyidan 8 dan 30 minut o‘tganda chiqdi va maktabga 8 dan 50 minut o‘tganda yetib keldi. Soat modeli yordamida o‘quvchi yo‘lga qancha vaqt sarf qilganini toping.



    1. Download 13,8 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish